"BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABIDA "DOLZARB 90 KUN" LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR ÖTKAZILDI
Ayni paytda mamlakatimizdagi barça umumtaʼlim maktablari öquvçilari uçun yozgi taʼtil boşlandi. Öquvçi yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlarini taʼminlaş maqsadida deyarli har yili nafaqat Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi, balki kelajak bunyodkorlari bölgan yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga masʼul mutasaddi taşkilotlar tomonidan ham öquvçi-yoşlarning yozgi taʼtil paytida maroqli dam olişlari, aqlan va jismonan çiniqişlari, maʼnaviy jihatdan şakllanişlarini özida mujassam etgan tadbirlar taşkil etilib, bu tadbirlarga deyarli barça öquvçi-yoşlar qamrab olinadi.
Joriy yilgi yozgi taʼtil butun mamlakatimizda yanada jöşqinlik va hamjihatlik bilan boşlandi. 2025-yilning 15-may sanasida maktabgaça va maktab taʼlimi sohasi böyiça bölib ötgan videoselektor yiğilişida muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasida belgilab berilgan vazifalar soha vakillariga işçanlik kayfiyatini bağişladi va mazkur loyiha doirasida boşlanib ketgan köngiloçar tadbirlar eng çekka qişloqlarda ham yuqori saviyada taşkil etilmoqda.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan taşkillaştirilgan bayram tadbirlarining uzviy davomi sifatida Amudaryo tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi maʼmuriyati tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida işlab çiqilgan tadbirlar rejasiga köra, may oyining sönggi haftasida “Barkamol avlod bolalar haftaligi” bölib ötdi.
Mazkur haftalikning yakuniy qismi sifatida joriy yilning 2-iyun sanasida 2024-2025 öquv yili sarhisobiga bağişlangan “Quvonçga töldiraylik bolalikni!” şiori ostida tantanali adabiy-musiqiy bayram tadbiri ötkazildi.
Bayram tadbirida tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi va Olmazor mahallasi masʼullari, tarbiyaçi-pedagoglar, öquvçilarning ota-onalari va tögaraklar rahbarlari iştirok etdilar.
Manğit şahridagi istirohat boğida taşkil etilgan tadbirda tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi öquvçilarining 2024-2025 öquv yili davomida erişgan yutuqlari, maktabda faoliyat olib boruvçi turli yönalişlardagi tögaraklar aʼzolarining axborot texnologiyalari va robototexnikaga oid bilim va izlanişlari tadbir iştirokçilariga özgaça ruh va kötarinki kayfiyat bağişladi. Ota-onalar esa öz farzandlarining qobiliyat va iqtidorlaridan mamnun böldilar.
Tadbirda sözga çiqqan tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabova 2024-2025 öquv yilida maktab öquvçilari tomonidan turli körik-tanlovlarda, sport musobaqalarida erişilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar haqida söz yuritib, iştirokçilarni öquv yilining muvaffaqiyatli yakuni va 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni bilan samimiy tabrikladi hamda farzandlarining kelajagiga befarq bölmagan har bir ota-onani “Barkamol avlod” bolalar maktabida taşkil etilgan va bolalarni intellektual rivojlantirişga qaratilgan tögaraklar faoliyati bilan yaqindan tanişişga, farzandlarining qobiliyatlarini yanada rivojlantiriş maqsadida maktab bilan doimiy aloqada bölişga daʼvat etdi.
Şundan söng 2024-2025 öquv yilida maktabdagi maşğulotlarini turli yönalişlar böyiça töliq tamomlagan 677 nafar tögarak aʼzolariga maktabni bitirganlik haqidagi guvohnomalar tantanali ravişda topşirildi. Öquv yili davomida farzandlarining tögaraklar maşğulotlarida qatnaşişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratib bergan eng faol ota-onalardan bir guruhiga “Taşakkurnoma”lar topşirildi.
Tadbirda sözga çiqqan Olmazor mahallasi masʼullaridan Örozgul Yakubova hamda boşqalar “Barkamol avlod” bolalar maktabi öquvçilari orasida xalqaro miqyosdagi körik-tanlovlar ğoliblari ham borligini, maktabda taʼlim-tarbiya işlari namunali darajada taşkil etilganini alohida eʼtirof etişib, tögaraklar rahbarlariga va pedagoglarga çin dildan minnatdorçilik bildirdilar.
“Quvonçga töldiraylik bolalikni!” ezgu şiori ostida, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ötkazilgan tadbir davomida maktabning “Şöx bolalar” jamoasi tomonidan taqdim etilgan kontsert dasturi iştirokçilarga zavq-şavq bağişladi.
Haqiqatdan ham biri-biridan şöx bolalar ijrosidagi kuy-qöşiqlar, gözal kuylar va dilbar raqslar tadbirga yanada jöşqinlik, qalblarga quvonç ulaşdi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶