40-SONLI MAKTABDA “XAYR, BIRINÇI USTOZIM!” DEB NOMLANGAN ADABIY-MUSIQIY TADBIR ÖTKAZILDI
Insonning şaxs sifatida şakllaniş jarayoni uning bolalikda olgan boşlanğiç taʼlimi sifatiga boğliq. Çunki yoş nihol quyoş nuriga qarab ösganiday, murğak qalbli bolajonlar ham ilm nuriga yöğrilgan ustoz taʼlimidan bahra olib ulğayadilar. Ustozlari suhbati ularni turli möʼjizalar olamiga yetaklaydi, mantiqiy fikrlaşga, hayotiy xulosalar çiqarişga, öz oldlariga aniq maqsadlar qöyiş va ana şu maqsadlari röyobi uçun intilib yaşaşga örgatadi. Şu bois, bola qöliga ilk qalam tutqazib, öqiş-yozişni örgatgan, qalblarida şirin orzular uyğotib, ularni ezguliklar sari ruhlantirgan birinçi ustozlarini ajib mehr-muhabbat bilan yaxşi köradilar. Ayni kunlarda umumtaʼlim maktablarida, “Sönggi qönğiroq” tadbirlari arafasida bölib ötayotgan boşlanğiç sinflar bitiruvçilarining “Xayr, birinçi ustozim!” deb nomlangan xayrlaşuv keçalarida bu yaqqol namoyon bölmoqda.
Amudaryo tumanidagi 40-sonli maktabning 4-“v” sinfi öquvçilari va ularning ota-onalari uçun joriy yil 19-may sanasida bölib ötgan “Xayr, birinçi ustozim!” mavzusidagi adabiy-musiqiy keça biri-biridan yorqin taassurotlar baxş etdi. Xayrlaşuv keçasida maktabning boşlanğiç sinflar öqituvçilari, 4-“v” sinf öquvçilariga taʼlim bergan ustozlari hamda ularning ota-onalari iştirok etişdi.
Avvalo şuni alohida aytiş joizki, tadbir ötkaziladigan xona öquvçilarning tört yil davomida erişgan yutuqlari, bilim va könikmalarini özida mujassam etgan körgazmali vositalar, turfa bahor gullari, suratlar va albomlar, ustozlarni şaraflovçi jarangdor şiorlar bilan bezatilgani iştirokçilarga jöşqin kayfiyat bağişladi.
Joriy öquv yilida maktabning 4-“v” sinfini 33 nafar öquvçi bitirişmoqda. Biri-biridan iqtidorli va epçil öquvçilar taʼlimda ham, sportda va jamoat işlarida ham doimo faol. Ular orasida maktab va tuman miqyosida anʼanaviy tarzda ötkazilib kelinayotgan turli körik-tanlovlar, boşlanğiç sinf öquvçilari orasida bölib ötgan fanlar olimpiadalari iştirokçilarining ğolib va sovrindorlari bor. Ayni paytda mazkur sinfning eng aʼloçi öquvçilari Prezident maktabiga öqişga kiriş uçun tayyorgarlik körişmoqda.
“Xayr, birinçi ustozim!” – xayrlaşuv keçasida 4-“v” sinfning barça öquvçilari faol qatnaşdilar. Ular jam bölişib, Vatan, ustoz va tinçlik-totuvlikni madh etuvçi şeʼrlar aytişdi, ilm va aql-idrokning xosiyatlari, kattalarga hurmat, kiçiklarga izzat körsatiş odamiylikning eng oliy belgisi ekanligi haqidagi ibratli maqol va hikoyalari bilan milliy-maʼnaviy qadriyatlarning ahamiyati xususida tölqinlanib sözladilar. Ona Vatan va ustozlarga bağişlab kuylagan qöşiqlari, biri-biridan gözal va jozibali raqslari iştirokçilarga zavq-şavq bağişladi.
Ayniqsa, ota-onalari uçun alohida tayyorlangan va mahorat bilan ijro etilgan, muhtarama onalar, aziz otalarni şaraflovçi qöşiqlardan ularning ota-onalari juda mamnun bölişdi va farzandlariga munosib taʼlim-tarbiya bergan, ularning xulqini ilm va gözal fazilatlar bilan ziynatlagan ustozlariga çin dildan minnatdorçilik bildirdilar.
Şu kuni boşlanğiç sinf bitiruvçilari yanada yangi va uluğvor orzular oğuşida birinçi ustozlari bilan xayrlaşdilar. Xayrlaşuv onlarida sinf rahbari Muyassar Kamolova sevimli şogirdlariga yuqori sinflarda ham ahillik va iştiyoq bilan öqib, bilim olişlari, ona Vatanga munosib, yuksak salohiyatli va maʼnaviyatli insonlar bölib voyaga yetişlari yölida ezgu tilaklar bildirdi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶