Kutubxona — sokinlik makoni
Har bir insonning qalbiga yaqin, özgaça xotirjamlik bağişlaydigan, ilhom oladigan joyi böladi. Kimdir tabiat qöynidagi dam oliş maskanini yoqtirsa, yana kimdir yolğiz qolib vaqt ötkazişni afzal biladi. Mening esa eng sevimli joyim – bu kutubxona. U yerga kirganimda, qalbimda taskin, maʼnaviy yuksaliş va bilimga çanqoqlik tuyğulari uyğonadi.
Mahallamizdagi kutubxona katta emas, ammo u özining mazmunan boy kitob fondi, şinam va maftunkor muhiti bilan qalbimdan alohida örin olgan. Bu yerda adabiyot, tarix, falsafa, tabiiy fanlar, psixologiya va bolalar uçun möljallangan asarlardan tortib, zamonaviy mualliflar qalamiga mansub romanlar, esselargaça mavjud. Javonlar orasida yurar ekanman, göyo butun bir maʼnaviy olamni aylanib çiqqandek bölaman. Kitoblarning sirli dunyosida sayr qiliş insonni nafaqat bilim bilan boyitadi, balki hayoti, his-tuyğulari, maqsadlari haqida öylaşga, özini anglaşga çorlaydi.
Kutubxonadagi osoyiştalik — uning eng gözal jihatlaridan biri. Har bir sahifaning “şivirlaşi”, piçir-piçir tovuşlar, yumşoq qadamlar, ehtiyotkor harakatlar – bularning barçasi bu joyga xos tinç muhitni yaratadi. Öqiş uçun ajratilgan stollar yonida ötirib, sekinlik bilan kitob varaqlaş, uning har bir satridan ilhom oliş men uçun çinakam ruhiy ozuqa hisoblanadi. Ayniqsa, qiş faslida, taşqarida yomğir yoğib turgan bir paytda issiq va yoruğ xonalarda, kitoblar bağrida ötiriş — beqiyos baxt!
Kutubxona men uçun faqat öqiş joyi emas, balki u ruhiy tarbiya maktabi, fikrlaşni örgatuvçi, tasavvurni kengaytiruvçi, kelajak haqidagi orzularim qanot boğlaydigan maskandir. U har gal menga yangi sahifalarni oçadi — yangi ğoyalar, yangi qahramonlar, hayot haqiqatlari bilan taniştiradi. Kutubxonada öqilgan har bir kitob menga hayot haqidagi tuşunçamni kengaytirdi, dunyoqaraşimni boyitdi.
Men uçun kutubxona — bu şunçaki bino yoki kitoblar töplami emas. U — qalbimning sokinligi, ruhimning ozuqa manbai, bilim yölidagi sodiq yöldoşimdir. U yerda men jimlik bağrida özimni topaman, xayol qilaman, katta orzular sari uçaman. Şu bois, men kutubxonani sevib qadrlayman.
Dildora Urinova, ÖzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶