28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:40
Fan va taʼlim 👁 415

"MENING BIRINChI KUTUBXONAM" LOYIHASI BOLALARNI ERTA YoShDAN KITOBXONLIKKA QIZIQTIRIShGA XIZMAT QILADI

"MENING BIRINChI KUTUBXONAM" LOYIHASI BOLALARNI ERTA YoShDAN KITOBXONLIKKA QIZIQTIRIShGA XIZMAT QILADI

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 40-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida “Bolangiz bilan kitob oʻqing” aktsiyasi doirasida “Mening birinchi kutubxonam” loyihasi amalga oshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil qilingan tadbirda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi oʻrinbosari Firuza Muhamedjanova ishtirok etib, bunday loyihalarning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati xususida alohida toʻxtalib oʻtdi. U kitob oʻqish bolaning fikrlash qobiliyatini oʻstirish, nutqini rivojlantirish va maʼnaviy olamini boyitishda muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi. Tadbir doirasida bolalarga moʻljallangan eng sara adabiyotlardan iborat kitob javoni muassasaga sovgʻa qilindi.

Tadqiqotlarga koʻra, har kuni 15 daqiqa davomida kitob oʻqish bolaning til rivoji, miyaning ish qobiliyati va maktabga tayyorgarlikda sezilarli natija beradi. Shu bois dunyoda eng koʻp kitob oʻqiydigan xalqlar yashovchi davlatlarda yosh avlodni kitobga qiziqtirishning dastlabki davri, yaʼni kitob bilan tanishtirish davri bola tugʻilganidan boshlab 3 yoshgacha etib belgilangan. Oʻzbekistonda esa bolalarni kitobga qiziqtirish davri 3 yoshdan boshlanadi.

Loyihaning asosiy maqsadlari milliy kontentni rivojlantirishda bolalar kitobxonligini qoʻllab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat qaratish, bolalarning murgʻak yoshidan boshlab ota-onalari bilan birgalikda kitob oʻqishini aholi oʻrtasida ommalashtirish, bolalar uchun moʻljallangan adabiyotlarni chop etayotgan nashriyotlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish hamda oilaviy mutolaa anʼanasini tiklash va rivojlantirishdir. Kitobxon yoshlar safini kengaytirish orqali esa bolalarning dunyoqarashi, maʼnaviyati va intellektual salohiyatini oshirishga hissa qoʻshish koʻzda tutilgan.

Tadbir doirasida ota-onalar hamda tarbiyachilar uchun “Mahorat darslari” oʻtkazilib, bolalar uchun kitob tanlash hamda ularni oʻqib berishda nimalarga eʼtibor qaratish kerakligiga oid maslahatlar berildi. Muassasa tarbiyalanuvchilari va ularning ota-onalari uchun bir qator madaniy-maʼrifiy dasturlar tashkil etildi. Bolalar uchun ertak oʻqib berish mashgʻulotlari va kitoblar koʻrgazmasi shular jumlasidandir. Bolalar oʻzlarining eng sevimli kitoblari haqida hikoyalar soʻzlab, kitob mutolaasining foydasi haqida ota-onalari bilan fikr almashish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Loyihadan bolalarni, ularning ota-onalarni mamlakatimizda chop etilayotgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻzbek va jahon adabiyotiga mansub bolalar uchun moʻljallangan kitob javonlarini tashkil qilish hamda bu tashabbusni umummilliy harakatga aylantirish, bolalar adabiyoti targʻibotiga koʻmaklashish va eng muhimi, har bir xonadonda oilaviy kutubxonalarni tashkil etish kabi ulugʻvor maqsadlar koʻzlangan.

Mazkur loyiha boshqa tumanlarda ham davom ettirilishi rejalashtirilgan boʻlib, bu oʻz navbatida yosh avlod tarbiyasida kitobning oʻrnini yanada mustahkamlashiga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026