Yozgi taʼtil öquvçilar salohiyatini rivojlantiriş davriga aylanadi
2025-yil 15-may kuni Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev raisligida bölib ötgan videoselektor yiğilişida yozgi taʼtil davrida maktablar avvalgidek yopilmasligi, balki faoliyatini foydali va mazmunli şakllarda davom ettirişi belgilanib, muhim topşiriqlar berildi.
Endilikda maktablar yozgi taʼtil vaqtida bolalarning şunçaki hordiq çiqariş joyi emas, balki ularga foydali bilimlar, kasb-hunar könikmalari beriladigan, sport, madaniyat va sanʼat orqali rivojlanadigan, intellektual salohiyati mustahkamlanadigan markazlarga aylantiriladi.
Prezident topşiriğiga köra, taʼtil davrida maktablarning sport maydonçalari va öquv xonalaridan unumli foydalaniş, yoşlar uçun fan, sport va kasb-hunar tögaraklarini taşkil etiş vazifasi belgilandi. Bu orqali öquvçilar taʼtilda ham maktab bilan uzviy aloqada bölib, salohiyatini rivojlantiradi.
Yozgi davrda yoşlar uçun xavfsizlik ham ustuvor yönalişlardan biri sifatida qayd etildi. Xususan, sunʼiy va tabiiy suv havzalaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qiliş vazifasi belgilab berildi.
Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 12-sonli umumtaʼlim maktabida ham yozgi taʼtil davomida öquvçi va uyuşmagan yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş böyiça bir qator çora-tadbirlar dasturi işlab çiqilgan.
Jumladan, maktabning jismoniy tarbiya fani öqituvçilari taşabbusi bilan “Harakat – salomatlik asosi” şiori ostida “Kim tezroq yuguradi?”, “Töpni belgilangan joyga olib bor” kabi sport musobaqalarini ötkaziş, erkin mavzu böyiça rasmlar tanlovi, voleybol va futbol musobaqalari, “Sportçilar paradi” tadbiri hamda mas-restling (mas-wrestling) sport turi böyiça bellaşuvlarni taşkil etiş rejalaştirilgan.
Maktabimizda öquvçilar uçun barça şaroitlar yaratilgan bölib, xususan, 2 ta sport zali voleybol, basketbol va kuraş sport turlari bilan şuğullanişga moslaştirilgan. Ayniqsa, sportning kuraş turi böyiça taşkil etilgan tögarak samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Maşğulotlar haftaning toq kunlarida ötkaziladi va unda sportga iştiyoqmand 25 nafar öquvçi muntazam qatnaşib, jismoniy tayyorgarliklarini oşirmoqda.
Öquvçilarimizning sportdagi faol iştiroki va yutuqlari eʼtiborga loyiq. Xususan, “Umid nihollari – 2025” musobaqalarida sportning kuraş turi böyiça 9-sinf öquvçilari Hidoyat Qurbonboyev va Asilbek Jumaboyevlar tuman bosqiçida 1-örinni egallab, keyingi bosqiçda ham munosib iştirok etdilar. Bu kabi yutuqlar maktabimizda sportga bölgan qiziqiş va unga yaratilgan şart-şaroitlar samarasi ekanini körsatadi.
Bundan taşqari, 11-sinf öquvçisi Bekzod Rahimboyev “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida taşkil etilgan şaşka musobaqasida 17 yoşgaça bölganlar örtasida tuman bosqiçida ğoliblikni qölga kiritib, keyingi bosqiçda ham munosib iştirok etdi.
Yozgi taʼtil — bu faqatgina dam oliş emas, balki öquvçilarning ösişi, rivojlanişi va salohiyatini yuzaga çiqariş uçun muhim davrdir. Uşbu jarayon maktabda taʼlim-tarbiyaning uzluksizligini taʼminlaş bilan birga, yoş avlodning kelajakda barkamol şaxs sifatida şakllanişiga asos bölib xizmat qiladi.
Sanjar Eşimov, maktabning oliy toifali jismoniy tarbiya fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶