JÖQORĞI KENGES RAISI A.ORINBAYeV AMUDARYo TUMANIDA BÖLIB, YoŞLAR, TADBIRKORLAR VA TUMAN FAOLLARI BILAN UÇRAŞDI
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev joylarda yoşlar bilan uçraşib, ularning xohiş-istaklari, taşabbus va muammolarini tinglamoqda. Şunday navbatdagi uçraşuv 19-iyun kuni Amudaryo tumanida ötkazildi.
Uçraşuvdan oldin böş iş örinlari yarmarkasi bölib ötdi. Şundan söng IT sohasi, Taşqi beğaraz kömak mablağlarini (grantlarni) jalb qiliş va donorlar bilan işlaş bölimi, tijorat banklari rahbarlari tomonidan seminarlar taşkil etilib, yoşlar tadbirkorligini yölga qöyiş, ularning öz taşabbuslarini amalga oşirişi borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumotlar berildi.
Ötkazilgan uçraşuvda dastlab Jöqorği Kenges Raisi hurmatli Prezidentimizning alohida eʼtibori bilan yoşlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida keng turda töxtalib ötdi. Şu bilan birga, bunday imkoniyatlardan örinli foydalanib, yuqori natijalarga erişayotgan yoşlar soni ortib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Öz navbatida, yoşlar davlatimiz rahbarining bunday yuksak işonçi va yoşlarga körsatayotgan otalarça ğamxörligi uçun çuqur minnatdorlik bildirdi.
Ötkazilgan uçraşuv davomida yoşlar bilan yaqindan muloqot qilinib, ularning xohiş-istaklari, şuningdek, takliflari tinglandi. Unda bir qator muhim taşabbuslar va masalalar ilgari surildi. Öz navbatida har bir taşabbus va taklif Jöqorği Kenges Raisi tomonidan qöllab-quvvatlanib, ularni hayotga tatbiq etiş böyiça masʼullarga aniq topşiriqlar berildi.

Şundan söng bir guruh yoşlar faolligi va tengdoşlari orasida alohida yutuqlarga erişib, köpçilikka namuna bölayotgani uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Prezidiumi qarori bilan taqdirlandi.
***
Şu kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Amudaryo tumanida yangi iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan ham yaqindan tanişdi.
Dastlab, Olmazor mahallasida “Sulton Kumuş” MÇJ tomonidan oçiliş marosimi ötkazilayotgan “Bolalar öyingohi” loyihasi közdan keçirildi. Şundan söng, har birida 10 iş örni yaratilgan “Botir Xonqa” MÇJ va “Al Kafil Biznes Plast” MÇJga qaraşli korxonalarning plastmassa idişlari işlab çiqariş loyihalari, 2 mlrd. sömlik mablağlar hisobidan 20 iş örni yaratilişiga erişilgan “Ravşanbek-Yulduzxon” xususiy korxonasining qandolat, non mahsulotlari işlab çiqariş va sutni qayta işlaş tsexi, “Jayxun motors” MÇJning motorollerlar işlab çiqariş loyihalari bilan tanişildi. Yangi iş örni yaratgan har bir tadbirkor doimo qöllab-quvvatlanişi, ularning öz faoliyatini yanada kengaytirişi uçun barça yordamlar körsatilişi taʼkidlandi.
Uyşin mahallasida “Jamoliddin Jayxun” MÇJ tomonidan 1 mlrd. söm mablağ asosida yangidan işga tuşirilgan baliqçilik loyihasi, şuningdek, “Qoraqalpoq mahsulotlari” MÇJ tomonidan 1,3 mlrd. söm mablağ asosida işga tuşirilgan parrandaçilik loyihasi ham mehmonlarning eʼtirofiga sazovor böldi. Xalqimizni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaş borasidagi bunday taşabbuslarni köpaytirişda yanada jonbozlik bilan işlaş kerakligi yuzasidan mutasaddilarga topşiriqlar berildi.

Şundan keyin Döstlik mahallasi hududidagi “Yangi Özbekiston” massivida qad rostlayotgan köp qavatli uylarning quriliş jarayoni ham közdan keçirildi. Taʼkidlaş joizki, 2024-2025-yillarda jami 18,5 gektar yer maydonida 26 ta köp qavatli uylar qurilişi belgilangan. Hozirgi vaqtda işlar yuqori surʼatlarda davom ettirilmoqda.
Jöqorği Kenges Raisi quriliş işlarini sifatli qilib, öz vaqtida yakunlaş böyiça masʼullarga aniq topşiriqlar berdi.
***
Taşrif söngida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev tuman hokimligi binosida Amudaryo tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi masalalariga bağişlangan majlis ötkazdi.
Unda dastlab joriy yilgi örim-yiğim mavsumini muvaffaqiyatli yakunlab, respublikamizda birinçilardan bölib kontraktatsiya şartnomalari şartlarini bajargan tuman ğallakorlari, bir guruh mehnat ilğorlarini Jöqorği Kengesning kökrak nişonlari va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlaş marosimi ötkazildi.

Şundan söng tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Unda amalga oşirilayotgan işlar böyiça örganişlar natijalari muhokama qilinib, tumandagi investitsiya loyihalari, yangi iş örinlarini yaratiş borasidagi işlar tahlil qilindi. Şuningdek, obodonlaştiriş işlari va iqtisodiy körsatkiçlar muhokama qilinib, yöllarni taʼmirlaş, ijtimoiy obʼektlarni quriş va rekonstruktsiya qiliş böyiça mavjud muammolar örtaga taşlanib, ularni hal etiş böyiça aniq tavsiya va topşiriqlar berildi.
Majlisda aholi hayotida uçrayotgan muammolarga yeçim topiş, xalqni rozi qiliş va farovonligini taʼminlaş borasidagi muhim işlar tanqidiy körib çiqildi.
Majlis davomida Jöqorği Kenges Raisi tomonidan taʼkidlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça tegişli taşkilot va mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶