9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida öquv yili yakuniga bağişlangan tadbir bölib ötdi
Amudaryo tumanidagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida 2024–2025 öquv yili yakuniga bağişlangan hisobot kontserti hamda tasviriy va amaliy sanʼat yönalişida öquvçilar ijodidan taşkil etilgan körgazma bölib ötdi. Tadbir yil davomida erişilgan yutuqlarni keng jamoatçilik eʼtiboriga havola etiş, şuningdek, yoş ijodkorlar iqtidorini ota-onalar va ustozlar oldida namoyon etiş imkonini berdi.
Mazkur musiqa va sanʼat maktabi tumandagi yoş avlodga musiqa va sanʼat sohalari böyiça bilim beriş, ularni ijodiy muhitga jalb etiş borasida samarali faoliyat olib bormoqda. Joriy öquv yilida maktabda jami 200 nafar öquvçi 11 ta yönaliş böyiça taʼlim oldi. Ularning 150 nafari musiqa, 50 nafari esa tasviriy sanʼat yönalişlarida bilimlarni özlaştirdi.
Maktabda darslar tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi. Taʼlim jarayonlariga zamonaviy metodlar, interaktiv maşğulotlar va individual yondaşuvlar joriy qilingan. Bundan taşqari, öquvçilarning ijodiy salohiyatini namoyon etiş maqsadida har xil kontsertlar, körgazmalar va tanlovlarda iştirok etişlari taʼminlab kelinmoqda.
Yil davomida bolalar çolğu asboblarini çaliş, kuylaş, raqs, rassomlik, haykaltaroşlik va sahna sanʼati sirlarini örganib, hisobot kontsert va körgazmada öz bilimlarini namoyon etdilar. Tadbir maktabda olib borilayotgan taʼlim-tarbiya jarayonining amaliy natijasi sifatida iştirokçilar va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Ayniqsa, tadbirga kelişgan ota-onalar farzandlarining ijodiy yuksalişiga guvoh bölib, ularning qobiliyati va ijodiy bilimlaridan faxrlanişdi. Bunday tadbirlar orqali oila va maktab örtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda. Bu esa bolalarning yanada masʼuliyatli va şijoatli bölişiga ijobiy taʼsir körsatadi.
Musiqa va sanʼat taʼlimi bolalarning estetik didi, his-tuyğusi va fikrlaş qobiliyatini rivojlantirib, ularning içki dunyosini boyitadi, maʼnaviy kamolotiga xizmat qiladi, zehn va qalb uyğunligini taʼminlaydi. Maktabda fortepiano, skripka, violonçel, dutor, rubob, ğijjak, doira kabi çolğu asboblari, şuningdek, vokal va xor kabi musiqa yönalişlari böyiça darslar taşkil etilgan.
Tasviriy sanʼat yönalişida esa öquvçilar qalam, böyoq va grafik çizmaçilik, haykaltaroşlik hamda amaliy va grafik dizayn asoslarini özlaştirdilar. Sahna sanʼati böyiça ham aktyorlik mahorati, drama, milliy va zamonaviy raqs turlari, balet, sahnaviy nutq kabi darslar öqitildi. Bu kabi imkoniyatlar bolalarning ijodiy imkoniyatlarini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hisobot kontsert dasturida xoreografiya, bayan-akkordeon, torli-kamonli va nafasli çolğu asboblari, anʼanaviy ijro va estrada yönalişlarida taʼlim olgan öquvçilar kuy-qöşiq va raqslar orqali tomoşabinlarga xuş kayfiyat ulaşdilar.
Kontsert dasturida özbek va qoraqalpoq xalq bastakorlari asarlari bilan bir qatorda jahon musiqa asarlari ham ustoz-şogird hamkorligida ansambl tarzida ijro etildi.
Kontsert yakunida maktab direktori Töliboy Xaytboyev sözga çiqib, farzandlarini qöllab-quvvatlayotgan ota-onalarga minnatdorlik bildirdi. Şu bilan birga, yil davomida samarali mehnat qilgan va har bir öquvçining ijodiy ösişiga hissa qöşgan ustozlarga çuqur taşakkur izhor etdi.
Maktab direktori tomonidan öquvçilarning kontsert dasturidagi çiqişlari yuksak baholandi va bu yutuqlar ularning sanʼatga bölgan iştiyoqi hamda ustozlarning mehnati samarasi ekani taʼkidlandi.
Tadbir davomida “Mumtoz navolar”, “Ustoz izidan”, “Milliy raqs jilosi” nomli sinf kontsertlarida hamda maktab miqyosida ötkazilgan boşqa ijodiy loyihalarda faol iştirok etgan öquvçilar maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Şuningdek, respublika miqyosida taşkil etilgan “Xalq çolğulari va anʼanaviy çolğu” hamda “Estrada çolğu ijroçiligi” tanlovlarida ğolib bölgan öquvçilar va ularning mutaxassis öqituvçilari “Taşakkurnoma” va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ötkazilgan hisobot kontserti va körgazma — yoş avlodning maʼnaviy, estetik va ijodiy rivojlanişida muhim ahamiyatga ega bölgan tadbir böldi. Tadbir nafaqat jamoaning öquv yili yakunidagi hisoboti böldi, balki bolalarning isteʼdodi, mehnati va muvaffaqiyatini keng jamoatçilikka namoyon etdi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶