SOFLIK UÇUN QADAH KÖTAR...MANG!
Yaqindagina özim şohidi bölganim bir voqea neça kunki köz öngimdan ketmaydi. Kun peşindan oqqanda işdan qaytayotirib bir dugonamni tuğilgan kuni bilan tabriklagani bordim.
- Yur, kasbdoş dugonalarim bilan ötirğizaman. Bahonada tanişib ham olasan, - deb meni dugonam çoğroqqina, yetti-sakkiz nafar turli yoşdagi ayollar ötirgan xonaga olib kirdi. Ular bilan omonlik söraşib bölgunimça mehmonlarning içkilik taʼsiridan biroz sarxuş ekanliklarini angladim. Dasturxonda suyuq, quyuq ovqatlar tortilgan idişlar, böşagan konyak şişasi, konfet qoğozlari, yarim tişlangan tuzlama bodring, pomidorlar, bölak-bölak nonlar, yeryonğoq pöçoqlari-yu mevalar qoldiqlari aftidan ularning "buzmay” ötirgisi kelganini aytib turardi. Şunday davraga kirib qolganimdan özim noqulay ahvolga tuşib qoldim. Ötirganlar esa bir gapirib ön, kulişar, göyo, "qöylarini qumga yoyişgan” edi.
Mening holimni yonimda ötirgan özim tengi ayol sarxuş bölsa-da tuşungandek böldimi, "qani opazdayuşiy mehmonga ştrafnoy quy”, - deb qoldi xontaxtaning narigi betida ötirgan yoşgina kelinçakka. U:
- Xöp, opa, - deya stakanlarga boşqalarga yarim, menga töldirib konyak quyib uzatdi-da, qadah sözi aytişimni söradi.
- Unda yana bir stakan tost poy ham ber, - xoxolab kuldi ötirganlardan yana biri.
Men içmasligimni aytib, qadahni olmay uzr söradim.
– Içmaydigan onasining qornida. Aldamang, hamma içadi, siz ham. Faqat biz bilan içgingiz kelmayapti. Pisand qilmayapsizmi?
Menga "tost poy” söragan ayolning sözlaridan badtar önğaysizlandim. Qolganlari uning gapini maʼqullaşdi.
- Bizni ham alkaş ekan deb öylamang. Iş, oila, turmuş taşvişlarini birpas unutaylik deb şunday yaxşi kunlarda soğlik, vaqtixuşlik uçun ozgina içamiz, xolos.
Yonimda ötirgan ayolning sözlari meni öylantirib qöydi. Binoyiday bir idorada işlaydigan, oliy maʼlumotli, ellik yoşlar çamasidagi ayol nahotki alkogolni soğlik uçun, vaqtixuşlik uçun içsa? Buni qanday tuşuniş mumkin?
Hademay davradagilar tarqalişib, oilasiga qaytar, farzandlari, oilasidagilar yuziga qanday qaraşar ekan, degan savol miyamga keldi-yu badtar taʼbim xira böldi. Koşkiydi soğlik uçun qadah kötaruvçilar faqatgina şu davradagi ayollar bölsa?! Koşkiydi! Bu sözim bilan men hamma ayollarni qoralamoqçi, içadi, demoqçi emasman. Biroq ayni kunlarda töylarda, yubileylarda, turli marosimlarda ayollarning ham heç uyalmay qadah uriştirib ötirganlarini hammamiz ham körib yuribmiz. Eng açinarlisi, bundan heç kim ajablanmaydi. Ayollarku ayollar, hatto erkaklarning içişi ham oila uçun, jamiyat uçun naqadar oğir oqibatlarga olib kelişini his qilişmaydi, balki töyda içiladi-da, deb hisoblaşadi. Vaholanki, kunda-kunora (töy bergiç xalqmizda özi) töyga borib içib kelgan erkak, ayol oilada farzandlariga ota-onalik, ota-onasiga farzandlik, kelinlik burçini töliq ado eta oladimi? Buni hamma biladi: albatta yöq! Demak bu oilaning köradigan jabri. Bugun maza qilib içgan erkak, ayol ertasiga işxonasida öz vazifasini keragiça bajara olmaydi. Bundan ham xavflisi oilada farzandlar tarbiyasi izdan çiqadi. Soğlom muhit buziladi. Şu oilada voyaga yetayotgan öğil-qiz ham ota-onasidan andoza olib ulğayadi. Ha, masalaga çuqurroq nazar taşlasangiz, jamiyatimiz köradigan jabrning zalvori juda oğir ekan.
Biroq buni sarxuş ayollarga tuşuntirişning iloji yöqligi uçun bahona topib örnimdan turdim.
Tibbiyotning guvohlik berişiça, oyida uç marta alkogol qabul qiluvçi onadan tuğilgan farzandda alkogolga 47 foiz, agar ota ham içsa, 60 foiz moyillik bölarkan. Demak, eng dahşatlisi içuvçi ona, ota bölajak içuvçini dunyoga keltirişarkan. Içuvçi ota-onadan bola 10 foiz epilepsiya, 10 foiz miya şikastlanişi, xotira sustligi kasalliklari bilan danyoga kelarkan. Bu jamiyatimiz, millatimiz uçun halokatli oqibatlarga yöl oçib bermaydimi? Bu tökin, farovon, ozod zamonamizga, millatimizga xiyonat emasmi?
Mayli, bundan faqat tibbiyot xodimlarigina xabardor, deb hisoblaydigan bölsak, kunda-kunora içib transport boşqariş oqibatida köz öngimizda neça-neça odamlar hayotdan bevaqt ketişayapti. Töyib içiş tufayli yuragi doş beraolmay hayotdan köz yumiş hollari, neça-neça oilalarda halovat yöqolib, uruş-janjallar, hatto ajralişlar ham sodir bölayotganini hammamiz ham körib, eşitib yuribmiz. Afsuski bundan tegişli xulosa çiqarayotganimiz yöq.
Baʼzan şunday böladi, birovning yuziga aytolmagan sözlaringni qoğozga tuşiriş, şu tarzda tuşuntiriş önğayroq böladi. Özim hozirgina çurq etmay tark etgan davradoşlarimga, barça-barçaga men ham şunday degim keladi: soğlik uçun qadah kötarmang, axir öşa zahqum soğliğingiz, kelajagingiz kuşandasi-ku.
Mastlik-ixtiyoriy telbalikdir. Sizlarga telbalik emas, gul-gul yaşnab mehnat qiliş, gözal va baxtiyor turmuş keçiriş yaraşadi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶