19-sonli maktabda sport tögaraklari samarali faoliyat yuritmoqda
Yoş avlodning jismoniy va maʼnaviy rivojlanişi, ularni soğlom turmuş tarziga yönaltirişda maktablardagi sport tögaraklari muhim örin tutadi. Sport nafaqat jismoniy harakatlar yiğindisi, balki salomatlikni mustahkamlovçi, ruhni tetiklaştiruvçi va irodani çiniqtiruvçi vositadir.
Maktablarda taşkil etilgan sport maşğulotlari öquvçilarning böş vaqtini mazmunli ötkazişga hamda jismoniy faollikni oşirişga xizmat qiladi. Hozirgi zamonda bolalar orasida harakatsizlik, notöğri ovqatlaniş va köz kasalliklari köpaygan bir paytda, sport maşğulotlari muhim profilaktika vositasiga aylanmoqda.
Maktabimizda bu yönalişda bir qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, basketbol, voleybol, badminton va yengil atletika böyiça taşkil etilgan tögaraklar yaxşi samara bermoqda. Öquvçilar uşbu maşğulotlarda öz qobiliyatlarini namoyon qilib, turli musobaqalarda faol iştirok etmoqda.
Xususan, “Umid nihollari – 2025” sport musobaqalarida basketbol böyiça 9–11-sinf qizlar örtasida ötkazilgan bahslarda maktabimiz jamoasi tuman bosqiçida 3-örinni egalladi. Bu yutuq öquvçilarning hamjihatligi va maşğulotlardagi intizomi natijasidir.
Yengil atletika sport turida ham yoşlarimizning yutuqlari diqqatga sazovor. 11-sinf öquvçisi Muxlisa Töliboyeva “Umid nihollari – 2025” musobaqasining tuman bosqiçida 1-öringa sazovor böldi. Ikkinçi bosqiçda esa estafeta yuguriş yönalişida 3-örinni qölga kiritdi. Şuningdek, Muxlisa “Beş taşabbus olimpiadasi”ning yengil atletika musobaqalarida ham maktab şarafini munosib himoya qildi.
Bundan taşqari 11-sinfdan Roza Madadova va Diana Tursunbayeva, 10-sinfdan esa Umida Örinbayeva va Sevinç Rajabbayeva kabi faol öquvçilar ham ötkazilayotgan sport musobaqalarida munosib iştirok etmoqdalar.
Prezidentimizning taşabbusi bilan maktablar yozgi taʼtilda bolalar uçun foydali bilim va könikmalarga ega böliş, sport va madaniyat bilan şuğullaniş uçun maxsus maskanlarga aylantirilmoqda. Bu maqsadda fan va sport maşğulotlari hamda kasb-hunarga yönaltiruvçi darslar taşkil etilmoqda. Maktabimizda ham uşbu vazifalar asosida yozgi taʼtil davri uçun amaliy çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilgan.
Yuqoridagi natijalar maktabimizda jismoniy tarbiya va sportga berilgan eʼtiborning samarasi hisoblanadi. Bu esa öqituvçi va öquvçilarning birgalikda olib borayotgan fidokorona mehnatining natijasidir. Sport tögaraklaridagi yutuqlar yoşlarni soğlom turmuş tarziga, faollikka va intizomga yönaltiradi.
Şukurjon Jumamurodova, 19-sonli umumtaʼlim maktabining oliy toifali jismoniy tarbiya öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶