28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:01
Fan va taʼlim 👁 249

18-sonli umumtaʼlim maktabida “Dolzarb 90 kun” doirasidagi tadbirlar samarali tashkil etilmoqda

18-sonli umumtaʼlim maktabida “Dolzarb 90 kun” doirasidagi tadbirlar samarali tashkil etilmoqda

Mamlakatimizda har bir sohada boʻlgani kabi taʼlim tizimida ham yosh avlod tarbiyasi, ularning intellektual, ijodiy va jismoniy rivojlanishiga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi bu borada muhim ahamiyat kasb etib, oʻquvchi-yoshlarning isteʼdod va qobiliyatini rivojlantirish, ularni bilim hamda maʼnaviyatga oshno qilishda alohida oʻrin tutmoqda. Butun mamlakatimizda boʻlgani singari, Amudaryo tumanidagi umumtaʼlim maktablarida ham 2024-2025 oʻquv yilining yozgi taʼtil davri turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari va toʻgaraklar faoliyati orqali mazmunli tashkil etilmoqda.

Xususan, 18-sonli umumtaʼlim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Yangi Oʻzbekistonning asosiy ustuni – bilim, taʼlim va tarbiya boʻladi!” shiori ostida milliy kuy-qoʻshiqlar va milliy raqslar targʻibotiga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda maktab pedagogika jamoasi, oʻquvchilar, uyushmagan yoshlar, ota-onalar va mahalliy aholi faol ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining Davlat madhiyalari yangradi. Maktab direktori Javlonbek Karimov soʻzga chiqib, “Dolzarb 90 kun” loyihasining ahamiyati, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va yozgi taʼtilni samarali tashkil etish maqsadida yaratilgan shart-sharoitlar haqida atroflicha maʼlumot berdi.

Aytish joizki, mazkur maktabda 51 nafar oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 8 nafari oliy toifali, 17 nafari birinchi toifali va 14 nafari ikkinchi toifali mutaxassislardir. Maktabda jami 569 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olmoqda. Hozirgi kunda ona tili va adabiyot, matematika, ingliz tili, rus tili, tabiiy fanlar hamda sport toʻgaraklari samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Tadbirning badiiy qismi ishtirokchilarga quvonch va xush kayfiyat ulashdi. Yurt madhi tarannum etilgan xalqimiz sevgan qoʻshiqlar sanʼatkorlar tomonidan jonli ijro etildi. Bu kuy-qoʻshiqlar tadbirga tantanavor ruh bagʻishlab, ishtirokchilar qalbida yurtga boʻlgan muhabbat tuygʻularini yanada kuchaytirdi.

Shuningdek, maktab oʻquvchilari tomonidan milliy va zamonaviy qoʻshiqlar kuylandi, rang-barang raqslar ijro etildi. Ayniqsa, milliy anʼanalarimiz va xalq ogʻzaki ijodi namunalari asosida tayyorlangan oʻyin-raqs va kuy-qoʻshiqlar barchada iliq taassurot qoldirdi.

Milliy musiqa va raqslar – xalqimizning koʻp asrlik tarixi, maʼnaviy merosi, dunyoqarashi va hayot falsafasining yorqin ifodasidir. Bu sanʼat turlari orqali yosh avlod oʻz milliy qadriyatlarini anglaydi, milliy oʻzlik va iftixorni his qiladi. Ayni shu jihatdan, tadbir doirasidagi har bir badiiy chiqish yoshlarda vatanparvarlik, milliy oʻzlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini mustahkamlashda muhim oʻrin tutdi.

Oʻquvchi-yoshlar yozgi taʼtil paytida mana shunday qiziqarli va foydali tadbirlarda ishtirok etib, dam olishni maroqli oʻtkazmoqdalar. Sport musobaqalari, intellektual tanlovlar, davra suhbatlari, shuningdek, maktablarda tashkil etilgan toʻgarak mashgʻulotlari yosh avlodning oʻz ustida yanada samarali ishlashlariga xizmat qilyapti.

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar oʻquvchilarning nafaqat qiziqishlari va intilishlarini, balki iqtidor, qobiliyat hamda milliy-maʼnaviy qadriyatlarga boʻlgan hurmatini yuksaltirishi bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan tashabbuslar yoshlar hayotida muhim oʻrin tutayapti.

18-sonli umumtaʼlim maktabida yozgi taʼtil davomida uyushmagan yoshlar va oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha maxsus chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, har kuni madaniy-maʼrifiy tadbirlar, sport mashgʻulotlari, intellektual oʻyinlar va musobaqalar oʻtkazilmoqda. Bu esa bolalar uchun yozgi taʼtilni nafaqat dam olish, balki shaxsiy oʻsish, koʻnikma va qobiliyatlarni rivojlantirish imkoniyatiga aylantirmoqda.

Aqliy salohiyatni yuksaltirishga qaratilgan shaxmat va shashka toʻgaraklari yosh isteʼdodlar bilan doimo gavjum. “Zakovat” oʻyinlari orqali bolalarda strategik fikrlash, jarayonni tahlil qilish, mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalari shakllanmoqda. Bunday mashgʻulotlar yosh avlodni maʼnan va jismonan yetuk shaxs qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabning workout sport maydonchasida esa jismoniy mashgʻulotlar izchil ravishda tashkil etilmoqda. Bunda oʻquvchilar sogʻlom turmush tarziga amal qilish, ruhan bardam boʻlish, sportga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish imkoniga ega boʻlmoqda. Zamonaviy sport inshootlaridagi mashgʻulotlar oʻquvchilarning jismoniy rivojlanishi bilan birga, ularda intizom va jamoada ishlash koʻnikmasini ham shakllantirmoqda.

Taʼlim dargohida oʻquvchilarning bilim va qobiliyatlarini har tomonlama yuksaltirishga qaratilgan turli toʻgaraklar ham samarali ish olib bormoqda. Ularning har biri oʻquvchi-yoshlarning isteʼdod va qiziqishlariga mos ravishda faoliyat yuritmoqda.

Ingliz tili toʻgaragida oʻquvchilar zamonaviy usullar asosida chet tilini chuqur oʻrganmoqdalar. Darslar jarayonida interaktiv oʻyinlar, suhbatlar va sahna koʻrinishlari orqali bolalarda ingliz tilida erkin fikrlash va muloqot qilish koʻnikmalari shakllantirilmoqda. Bu mashgʻulotlar esa ularning xorijiy tillarni tez va oson oʻzlashtirishiga xizmat qilmoqda.

Kompyuter savodxonligi toʻgaragi esa raqamli dunyoda toʻgʻri yoʻl topishni oʻrgatmoqda. Oʻquvchilar dasturlar bilan ishlash, matn va grafik muharrirlar, prezentatsiya tayyorlash, axborot xavfsizligi asoslari kabi koʻnikmalarni egallab, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʻyicha amaliy bilimlarga ega boʻlmoqdalar.

“Mohir qoʻllar” toʻgaragi esa oʻquvchilarning badiiy didini shakllantirish, ijodiy salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu yerda oʻquvchilar turli qoʻl mehnati bilan yaratiladigan buyumlar, milliy va zamonaviy hunarmandchilik namunalarini oʻz qoʻllari bilan tayyorlash orqali nafaqat amaliy mashgʻulot oʻtkazmoqda, balki kasb oʻrganmoqda.

Oʻzida benazir maʼnaviy javohirlarni saqlagan maktab kutubxonasi bugun nafaqat bilim manbai, balki yoshlarning sevimli maskaniga aylangan. Taʼtil kunlarida ham ushbu moʻʼjaz va fayzli kutubxona har doimgidek oʻquvchi-yoshlar bilan gavjum. Ular boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanib, oʻzlari sevgan badiiy asarlarni mutolaa qilmoqda, bilim va tafakkurlarini boyitmoqda.

Maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari tomonidan badiiy asarlar muhokamasi ham tashkil etilmoqda. Har bir oʻquvchi oʻz fikr-mulohazasini erkin ifoda etib, tahlil jarayonida faol ishtirok etmoqda. Asarlar yuzasidan olib borilayotgan bahs-munozaralar oʻquvchilarda mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv, badiiy tafakkur va nutq madaniyatini rivojlantirishda muhim omil boʻlmoqda. Aynan shu kutubxona muhitida shakllanayotgan kitobxonlik madaniyati maktab taʼlim-tarbiyasining ajralmas boʻlagiga aylanmoqda.

Umumtaʼlim maktablarida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirlar yosh avlodni maʼnan boy, har tomonlama yetuk shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Bunday tadbirlar orqali yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy anʼanalarga hurmat tuygʻulari shakllanmoqda. Eng muhimi, yoshlar yozgi taʼtilni foydali, mazmunli va ijtimoiy jihatdan faol tarzda oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026