Prezident qarori bilan tadbirkor xotin-qizlar safi yanada kengayadi
Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi faol iştirokini taʼminlaş, tadbirkorlik salohiyatini röyobga çiqariş, kasb-hunar örganişi va oliy taʼlim bilan qamrab olişini rağbatlantiriş maqsadida tizimli va maqsadli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, sönggi yillarda ayollar manfaatiga qaratilgan islohotlar va qarorlar ularning jamiyatdagi örnini yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Şu maʼnoda, Prezidentimizning 2025-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori ayollar hayotida sifat jihatdan yangi bosqiçni boşlab berdi. Mazkur qaror bilan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oşirişga qaratilgan aniq vazifalar, maqsad va mexanizmlar belgilab berildi.
Qarorga muvofiq, 2025-yilda 2 million nafar xotin-qizning bandligini taʼminlaş, 250 ming nafarini kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş, yana şunça xotin-qizni oliy taʼlimga qamrab oliş, 50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizni sanatoriylarda soğlomlaştiriş va tadbirkorlik könikmalariga ega qiliş böyiça motivatsion seminarlar taşkil etiş belgilandi.
Ayollarni tadbirkorlikka jalb qiliş va yangi imkoniyatlar yaratiş maqsadida 2025-yil 1-may kunidan “HAMROH” dasturi doirasida “yaşil loyihalar” va IT sohasidagi taşabbuslarni amalga oşirişga grantlar ajratiş yölga qöyildi. Jumladan, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yölga qöyişga kömaklaşgan “ustoz” tadbirkorlarga 50 million sömgaça grant ajratiladi. Şuningdek, ijobiy kredit tarixiga ega bölgan xotin-qizlarga 100 million sömgaça garovsiz kredit beriş tizimi joriy etildi.
Bundan taşqari, “Xalq banki” va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida 2025-yil 1-iyulga qadar “Tadbirkor ayollar” platformasi işga tuşirilişi belgilangan. Bu platforma orqali xomaşyo xarid qiliş, mahsulotni bozorga çiqariş, mutaxassis topiş va muammolarni hal etiş imkoniyatlari yaratiladi. Platforma tijorat banklari, davlat organlari va manfaatdor taşkilotlar örtasidagi axborot almaşinuvini ham taʼminlaydi.
Şuningdek, 2025-yil 1-maydan boşlab Savdo-sanoat palatasi “Hamkor tadbirkor” dasturini amalga oşiradi. Dastur orqali öz biznesini boşlamoqçi bölgan xotin-qizlarga zarur könikmalar beriladi, kooperatsiya asosida faoliyatni yölga qöyiş va elektron platformalarda mahsulot sotişga kömaklaşiladi.
Tadbirkorlikni rivojlantirişda bosqiçma-bosqiç yondaşuv ham yölga qöyilgan. “Biznesga ilk qadam” bosqiçida taşabbuskor xotin-qizlar aniqlanib, tadbirkorlikka öqitiladi. Keyingi bosqiçlarda esa ularning kiçik biznes loyihalariga kömaklaşiladi, moliyalaştiriş, bozorga çiqiş, biznes-reja tuziş böyiça könikmalar beriladi hamda aylanma mablağni 100 milliard sömgaça oşiriş közda tutilgan.
Amudaryo tumanida ham mazkur qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida Oila va xotin-qizlar bölimi, mahalla faollari va tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda bir qator amaliy çora-tadbirlar olib borilmoqda. Belgilangan vazifalarning öz vaqtida va samarali bajarilişi tuman prokuraturasi tomonidan qatʼiy nazoratga olingan.
Tumanda bajarilayotgan işlarga nazar taşlasak, Durunki mahallasida yaşovçi Sevara Xudoyberganova “Ayollar daftari”ning II toifasiga — tadbirkorlik qiliş istagida bölgan ehtiyojmand xotin-qizlar qatoriga kiritilib, 30 million sömlik kredit mablaği asosida öz tomorqasida issiqxona faoliyatini yölga qöydi va şu orqali özini özi band qildi.
Şuningdek, Olmazor mahallasidan Dildora Matsapayeva ham yuqoridagi qaror asosida 30 million söm kredit olib, tikuvçilik faoliyatini boşladi. Uşbu mahallada yaşovçi Muqaddas Ibodullayeva esa 50 million söm kredit evaziga issiqxona taşkil etgan holda, öz tomorqasidan samarali foydalanib, daromad manbaini yaratdi.
Taʼkidlaş joizki, yuqoridagi qaror bilan belgilangan vazifalar joriy yilda ayollarning jamiyatdagi örnini mustahkamlaş, iqtisodiy va ijtimoiy faolligini oşiriş, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişni yangi bosqiçga olib çiqadi. Bunda davlat va nodavlat tuzilmalarning birgalikdagi harakatlari, zamonaviy moliyaviy yeçimlar, taʼlim va psixologik qöllab-quvvatlaş kabi omillar ayollarning faol hayotga yanada kengroq jalb etilişiga zamin yaratadi. Bu yölda amalga oşirilayotgan işlar xotin-qizlar faolligini yanada oşirişga xizmat qiladi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶