Amudaryo tumanida fermer xöjaliklarining daromadini oşiriş böyiça amaliy seminar ötkazildi
Sönggi yillarda mamlakatimizda fermer xöjaliklarining ekin yerlaridan samarali foydalanişi, qişloq xöjaligida gektariga hosildorlikni ikki baravar oşiriş, zamonaviy ilm-fan va yangi texnologiyalar yordamida daromadlarni köpaytiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Şu maqsadda, Özbekiston Fermerlar Kengaşi taşabbusi bilan tuzilgan işçi guruh 2025-yil hosili uçun amalga oşirilayotgan işlar, xususan, boğ va tok qator oralari hamda dala çetlaridan samarali foydalaniş, aholi xonadonlarida mevali daraxtlar köçatlarini ekiş, eksportbop mahsulotlar yetiştiriş borasidagi işlar bilan tanişiş maqsadida 27-iyun kuni Amudaryo tumanida böldi.
Xolimbeg ovul fuqarolar yiğini hududida joylaşgan “Usta Allayor” fermer xöjaligi dalalarida taşkil etilgan amaliy seminarda fermer xöjaliklari rahbarlari, Özbekiston Fermerlar Kengaşi bölim boşliği Mehriddin Muhammadiyev, “Bionavatik-agro” MÇJ hududiy vakili Fathulla Teşayev, Amudaryo tuman Fermerlar Kengaşi raisi Ilhom Polvonov hamda tegişli taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Seminarda Mehriddin Muhammadiyev tadbir iötirokçilariga fermer xöjaliklarini qiynayotgan muammolar, ularning yeçimlari, fermerlar daromadini oşiriş böyiça amaliy tavsiyalar berdi. Şuningdek, sohadagi yeçimini kutayotgan masalalar yuzasidan ham atrofliça maʼlumotlar taqdim etildi.
Fermerlar Kengaşi jamğarmasi mablağlari hisobidan qişloq xöjaligi yönalişida imtiyozli kreditlar ajratiş tartibi böyiça Jamğarmaning Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça vakili Allaniyoz Ajimov maʼlumot berdi. Aytib ötilganidek, mazkur kreditlar 60 ga yaqin yönaliş böyiça 3-yildan 7-yilgaça imtiyozli şartlarda beriladi.
Tadbir doirasida tumandagi fermer xöjaliklari rahbarlari iştirokida “Y.Örazbayev” MMTP hududida joylaşgan “Beşbayev Qurbanğali” fermer xöjaligida körgazmali seminar ham taşkil etildi. Unda “Bionavatik-agro” MÇJ hududiy vakili Fathulla Teşayev 2025-yil hosili uçun ekilgan paxta va boşqa qişloq xöjalik ekinlarini parvarişlaşda töğri agrotexnik tadbirlarni qöllaş, biologik usullardan samarali foydalaniş, xususan, biologik preparatlar orqali tuproq strukturasini yaxşilaş va hosildorlikni ikki hissa oşiriş imkoniyatlari haqida amaliy tavsiyalarini taqdim etdi.
Şohzod Qurbonboyev tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶