Yoşlar yetakçilari orqali davlat eʼtibori har bir yoşga yetib bormoqda
Yurtimizda yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşiriş, har bir yoşning orzu-maqsadlarini röyobga çiqariş, ularning manfaatlarini himoya qiliş hamda mavjud muammolarini hal etişda mahalla va ovullarda samarali faoliyat yuritayotgan yoşlar yetakçilari muhim örin tutadi. Prezidentimiz tomonidan 2022-yil 19-yanvarda qabul qilingan “Mahallalarda yoşlar bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaror asosida joriy etilgan yoşlar yetakçisi lavozimi bugungi kunda davlat va yoşlar örtasidagi işonçli köprikka aylandi.
Yoşlar yetakçisi — mahalladagi har bir yoş bilan yaqindan işlaydigan, ularning hayot tarzi, muammolari va maqsadlarini örganib, tegişli yeçimlar taklif etadigan, taşabbuskor va masʼuliyatli şaxs hisoblanadi. Xususan, işsiz, uyuşmagan hamda ehtiyojmand yoşlarni aniqlaş va ular bilan individual tarzda iş olib borişda yetakçilarning roli tobora mustahkamlanib bormoqda.
Amudaryo tumanidagi Jumur ovul mahallasining yoşlar yetakçisi Zafar Otaboyev 2022-yildan buyon uşbu masʼuliyatli vazifani sidqidildan ado etib kelmoqda. Mahallada umumiy aholi soni 4 ming 255 nafar bölib, 755 ta xonadonda 1 ming 255 ta oila istiqomat qiladi. Ularning 1 ming 214 nafari yoşlardir. Aholi ziç joylaşgan uşbu hududda 3 ta maktabgaça taʼlim taşkiloti, 10 ta kiçik savdo dökoni va 1 ta umumiy ovqatlaniş şoxobçasi faoliyat yuritmoqda.
Yoşlar yetakçisi Zafar Otaboyev tomonidan 2024-yil davomida bir qator amaliy işlar bajarildi. Xususan, işsiz yoşlarning bandligini taʼminlaş maqsadida ularning röyxati şakllantirilib, 40 nafar yoşga yer ajratib berildi. Ularning özini özi band qilişi uçun subsidiya asosida motokultivator, tikuv maşinalari, payvandlaş uskunasi va noutbuklar taqdim etildi. Şuningdek, mahalladagi yoş tadbirkor Xuşnud Örinboyevga imtiyozli kredit ajratilib, avtomaşina yuviş şoxobçasini taşkil etişda amaliy kömak berildi. Bu orqali mahalladagi transport egalariga qulaylik yaratildi — endi ular maşinalarini yuviş uçun uzoqqa bormasdan mahallaning özida xizmatdan foydalaniş imkoniga ega bölişdi.
Qişloq xöjaligida ham yoşlarning faolligi ortib bormoqda. Xususan, mahallada istiqomat qiluvçi yoş oila — Surayyo Xalillayeva va turmuş örtoği Azizbek Boltaboyevga yer ajratilib, ular poliz mahsulotlari — qovun, tarvuz, kartoşka va sabzi yetiştiriş bilan şuğullanmoqda. Bu orqali nafaqat öz oilasi daromadini oşirdi, balki iş bilan band böliş imkoniga ham ega böldi. Ammo yoş oilani ekinlarni öz vaqtida suğoriş masalasi öylantirib kelmoqda. Bu muammoni bartaraf etiş yuzasidan “yettilik” aʼzolari, jumladan, yoşlar yetakçisi tomonidan tegişli çoralar körilmoqda.
Mahalladagi boşqa taşabbuskor yoşlar ham öz mehnati bilan tengdoşlariga namuna bölmoqda. 2022-yildan buyon tikuvçilik bilan şuğullanayotgan Mahfuza Örazimbetovaga subsidiya asosida tikuv maşinasi ajratilgan. Hozirda u oliy taʼlim muassasasida tahsil olmoqda, ammo öqişdan böş vaqtlarida buyurtmalarni qabul qilib, ularni sifatli tayyorlab topşirmoqda. Qolaversa, oilaning kelini Mohigul Davlatboyeva ham uşbu kasbni puxta özlaştirib, oila daromadiga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş maqsadida kitobxonlik va sport tadbirlari muntazam ötkazib kelinmoqda. Joriy yil boşida mahallaning yoşlar balansi şakllantirildi. Oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan 3 nafar yoşga tölov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab berildi. “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida 3 nafar yoş kasb-hunarga öqitildi. Şuningdek, hokim yordamçisi bilan hamkorlikda 24 nafar yoşga imtiyozli kreditlar ajratilib, ular tadbirkorlik faoliyatini boşladi.
Şuningdek, xatlov natijalariga tayanilgan holda mehnatga layoqatli bölgan, ammo işsiz 14 nafar yoş bilan yakkama-yakka uçraşuvlar ötkazilib, ularning qiziqişlari va qobiliyatiga mos iş bilan taʼminlaniş çoralari körildi.
Darhaqiqat, mahallalardagi yoşlar yetakçilari faoliyati orqali davlatning yoşlarga bölgan eʼtibori har bir xonadongaça yetib boryapti. Jumur ovul mahallasida yoşlar yetakçisi Zafar Otaboyevning saʼy-harakatlari mahallaning ijtimoiy muhitini mustahkamlaş, yoşlar örtasida faol fuqarolik pozitsiyasini şakllantiriş, ularning taʼlim, tadbirkorlik va bandlikdagi iştirokiga keng yöl oçişga xizmat qilmoqda.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶