Umumtaʼlim maktablarining öquv işlari böyiça direktor örinbosarlari iştirokida seminar-trening ötkazildi
Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 76-sonli umumtaʼlim maktabida “Öquvçilar bilimini baholaşning yangi tizimi hamda taʼlim sifatini oşirişda öquv işlari böyiça direktor örinbosarining roli” mavzusida seminar-trening bölib ötdi. Unda tumandagi barça umumtaʼlim maktablarining öquv işlari böyiça direktor örinbosarlari iştirok etdi.
Tadbirni Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mudiri Ya. Şamuratov hamda tuman ixtisoslaştirilgan maktabning öquv işlari böyiça direktor örinbosari R. Xalmuratov oçib berdi. Masʼullar tomonidan seminar-treningning asosiy maqsadlari, direktor örinbosarlarining kasbiy salohiyatini oşiriş, xalqaro va milliy tajribalar asosida taʼlim jarayonini samarali taşkil etiş, baholaşning mezonlarga asoslangan tizimini joriy etiş, raqamli resurslardan foydalaniş hamda maktablarda metodik xizmat faoliyatini kuçaytiriş zarurligi taʼkidlandi.
Seminar doirasida yangi baholaş tizimi joriy etilgan 1-, 5-, 8-, 18-, 29-, 36- va 55-sonli maktablar tajribasi asosida taqdimotlar ötkazildi. Unda formativ va summativ baholaş, raqamli taʼlim resurslaridan samarali foydalaniş, şuningdek, metodik xizmatni taşkil etiş mexanizmlari töğrisida maşğulotlar olib borildi.
Maşğulotlar nazariya va amaliyot uyğunligida taşkil etildi. Iştirokçilar örtasida faol fikr almaşinuvi, amaliy takliflar va mulohazalar uçun keng imkoniyat yaratildi.
Tadbir yakunida iştirokçilar tomonidan yangi baholaş tizimini samarali joriy etiş, pedagoglarning bilim va könikmalarini muntazam ravişda yangilab boriş hamda taʼlim jarayonida ilğor yondaşuvlarni amaliyotga tatbiq etiş muhimligi taʼkidlandi.
R. Yakubova, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi metodisti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶