28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:02
Fan va taʼlim 👁 276

13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidan 32 nafar tarbiyalanuvchi maktabga uchirma boʻldi

13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidan 32 nafar tarbiyalanuvchi maktabga uchirma boʻldi

Mamlakatimizda bolalarning taʼlim-tarbiya jarayonini zamonaviy asosda tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar maktabgacha taʼlim tizimidagi ijobiy oʻzgarishlarning yaqqol ifodasidir. Bolalarni mustaqil hayotga va maktab bosqichiga tayyorlashda bogʻchalarning oʻrni beqiyos. Bu borada har bir maktabgacha taʼlim tashkiloti jamiyatda katta ahamiyat kasb etadi.

Ana shunday taʼlim-tarbiya maskanlaridan biri, Oʻrta qalʼa ovuli hududidagi 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bolajonlarni maktabga kuzatish munosabati bilan “Xayr, bogʻcha – salom, maktab!” nomli bayramona tadbir tashkil etildi.

Joriy yilda ushbu bogʻchaning 32 nafar tarbiyalanuvchisi maktab ostonasiga qadam qoʻyish arafasida. Ular uchun bu bosqich yangi hayotga, bilim dunyosiga ilk qadam hamdir.

Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi shuʼba bosh metodisti Hulkar Babajonova, muassasa direktori Dilafruz Gulmirzayeva, ota-onalar, bobo-buvilar ishtirok etishdi.

Tadbir Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalari Davlat madhiyalarining yangrashi bilan boshlandi. Tadbirni kirish soʻzi bilan ochgan Dilafruz Gulmirzayeva soʻngi yillarda maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilgan islohotlar, tarbiya jarayonidagi yangiliklar va bogʻchaning bugungi qiyofasi haqida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, bolajonlarga maktab hayotida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, fanlarni qunt bilan oʻzlashtirish, faol va bilimdon oʻquvchi boʻlish zarurligini taʼkidladi.

Bolajonlar tomonidan tayyorlangan sheʼrlar, raqslar, sahna koʻrinishlari tadbirga alohida fayz bagʻishladi. Ular baxtli bolalik, ona Vatan, maktab va bogʻcha haqidagi sheʼrlarni ifodali oʻqishdi. Ayniqsa, “Raqamlar” nomli sahna koʻrinishi bolalarning boshlangʻich matematikaga oid bilim va koʻnikmalarini amalda namoyon etishga xizmat qildi. Tadbir davomida tarbiyalanuvchilarning bogʻchada olgan bilim va koʻnikmalari aks etdi.

Shuningdek, mehmonlar ishtirokida oʻtkazilgan qiziqarli oʻyinlar, intellektual viktorinalar tadbirga koʻtarinki ruh bagʻishladi. Birinchi oʻyinda ishtirokchilar xotira sinovidan oʻtkazilsa, ikkinchi oʻyin chaqqonlik va diqqatni talab qiluvchi topshiriqlardan iborat boʻldi. Sharni boshidan tushirmasdan topshiriqlarni bajarish ishtirokchilarni birdek qiziqtirdi.

Aytish joizki, 13-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi 1987-yilda barpo etilgan boʻlib, 2016-yilda qayta taʼmirlandi. Hozirda bu yerda 180 nafar tarbiyalanuvchi shinam va zamonaviy xonalarda tarbiyalanmoqda. Tashkilotda 10 nafar pedagog faoliyat yuritadi. Ulardan 4 nafari oliy maʼlumotli boʻlib, 1 nafari oliy toifali, 2 nafari birinchi toifali mutaxassislardir.

Taʼlim muassasasining faol tarbiyachilaridan biri — Gulnoza Gulmirzayeva “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2025” tanlovining II bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Tadbir yakunida soʻzga chiqqan ota-onalar farzandlariga taʼlim va tarbiya bergan ustozlarga, bogʻcha rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirdi. Bu kabi tadbirlar nafaqat bolajonlar, balki ularning ota-onalari uchun ham faxrli va masʼuliyatli lahzalardan sanaladi.

 “Xayr, bogʻcha – salom, maktab!” tadbiri barcha ishtirokchilar qalbida unutilmas xotiralarga aylandi. Ushbu tadbir bogʻchalar farzandlarimizning hayot yoʻlidagi ilk poydevori ekanligini koʻrsatdi. Chindan ham, bugun bogʻcha ostonasidan maktabga qadam qoʻyayotgan har bir bola — ertangi kunimizning porloq kelajagidir.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026