Pedagoglarni attestatsiyadan ötkaziş va malakasini sertifikatlaş tartibi, rağbatlantiriş tizimini takomillaştirilmoqda
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori bilan pedagoglarni attestatsiyadan ötkaziş, malaka sertifikatlaş va rağbatlantiriş tizimini takomillaştiriş böyiça ayrim hukumat qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Uşbu qarorga köra, 2025-yil 1-sentyabrdan boşlab:
1. Majburiy attestatsiyadan ozod etiladigan pedagoglar:
Quyidagi toifadagi pedagoglar attestatsiyadan majburiy ravişda ötkazilmaydi va ularga mavjud malaka toifasi (lavozimi) böyiça iş haqi tölanadi:
15-yil davomida uzluksiz ravişda oliy malaka toifasini (boş öqituvçi lavozimini) saqlab kelganlar;
25-yil va undan ortiq pedagogik iş stajiga ega bölganlar;
Pensiyaga çiqişiga 5-yildan kam vaqt qolganlar;
Pensiya yoşiga yetgan, hozirda ham pedagogik faoliyat bilan şuğullanayotganlar.
2. Töğridan-töğri malaka toifasi beriladiganlar:
Quyidagi pedagoglarga bevosita malaka toifasi beriladi:
25-yil va undan ortiq pedagogik stajga ega bölganlarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
Pensiyaga çiqişiga 5-yildan kam vaqt qolganlarga – amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
15-yil davomida oliy malaka toifasini saqlaganlarga – boş öqituvçi lavozimi (yaʼni oliy malaka toifasi).
3. Istakka köra navbatdan taşqari attestatsiya:
Pedagoglar istagiga köra navbatdan taşqari attestatsiyadan ötib, agar yuqoriroq malaka toifasini olsa, ularga yangi toifa böyiça sertifikat amal qiladigan muddat davomida iş haqi tölanadi.
4. Qöşimça tartiblar:
Musiqa, madaniyat va jismoniy tarbiya fanlari öqituvçilari, pensiya yoşidagi va oliy maʼlumotga ega bölmagan pedagoglar ham attestatsiyadan ötkaziladi.
Maktabgaça va maktab taʼlimi tizimidagi faol yoki ilgari işlagan malakali pedagog kadrlar rağbatlantiriladi.
Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri fondi faoliyati takomillaştiriladi.
Bu yangiliklar, asosan, tajribali pedagoglarni qöllab-quvvatlaşga, ularning mehnatini qadrlaşga va taʼlim tizimida sifatni oşirişga qaratilgan.
Nazokat Madiyorova, Amudaryo tumani Adliya bölimi Davlat xizmatlari markazi boş mutaxassisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶