28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:01
Siyosat 👁 250

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Joʻqorgʻi Kenges deputatlari Amudaryo tumanida boʻlishdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Joʻqorgʻi Kenges deputatlari Amudaryo tumanida boʻlishdi

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar samarasi joylarda, ayniqsa, oddiy odamlar hayotida oʻz aksini topishi lozim. Shu bois ham davlat organlari va xalq vakillari faoliyatida joylarga borib, saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini eshitish, amalga oshirilayotgan islohotlarning real natijalarini oʻrganish alohida ahamiyat kasb etadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sapargul Utemuratova hamda Joʻqorgʻi Kenges deputati Aysanem Begimovalarning Amudaryo tumaniga amalga oshirgan xizmat safari ham shu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Tashrif davomida deputatlar tomonidan hududdagi mavjud muammolar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati va fuqarolarning kayfiyati oʻrganildi, shuningdek, joylardagi davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda muhim masalalar muhokama qilindi.

Safarning dastlabki manzili tuman hokimligi boʻlib, bu yerda mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, ularni hal etish mexanizmlari, amalga oshirilayotgan islohotlarning tuman miqyosidagi ijrosi yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi. Fuqarolarning davlat organlariga boʻlgan ishonchini oshirish uchun murojaatlarga munosabatni oʻzgartirish va ularning yechimiga eʼtibor qaratish kerakligi taʼkidlandi.

Yigʻilishdan soʻng deputatlar Boy ovul mahallasiga tashrif buyurishdi. Bu yerda “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan yaqindan tanishilib, ularning faoliyatini oʻrganildi.

Mahallada fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbat davomida mahalliy aholi oʻzlarini qiynayotgan masalalarni bayon qilib, xalq vakillariga muammoli masalalarda murojaat qildilar. Saylovchilar xalq vakillari faoliyatidan mamnun ekanliklarini bildirib, ularning yuzma-yuz suhbat uyushtirganidan minnatdorlik izhor etdilar. Bunday ochiq muloqotlar joylarda odamlarning haqiqiy muammolariga yechim topishda muhim vosita boʻlib xizmat qilayotgani yana bir bor oʻz tasdigʻini topdi.

Deputatlar xizmat safari davomida Chordora mahallasida joylashgan “Tamara tekstil” tikuvchilik tsexi faoliyati bilan ham tanishdilar. Maktab formalarini ishlab chiqaradigan ushbu kichik korxonada 43 nafar mahalliy xotin-qizlar doimiy ish bilan taʼminlangan.

Tsex rahbariyati bilan boʻlib oʻtgan suhbatda ish joylari sonini yanada oshirish, yangi tikuv mashinalari bilan taʼminlash, mahsulot turlarini kengaytirish kabi rejalar muhokama qilindi. Deputatlar ushbu loyiha boshqa mahallalarda ham namuna boʻlishi mumkinligini qayd etdilar.

Safarning keyingi manzili “Amudaryo tomorqa klasteri”ga qarashli zamonaviy issiqxona boʻldi. Rufat Qurbonboyev rahbarligidagi mazkur issiqxonada hozirgi kunda turli sabzavot va mevalar yetishtirilayotgan boʻlib, 10 dan ortiq mahalliy aholi ish bilan taʼminlangan. Yaqin kelajakda sut mahsulotlarini ham ishlab chiqarish rejalashtirilayotgani maʼlum qilindi.

Bu kabi loyihalar qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish va aholining iqtisodiy barqarorligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Deputatlar davlatimiz tomonidan bunday tashabbuslar qoʻllab-quvvatlanishini, loyihalarni kredit va subsidiyalar orqali yanada kengaytirish lozimligini taʼkidladilar.

Xalq vakillarining Amudaryo tumaniga xizmat safari, shubhasiz, joylardagi amaliy islohotlar, fuqarolarning haqiqiy ehtiyojlari va davlat siyosatining samaradorligi qay darajada tatbiq etilayotganini chuqur oʻrganish imkonini berdi. Safar davomida deputatlar ishtirokida saylovchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻtkazildi, tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi va masʼul idoralarga aniq vazifalar yuklatildi.

Bunday safarlar faqat rasmiy tashriflar emas, balki davlat va xalq oʻrtasidagi ishonchli munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Unda joylardagi muammolarni manzilli hal etish, fuqarolarning ogʻirini yengil qilish va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning hayotdagi aksini koʻrish asosiy maqsad hisoblanadi.

Shu bois xalq vakillarining bunday tashriflari orqali joylardagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlar yanada jadallashib, xalq vakillari faoliyati orqali aholining davlatga boʻlgan ishonchi mustahkamlanadi. Bu esa, shubhasiz, yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim asoslaridan biridir.

Shohzod Qurbonboyev tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026