28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:14
Salomatlik 👁 609

Qumyop MFYda aholi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Qumyop MFYda aholi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Jamiyat farovonligi va barqaror taraqqiyoti, avvalo, aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish bilan chambarchas bogʻliq. Ayniqsa, joylardagi tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sogʻlom turmush tarzi madaniyatini keng targʻib etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar aholi oʻrtasida salomatlikka boʻlgan eʼtiborni yanada oshirmoqda. Shu maqsadda 7-may kuni Qangli oilaviy shifokorlik punktiga qarashli Qumyop mahalla tibbiyot punktida “Sogʻlomlashtirish oyligi” doirasida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi.

Mazkur tadbir Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasining Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi mutaxassislari — kardiolog, endokrinolog va terapevtlar, shuningdek, Qangli oilaviy shifokorlik punkti shifokorlari, patronaj hamshiralar, doyalar, laboratoriya hamshiralari hamkorligida amalga oshirildi. Koʻrik davomida aholi UZI, EKG va klinik laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazilib, ularning umumiy salomatlik holati oʻrganildi.

Jami 212 nafar aholi vakillari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, 18 nafar shaxsda turli salomatlik muammolari aniqlandi va ularga ambulator tartibda davolanish uchun yoʻllanmalar berildi. Shu bilan birga, toʻshakka mixlanib qolgan 5 nafar bemor shifokorlar tomonidan uy sharoitida koʻrikdan oʻtkazildi. Kasalliklar boʻyicha davolash jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida 12 turdagi dori vositalarga ehtiyoj aniqlanib, shundan 18 nafar bemorga bepul dori-darmon tarqatildi.

Tadbir doirasida tibbiy koʻrikdan tashqari aholini sogʻlom turmush tarziga yoʻnaltirishga qaratilgan tashabbuslar ham amalga oshirildi. Jumladan, “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” umummilliy harakati doirasida “Sogʻlom ovqatlanish yarmarkalari” hamda “Salomatlik maydonchalari” tashkil etildi. Maxsus tayyorlangan savolnoma orqali 48 nafar fuqaroning ovqatlanish odatlari oʻrganilib, ularga ekspert xulosalari berildi.

Shuningdek, Qumyop mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi “Salomatlik maktabi” aʼzolari va hamkor tashkilotlar bilan hamjihatlikda “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy piyoda yurish tadbiri oʻtkazildi. Bu tashabbus nafaqat jismoniy faollikni ommalashtirish, balki aholi orasida faol va sogʻlom hayot tarziga qiziqishni kuchaytirishga xizmat qildi.

Bundan tashqari, “Issiq iqlimda toʻgʻri ovqatlanish va toʻgʻri kiyinish”, “Jismoniy faollik — bu salomatlik”, “Zararli odatlarning oldini olish” kabi mavzularda sogʻlomlashtiruvchi suhbatlar tashkil etildi. Mavsumiy va yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olish maqsadida aholiga 62 dan ziyod tarqatma materiallar ulashildi.

Qangli oilaviy shifokorlik punktida tashkil etilgan mazkur tadbir joylarda tibbiy xizmat sifatini oshirish, aholining salomatlik holatini muntazam monitoring qilish, kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olishga xizmat qildi. Eng muhimi, bunday amaliy choralar orqali aholi turmush tarzida tibbiy madaniyatni shakllantirish, profilaktikaga oid bilimlarni mustahkamlash imkoni yaratildi.

Z. Saparova, Qangli OShP mudirasi.

S. Muratboyeva, katta hamshira.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026