Probatsiya nazoratidagi şaxslar bilan oçiq muloqot taşkil etildi
Yurt tinçligi va barqaror rivoji, avvalo, aholi örtasida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilişining oldini olişga qaratilgan tizimli işlar samarasiga boğliq. Mamlakatimizda jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş, jazo muddatini ötab qaytgan şaxslarni jamiyatga moslaştiriş va ularni qayta jinoyat sodir etişdan saqlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, haftaning har payşanba kuni “Profilaktika kuni” sifatida belgilanib, şu kuni turli tarğibot va tuşuntiriş tadbirlari amalga oşirilmoqda.
Profilaktika kuni doirasida mahallalarda fuqarolar bilan oçiq muloqotlar, huquqiy savodxonlikni oşirişga qaratilgan seminarlar, turli profilaktik reydlar va iş örinlarini yaratişga doir amaliy uçraşuvlar ötkazib kelinmoqda.
Yaqinda Amudaryo tumani Içki işlar bölimi majlislar zalida Probatsiya xizmati nazoratida turgan, jazo muddatini ötab qaytgan şaxslar iştirokida oçiq muloqot taşkil etildi. Tadbirda tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburova, tuman prokurori, adliya maslahatçisi Bahrom Maşaripov hamda tuman IIB boşliği, podpolkovnik Muhammadali Xojamuratov iştirok etdi.
Uçraşuvda Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori mazmun-mohiyati keng tuşuntirildi. Qarorda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mahallalarda kriminogen vaziyatni bartaraf etiş, probatsiyadagi şaxslarning ijtimoiy hayotga qaytişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, ularni huquqiy yönalişda qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama etildi.
Şuningdek, mahalla faollari, psixologlar va profilaktika inspektorlari örtasida hamkorlikni mustahkamlaş orqali har bir fuqaroning holati individual örganilişi lozimligi taʼkidlandi.
Mutasaddi rahbarlar tomonidan qayd etilganidek, bugungi kunda probatsiyada turgan şaxslarga qayta hayotni boşlaş, mehnat faoliyati bilan band böliş, taʼlim oliş va tadbirkorlik bilan şuğullaniş uçun davlat tomonidan keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bu esa ularning jamiyatda öz örniga ega bölişlariga zamin yaratadi.
Uçraşuv davomida probatsiyadagi şaxslar öz muammo va takliflari bilan murojaat qilişdi. Jumladan, işga joylaşiş, kasb-hunar örganiş, ijtimoiy yordam oliş masalalari yuzasidan bildirilgan har bir murojaat batafsil örganilib, tegişli çoralar belgilandi va ijobiy hal etiladigan böldi.
Albatta, bunday uçraşuvlar probatsiyadagi şaxslarga nafaqat huquqiy yordam, balki maʼnaviy qöllab-quvvatlaş, ularni jamiyatda munosib örin egallaşiga xizmat qiladi. Inson şaʼni va qadr-qimmati yuksak qiymatga ega bölgan bugungi islohotlar davrida “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili amalda öz ifodasini topmoqda. Şu boisdan, profilaktik tadbirlarning tizimli va taʼsirçan taşkil etilişi jamiyat xavfsizligi hamda fuqarolar manfaatlarini taʼminlaşda muhim örin tutadi.
Amudaryo tumani Içki işlar bölimi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶