Joriy yil 49-sonli DMTTni 38 nafar tarbiyalanuvçi tamomladi
Mamlakatimizda maktabgaça taʼlim tizimini rivojlantiriş, boğçalarga bolalarni töliq qamrab oliş uçun zarur şaroit yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu bejiz emas. Çunki har qanday jamiyatning kelajagi bolalarga beriladigan taʼlim va tarbiyaga bevosita boğliq. Prezidentimiz taşabbusi bilan qabul qilingan davlat dasturlari va amalga oşirilayotgan islohotlar aynan şu ezgu maqsadga yönaltirilgan.
Qişloq va çekka hududlarda ham maktabgaça taʼlim maskanlarini zamon talablari darajasida jihozlaş, bolalarni qamrab oliş kölamini kengaytiriş, pedagoglarning mehnatiga munosib şaroit yaratiş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylangan. Bu boradagi saʼy-harakatlar samarasini Amudaryo tumanining Qangli ovulida joylaşgan 49-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti misolida yaqqol köriş mumkin.
1978-yilda qurilgan mazkur muassasa binosi “Obod mahalla” dasturi doirasida tubdan taʼmirlanib, 2025-yilda qayta foydalanişga topşirildi. Bugungi kunda taşkilot binosi mutlaqo yangi qiyofa kasb etgan: har bir guruh xonasi şinam va yoruğ, zamonaviy talablarga töliq javob beradi. Bolajonlarning yoş xususiyatlariga mos öyin va öquv qurollari, axborot texnologiyalari va multimedia vositalari bilan jihozlangan xonalar ularning jismoniy hamda aqliy rivojiga xizmat qilmoqda.
Hozirda asosiy binoda 120 nafar bola taʼlim-tarbiya bilan qamrab olingan. Şuningdek, hududdagi 67-sonli maktab qoşida taşkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda yana 20 nafar bola tarbiyalanmoqda. Muassasada 29 nafar xodim mehnat qilmoqda, ularning 17 nafari malakali tarbiyaçi-pedagoglardir. Dars jarayonlarida bolalarning fikrlaş qobiliyati, ijodiy salohiyati, nutqi va axloqiy tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratiladi. Şu bilan birga, musiqa, sport, rassomlik, şeʼrxonlik kabi tögaraklar bolalarning qiziqiş va qobiliyatlarini rivojlantirişda muhim örin tutadi.
Yaqinda bolajonlarni maktabga kuzatiş munosabati bilan “Xayr, boğçam – salom, maktab!” nomli adabiy-badiiy va musiqiy çiqişlarga boy bayram tadbiri taşkil etildi. Joriy yil mazkur maktabgaça taʼlim taşkilotini 38 nafar tarbiyalanuvçi tamomladi.
Tadbirda taşkilot direktori Zina Ismoilova, bolalar, ularning onalari va buvijonlari iştirok etdi. Dastlab Özbekiston hamda Qoraqalpoğiston Respublikalarining Davlat madhiyalari yangradi. Şundan keyin maktabgaça taʼlim taşkiloti direktori Zina Ismoilova tadbirni oçdi va barça bolajonlarning kelgusi maktab taʼlimida aʼlo baholarga öqişlariga tilakdoş böldi.
Tadbir davomida bolalar tomonidan ona Vatan, maktab va bolalik mavzularidagi şeʼrlar özbek, rus va ingliz tillarida ifodali tarzda yoddan öqildi. Çiqişlarda bolalarning boğçada olgan taʼlim-tarbiyasi, tarbiyaçilar mehnati öz ifodasini topdi. Xorijiy tillarda öqilgan şeʼrlar va ijro etilgan raqslarda bolalarning köp qirrali isteʼdodlari aks etdi.
Milliy va zamonaviy raqslar, şöx qöşiqlar sadosi ostidagi çiqişlar har bir tomoşabinning qalbida iliq tuyğular uyğotdi. Ayniqsa, bolalarning onalari iştirokidagi öyinlar tadbirga yanada yuqori kayfiyat ulaşdi.
Tadbir yakunida bolajonlar sözga çiqib, tarbiyaçilari hamda ota-onalariga şeʼrlar orqali samimiy minnatdorlik bildirişdi. Şuningdek, çuqur hurmat ifodasi sifatida bolajonlarning onalariga guldasta topşiriş jarayoni hayajonli lahzalarga boy böldi.
Taʼlimning ilk bosqiçi — maktabgaça taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor yoş avlodni barkamol, bilimli va vatanparvar etib tarbiyalaşda muhim örin tutadi. Kiçkintoylar uçun yaratilayotgan qulayliklar, ularning baxti va kamoliga yönaltirilayotgan mehr — bu milliy taraqqiyotning poydevori hisoblanadi. Taʼlimga qaratilgan bugungi investitsiya — ertangi salohiyatli va barkamol jamiyatning kafolatidir.
Zina Ismoilova, 49-sonli DMTT direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶