28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:40
Fan va taʼlim 👁 224

"DOLZARB 90 KUN" LOYIHASI DOIRASIDA QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI MIQYoSIDA KOʻRGAZMALI SEMINAR OʻTKAZILDI

"DOLZARB 90 KUN" LOYIHASI DOIRASIDA QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI MIQYoSIDA KOʻRGAZMALI SEMINAR OʻTKAZILDI

Amudaryo tumanining Qipchoq shaharchasi markazida joylashgan 11-sonli umumtaʼlim maktabi pedagogika jamoasi tomonidan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan rejaviy chora-tadbirlar bilan maktabning barcha sinflari oʻquvchilari qamrab olinmoqda.

Mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni targʻib qilish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida koʻrgazmali seminar tashkil etildi. Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʻrinbosari Qadirboy Ismailov, Respublika tuman va shaharlarining maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari shuʼba mudirlari, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov, 11-sonli maktab pedagogika jamoasi hamda oʻquvchi-yoshlar, ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Koʻrgazmali seminarda soʻzga chiqqan vazirning oʻrinbosari Qadirboy Ismailov mamlakatimizda yosh avlod taʼlim-tarbiyasi uchun koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor va ragʻbat, sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning samarasi xususida batafsil toʻxtalib, joriy yildagi yozgi taʼtil har bir oʻquvchi-yoshning hayotiga maʼno-mazmun bagʻishlab, ularning iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlarida juda katta ahamiyat kasb etayotganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Shundan soʻng tadbir mehmonlari maktab direktori Ulugʻbek Mamutov hamrohligida oʻquvchi-yoshlar tomonidan taʼtil davrida amalga oshirilayotgan taʼlimiy, milliy-maʼnaviy qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan koʻrgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, maktabning 4-"A", 4-"B", 3-"A" sinflar oʻquvchilari, shuningdek, sport maktabi shugʻullanuvchilari tomonidan namoyish etilgan turfa raqslar, badiiy gimnastika sporti boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar tadbir mehmonlarida yorqin taassurotlar qoldirdi. Ayniqsa, "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Shoʻx bolalar" badiiy havaskorlik jamoasi aʼzolari tomonidan jonli ijroda taqdim etilgan qoʻshiqlar barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.

Koʻrgazmali seminar davomida 7- va 8-sinflar oʻquvchilari mazkur sinflar rahbarlari Muhabbat Abdukarimova, Shahnoza Toʻramurodova, Sevara Rajabovalar boshchiligida texnologiya fani oʻqituvchilari tomonidan tashkil etilgan "Osh tanlovi"da ishtirok etishib, oʻzlarining pazandalik mahoratlarini amalda koʻrsatib berdilar.

"Besh muhim tashabbus" toʻgaragi rahbarlari Erkinoy Yoqubova, Gulbahor Mirzayevalar tomonidan tashkillashtirilgan qandolatchilik mahsulotlari koʻrgazmasi esa mazkur toʻgarak aʼzolari qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash, dasturxon bezatish sanʼatini chuqur egallayotganlarining yorqin ifodasi boʻldi.

Seminar ishtirokchilari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari Rahimjon Qoʻshayev, Jumamurod Jumaniyozov, Salomat Ismoilovlar tomonidan tashkillashtirilgan shaxmat-shashka, voleybol, mini futbol musobaqalari, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Guloyim Begjonova bilan maktab kutubxonachisi Mehribon Yoʻldoshevalar hamkorlikda tashkil etgan "Zukko kitobxon" tanlovi bilan ham yaqindan tanishdilar.

Gʻafurjon Muhammadkarimov boshchiligida oʻtkazilgan "Zakovat" turniri ham koʻrgazmali seminarga oʻziga xos maʼnaviy ruh bagʻishladi. Maktab pedagogika jamoasi va bilimdon oʻquvchilar ishtirokidagi turnirda taʼtil davrida maktabda tashkil etilgan toʻgaraklarda shugʻullanayotgan oʻquvchilarning bilim va intilishlari sinovdan oʻtkazildi.

Seminarda "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining qoʻl mehnati, rassomlik, robototexnika, dizaynerlik kabi yoʻnalishlar boʻyicha toʻgaraklarida shugʻullanuvchi oʻquvchilar tomonidan tashkil etilgan koʻrgazma ham namoyish etildi.

Koʻrgazmali seminarning yakuniy qismida ushbu tadbirni tashkil etgan 11-sonli maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Qunduzoy Xalmuratovaga seminar ishtirokchilari oʻz minnatdorchiliklarini izhor etib, maktab pedagogika jamoasining yosh avlod taʼlim-tarbiyasida oʻzaro hamjihat va hamkorlik asosida amalga oshirayotgan ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026