Mahallada sodir etilgan oğir jinoyat muhokama qilindi
Sönggi yillarda mamlakatimizda tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaş hamda huquqbuzarliklarning oldini olişga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etildi. Şu maqsadda ijtimoiy-maişiy muammolarni bartaraf etişga qaratilgan profilaktik tadbirlar ham samarali amalga oşirib kelinmoqda. Afsuski, olib borilayotgan işlarga qaramay, jamiyatda jinoyatçilik holatlari kuzatilib turibdi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri, polkovnik Baxtiyar Torebekov raisligida Amudaryo tumanining Tor yop mahallasi hududidagi 21-sonli umumtaʼlim maktabi faollar zalida jinoyatçilikning oldini oliş va jamoat xavfsizligini taʼminlaş masalalari yuzasidan muhokama yiğilişi ötkazildi.
Unda tuman Içki işlar bölimi boşliği Muxammetali Xöjamuratov, Özbekiston Mahallalar uyuşmasi tuman bölimi boşliği Alişer Yuldaşev, profilaktika inspektorlari, “Mahalla yettiligi” aʼzolari hamda aholi vakillari iştirok etdi.
Yiğilişda joriy yil 20-iyun kuni Tor yop mahallasi hududida sodir etilgan oilaviy nizo oqibatida yuz bergan jinoyat muhokama markazida böldi. Dastlabki maʼlumotlarga köra, Zaxmatkaş köçasida yaşovçi 1978-yilda tuğilgan fuqaro uyidagi öğay ukasi tomonidan tan jarohati yetkazilib, oğir holatda tuman tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimiga olib kelingan va şoşilinç jarrohlik amaliyoti ötkazilgan.
Tergovga qadar ötkazilgan tekşiruvlar davomida, voqea kuni keçki payt uy işlari bilan boğliq kelişmovçilik tufayli jabrlanuvçi va uning ögay ukasi — 2003-yilda tuğilgan yigit örtasida janjal kelib çiqqanligi maʼlum bölgan. Janjal çoğida gumonlanuvçi tovuqxona devoriga suyab qöyilgan belni olib, jabrlanuvçining ortidan borgan va kesuvçi temir qismi bilan jabrlanuvçining boşining ensa sohasiga zarba bergan. Jabrlanuvçi yerga yiqilgandan söng, gumonlanuvçi uning boşining ensa va yuz qismlariga yana bir neça marta urgan. Oqibatda belning temir qismi yoğoç dastasidan ajralib tuşgan va gumonlanuvçi harakatini töxtatgan.
Huşini yöqotgan jabrlanuvçini körib qolgan ögay onasi tez tibbiy yordam xizmatiga qönğiroq qilgan va jabrlanuvçi şifoxonaga yetkazilgan. Mazkur holat yuzasidan Amudaryo tumani prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga asosan jinoyat işi qözğatildi.
Gumonlanuvçining körsatmasida qayd etilişiça, öşa kuni parrandalar qörasining eşigi yopilmay qolgani tufayli u va ögay opasi örtasida oğzaki tortişuv yuzaga kelgan. Unga köra, janjal çoğida opasi uni haqorat qilgan va u özini tutib turolmasdan, bel bilan uning boş qismiga bir neça marta zarba bergan.
Yiğiliş yakunida masʼullar tomonidan jamiyatda tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaş, jinoyatçilikning oldini olişda fuqarolarning faol iştiroki muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Ayniqsa, oilaviy nizolarni barvaqt bartaraf etiş, mahalladoşlar va profilaktika inspektorlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş zarurligiga eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, yoşlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini olişga qaratilgan tarğibot-taşviqot işlarini yanada kuçaytiriş, jinoyatçilikka nisbatan murosasiz munosabatda böliş jamiyat xavfsizligining muhim kafolati ekani alohida qayd etildi. Darhaqiqat, huquqbuzarliklarga qarşi kuraşişda har bir fuqaroning javobgarligi va faolligi hal qiluvçi örin tutadi. Şunday ekan, jamiyatda tinçlik va xotirjamlikni taʼminlaşga har birimiz hissa qöşişimiz lozim.
Şohzod Qurbonboyev tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶