28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:01
Jamiyat 👁 471

Energiya resurslaridan qonuniy foydalanish — mavsumni betalafot oʻtkazishning garovi

Energiya resurslaridan qonuniy foydalanish — mavsumni betalafot oʻtkazishning garovi

Mamlakatimizda kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obʼektlarini energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash — bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Bu jarayonda qonun ustuvorligini taʼminlash va isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik muhim ahamiyat kasb etadi. 10-yanvar kuni Amudaryo tumani prokurori Bahrom Masharipov boshchiligida oʻtkazilgan tezkor yigʻilish va amaliy oʻrganishlar aynan shu masalalarga qaratildi.

Erta tongdan tuman prokuraturasida gaz va elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ishtirokida maxsus yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda kun tartibidagi eng ogʻriqli masala — energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish va taʼminotda uziishlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Tuman prokurori soha xodimlari oldiga aniq va qatʼiy vazifalarni qoʻydi. Xususan, joylarda aholi xonadonlari va tadbirkorlik subʼektlarida elektr energiyasi hamda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish, tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanish, oʻgʻirlik va talon-toroj qilish holatlarini aniqlash boʻyicha reyd tadbirlarini kuchaytirish topshirildi. Taʼkidlandiki, har bir oʻgʻirlangan kilovatt elektr energiya yoki bir kub metr gaz — bu kimningdir xonadonida issiqlik yetishmasligiga, qaysidir maktab yoki bogʻchaning sovuq qolishiga sabab boʻladi.

Shuningdek, yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi qarori ijrosi doirasida tuzilgan maxsus shtab faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Shtab aʼzolari tomonidan tumandagi ijtimoiy soha obʼektlarida, yaʼni maktablar, bogʻchalar, shifoxonalar va boshqa muassasalar binolarida qish mavsumini talofatsiz oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilgan oʻrganish natijalari muhokama qilindi. Prokuror aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavsum davomida issiqlik tizimlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash yuzasidan masʼullarga aniq muddatli koʻrsatmalar berdi.

Nazorat tadbirlari faqat xizmat xonasida emas, bevosita joylarda ham davom ettirildi. Tuman prokurori Bahrom Masharipov mutaxassislar hamrohligida tabiiy gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish jarayonlari bilan tanishdi.

Asosiy eʼtibor tumanning Boʻston mahallasi hududida amalga oshirilayotgan yirik loyihaga qaratildi. Maʼlumki, ushbu hududdagi aholi xonadonlarini gaz bilan taʼminlovchi diametri 159 millimetr boʻlgan quvurlar yillar davomida eskirib, yaroqsiz holga kelib qolgan edi. Bu esa gaz bosimining pasayishiga va texnik yoʻqotishlarga sabab boʻlayotgandi. Ayni paytda ushbu tarmoq diametri 219 millimetr boʻlgan yangi gaz quvurlariga almashtirilmoqda.

Prokuror qurilish-montaj ishlari jarayonida belgilangan texnik meʼyor va xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya etilishini ham koʻzdan kechirdi. Asosiy maqsad — aholiga "zangori olov"ni nafaqat barqaror, balki xavfsiz, sifatli va yoʻqotishlarsiz, eng muhimi, uzluksiz yetkazib berishdir. Mazkur jarayonda belgilangan texnik meʼyor va xavfsizlik talablariga amal qilinishi ishchi-xodimlar hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, avariya va noxush hodisalarning oldini olish, shuningdek, gaz taʼminoti tizimining barqaror va uzluksiz ishlashini kafolatlaydi. Shu boisdan, ishlar loyiha hujjatlariga muvofiq, malakali mutaxassislar tomonidan, belgilangan tartib va standartlar asosida amalga oshirilishi lozim. Texnik nazorat va masʼul tashkilotlar tomonidan doimiy tekshiruvlarning olib borilishi esa xavfsizlik darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, bu kabi nazorat tadbirlari mavsumni betalafot oʻtkazish va aholi roziligini taʼminlashning muhim kafolatidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026