28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:20
Siyosat 👁 323

Yosh sportchilarga namuna boʻlayotgan tajribali murabbiy

Yosh sportchilarga namuna boʻlayotgan tajribali murabbiy

Bugungi kunda mamlakatimizda sport sohasi, ayniqsa, yoshlar sportini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Olib borilayotgan islohotlar doirasida yoshlar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratilmoqda hamda bu chora-tadbirlar oʻz samarasini koʻrsatmoqda. Xalqaro mezonlarga mos musobaqalarning tashkil etilayotgani esa yoshlarda sportga boʻlgan qiziqish va ragʻbatni yanada oshirmoqda.

Shunday imkoniyatlar zamirida qoʻl jangi ham yurtimizda, ayniqsa, yoshlar orasida ommalashib borayotgan sport turlaridan biriga aylanmoqda.

Mazkur sport turi orqali yoshlar orasida nafaqat iqtidorli sportchi, balki salohiyatli murabbiy sifatida ham tanilgan Bekzod Otajanov oʻz faoliyati va yutuqlari bilan alohida ajralib turadi. Uning ustozlik faoliyati, tarbiyalayotgan shogirdlari, sportga boʻlgan muhabbati tumandagi yoshlar uchun chinakam oʻrnakdir.

Bekzod Otajanov sportning qoʻl jangi turi boʻyicha bir qator nufuzli milliy va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib, yuksak natijalarga erishgan. Uning sportchi sifatidagi katta yutuqlaridan biri  2023-yil 27–30-aprel kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempionatida chempionlikni qoʻlga kiritganida yaqqol namoyon boʻldi. 2024-yilda esa u yanada keng maydonlarga yoʻl oldi. 8–12-fevral kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekis­ton chempionatida faxrli ikkinchi oʻrinni, shu yili 15–17-noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempionatida esa gʻoliblikni qoʻlga kiritib, oʻz ustunligini yana bir bor namoyon etdi.

Uning xalqaro miqyosdagi  katta yutugʻi — 2024-yil 19–24-noyabr kunlari Qozogʻis­ton Respublikasining Os­tona shahrida oʻtkazilgan Jahon chempionatida qayd etildi. Ushbu musobaqada u munosib ishtirok etib, faxrli uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Bekzod 2023-yildan buyon Amudaryo tumani sport maktabida murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda. Uning tashabbusi bilan Qilichboy ovulidagi 83-sonli umumtaʼlim maktabida qoʻl jangi boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etildi. Ayni payt­da bu yerda 90 nafardan ziyod yosh sportchi muntazam ravishda mashgʻulotlarda qatnashmoqda.

Shogirdlari tomonidan erishilayotgan muvaffaqiyatlar uning murabbiylik salohiyati va bilim-taj­ribasini yaqqol namoyon etadi. Hozirga qadar Bekzod Otajanov tayyorlagan 30 nafardan ziyod yosh sportchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempionati va kubogi musobaqalarida yuqori natijalarga erishdi. Shuningdek, 20 nafardan ortiq shogirdi mamlakat miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, tumanimiz sharafini munosib himoya qilgan.

Bunday yutuqlar ortida shubhasiz, Bekzod Otajanovning mashaqqatli mehnati, murabbiylik salohiyati va shogirdlari kelajagiga nisbatan chuqur masʼuliyati mujassam. Mashgʻulotlarda jismoniy tayyorgarlik bilan bir qatorda intizom, vatanparvarlik, oʻz-oʻziga ishonch, hurmat va fidoyilik kabi maʼnaviy qadriyatlarni ham yoshlarga singdirib borilyapti.

Bekzod Otajanovning yoshlar tarbiyasidagi mehnati va sportdagi muvaffaqiyatlari davlatimiz tomonidan ham munosib baholandi: qahramonimiz yaqinda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev qoʻlidan “Umid uchquni” koʻkrak nishonini qabul qilib oldi. Bu mukofot nafaqat shaxsiy yutuq, balki yosh avlod tarbiyasidagi fidokorona xizmatlarining munosib eʼtirofidir.

Bekzod Otajanov kabi sportchi-murabbiylar tumanimiz faxr-u iftixoridir. Ular nafaqat yangi chempionlarni tarbiyalamoqda, balki yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, yurtga muhabbat va fidoyilik tuygʻularini mustahkamlab bormoqda.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026