“Qumli ovul” fermer xöjaligida ğalla örim-yiğim işlari avjida
Ayni kunlarda Amudaryo tumanidagi hosildor dala maydonlarida bobodehqonlar hamda mirişkor fermerlar uçun yilning eng masʼuliyatli va mehnattalab palla — ğalla örim-yiğim işlari boşlandi. Bu palla dehqon uçun imtihon. Yurtning oziq-ovqat xavfsizligi esa aynan şu imtihon natijasiga boğliq. Yil davomida sidqidildan qilingan mehnat, yaxşi niyat bilan yerga taşlangan uruğ bugun öz samarasini körsatmoqda. Endigi vazifa — hosilni öz vaqtida va yöqotişlarsiz yiğib olib, yuksak ğalla xirmonini bunyod etişdir.
Tumanda mavsumga puxta tayyorgarlik körilgan. Ğalla örim-yiğim işlarini samarali taşkil etiş, texnikalarni işga şay holatga keltiriş, mutaxassislarni jalb qiliş va xavfsizlikni taʼminlaş yuzasidan aniq rejalar asosida iş olib borilmoqda.
Joriy yilda tumandagi 270 ta fermer xöjaligi tomonidan 4 ming 800 gektar maydonga buğdoy ekilgan. Uşbu yerlardan olingan hosilning 11 ming 130 tonnasini kontraktatsiya şartnomasi asosida qabul maskanlariga topşiriş rejalaştirilgan. Yalpi hosilning qolgan qismi esa fermerlar va dehqonlar ixtiyorida qoladi.
Tumanning Xolimbeg ovulida faoliyat yuritayotgan “Qumli ovul” fermer xöjaligi raisi, köp yillik tajribaga ega fermer Otabek Yöldoşev boşçiligidagi jamoa bu yil 13 gektar maydonga buğdoy ekib, 40 tonna hosilni kontraktatsiya şartnomasi asosida sotişni maqsad qilgan. Barça agrotexnik tadbirlar öz vaqtida amalga oşirilgani bois dalalarda möl hosil yetiştirildi.
Yuqori hosilga erişiş uçun sidqidildan mehnat qiliş, tuproq bilan tillaşiş, parvariş işlarini öz vaqtida va töğri amalga oşiriş talab etiladi. Dalada hosil möl bölsa, el dasturxoni ham tökin böladi. Ana şunda dehqon öz maqsadiga yetadi.
Mavsum davomida işlar aniq reja asosida taşkil etilgan. Jumladan, tumanda 23 ta maxsus otryad tuzilgan bölib, har biriga 3 nafardan mutaxassis biriktirilgan. Bu jamoalar tarkibida 23 nafar otryad rahbari, 23 nafar içki işlar bölimi xodimi hamda 23 nafar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi vakili faoliyat olib bormoqda. Bunday çora-tadbirlar örim samaradorligini oşiriş va xavfsizlikni taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Ğalla öriş işlarini sifatli va qisqa muddatda amalga oşiriş maqsadida 131 ta qişloq xöjaligi texnikasi, jumladan, 18 ta zamonaviy ğalla öriş kombayni, yuk taşuvçi vositalar hamda boşqa zarur texnikalar jalb etilgan. Har bir texnika töliq profilaktikadan ötkazilgan, xizmatga şay holatda. Dala işlari muntazam nazorat qilinayotgani esa iş samaradorligiga ijobiy taʼsir körsatmoqda.
Dehqon uçun eng uluğ mukofot — xirmonlar tölib, el dasturxonida tökinlik hukm surişi. Mirişkorlar mehnati samarasida omborlar donga tölmoqda.
Tumandagi fermerlar bu yil ham halol mehnat samarasini yaqin kunlarda namoyon etadi. Agar hosil töliq va sifatli yiğib olinsa, omborlar don bilan töladi, xalq dasturxonida tökinlik böladi. Dehqonning xirmoni tölsa — yurtda baraka böladi.
Bu — faqat dehqonning yutuği emas, balki butun xalq dasturxonidagi tökinlik, farovonlik timsolidir. Çunki har bir boşoq don ortida halol mehnat, yurt farovonligini taʼminlaş masʼuliyati turadi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶