1-SONLI MAKTABDA BÖLIB ÖTGAN “SÖNGGI QÖNĞIROQ” TADBIRI BITIRUVÇILAR QALBLARIDA QATʼIYaT VA IŞONÇ TUYĞULARINI MUSTAHKAMLADI
“Sönggi qönğiroq” jaranglagan lahzalarni har bir inson nurli xotiralar bilan yodga oladi. Nima uçun? Çunki bu ajib lahzalar insonga betakror bolalik, yoşlikning beğubor orzulari bilan töla baxtiyor onlarini eslatadi. Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida “Ilm – eng buyuk şaraf!” şiori ostida bölib ötgan “Sönggi qönğiroq” adabiy-musiqiy tadbiri ham iştirokçilar uçun bir umr xotira köşkida asragulik gözal taassurotlarni hadya etdi.
Tadbirni maktab direktori D.Şerboyeva oçdi va 2024-2025 öquv yilida mazkur maktabning 11-sinfini tugatayotgan bitiruvçilarni yangi hayot ostonasiga qöyayotgan ilk qadamlari bilan tabriklab, ularga kelgusi öqiş va işlarida muvaffaqiyatlar tiladi hamda muhtaram Prezidentimizning bitiruvçi yoşlarga yöllagan bayram tabrigini öqib, eşittirdi.
Tadbirda iştirok etgan xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Gulşod Yusupova, Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mutaxassisi Muqaddas Yermonova, tuman Içki işlar bölimi probatsiya guruhi inspektori, kapitan Ruslan Iskandarov hamda bitiruvçilarning ota-onalari qalblari ezgu orzularga töla yoşlarni maktab taʼlimini muvaffaqiyatli yakunlayotganlari bilan muborakbod etişib, ularga mustaqil hayotda oydin yöllar tiladilar.
Tadbir davomida maktab badiiy havaskorlik tögaragi aʼzolari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyiş etilib, ilmning inson hayotini nurli va gözal tomonga özgartirişga qodirligi, ustozlar mehr-muhabbati, döstlik, tinçlik, ona Vatan – dunyoda eng bebaho neʼmatlar ekanligi haqidagi şeʼr-u qöşiqlar aytildi, dilbar raqslar ijro etildi.
Jöşqin kuy-qöşiqlarga hamohang jaranglagan “Sönggi qönğiroq” qalblarga hayajon, şu bilan birga işonç va qatʼiyat tuyğularini soldi. Tadbir barçaga gözal va yorqin taassurotlar baxş etdi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶