12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:55
Maqolalar 👁 440

INJIQ QAYNONA VA MEHRIBON ÖĞILLAR

INJIQ QAYNONA  VA MEHRIBON ÖĞILLAR

Bölgan voqea

Navbatdagi tuğruq taʼtiliga çiqib, uyiga horğin kirib kelgan Şohida darvozaxonada töxtab qoldi. Aftidan qaynonasi kim bilandir baland ovozda suhbatlaşib ötirar, uning ovozi darvozaxonagaça eşitilib turardi.

– Uç qiz-a, uç qiz! Zarif öğlimning boği kökarmaydi bu xotinning qizlarini köpaytirişidan.

– Unday dema, Salima, qiz farzandmi, öğilmi, Allohning mukofoti, birgina tirnoqqa zorlar qança?!

– Agar bu gal ham qiz tuğsa, – qaynonasi bir zum gapirişdan töxtab qoldi va:

– Onasinikiga kovuşini töğrilab qöyaman, – dedi jerkib.

– Tavba de, Salima, özingning qizlaring ham...

– Men sizni dardimni tuşunadi, deb gap aytsam, qizlarimni tilga olayapsizmi? Qizlarimning törttalasi ham avval öğil tuğib, qaynonasini quvontirgan, qizlari keyin tuğilgan. Bizning kelinjon bölsa, qizdan boşqasini bilmaydi.

Qöşni Gulbibi momo boşqa gapirgisi kelmadimi, avzoyi özgargança uydan çiqdi. Çiqdi-yu, darvozaxonada Şohidaga töqnaş kelib, taqqa töxtadi. Homiladorligidan-mi yoki yurib kelganidanmi, ikki beti qip-qizarib ketgan Şohidaga qarab iç-içidan mehri tovlandi:

– Yaxşimisan, jonim bolam, eson-omon qutulib olgin, Alloh yor bölsin senga, – deya bağriga bosdi. Söng: “Hamma gapni eşitganga öxşaydi-ya, Salimaning ğiybatiga şerik böldim-a”, degan öy keçdi xayolidan.

– Bir pas ötiring momo, sutli qora çoy damlayman, – dedi Şohida momoga.

Gulbibi momo uyda nevaralari yolğiz qolganini  aytib, şoşilib çiqib ketdi. Şohida heç narsa bölmaganday qaynonasiga salom berib, öz xonasiga kirdi-da, negadir tuşkun kayfiyatda ötirib qoldi. Kelinining hadeganda çiqavermaganidan uning ortidan kirgan Salima ena Şohidaning ötirişidan ğaşi kelganini yaşirmadi:

– Bizlar yoş paytimizda töğri daladan tuğruqxonaga ketardik, çarçadik, deb aytişga, hozirgi kelinlarga öxşab yalpayib ötirişga uyalardik. Uç öğil, tört qizni iş qilib yurib tuğganman-a, yo tavba, hozirgilar içiga tuşga-nidanoq yotoqçilaydi. Tuğadigani faqat qiz...

Şu kuni Şohidaga keçki ovqat tatimadi. Negadir iştahasi böğilib, boşi qattiq oğriganidan dasturxon atrofida ham bemalol ötirolmadi.

Bundan xavotir olgan Zarif hovliga çiqib, bolalikdagi sinfdoş dösti Zulxumorga qönğiroq qildi. Zulxumor ginekolog-şifokor, tumanda obrösi baland. Unga vaziyatni tuşuntirgan edi, bobillab urişib berdi:

– Hay, Zarif, sen özi qanaqa  otasan? Keça Şohida körikka kelganida yaxşilab tuşuntirgan edim. Qornidagi bolasi egiz. UZI apparatida surati haliyam turibdi. Şohida esa surunkali çarçoqda yuribdi, qon bosimi  past. Unga mehr, eʼtibor kerak, retsept berganman, dorilarini içsin, yaxşilab dam olsin, oğir yuk kötarmasin!

Zarif şoşib içkariga kirdi, nega Şohida bu haqda unga gapirmabdi, dorilarini oldimikan özi?

– Nega  menga aytmading, iç-etingni yeb yuraverasanmi, menga sening soğliging hamma narsadan muhim!

– Men-çi, mening soğligim muhim emasmi? – jahl bilan dedi Salima ena.

Zarif nima deyişini bilmay qoldi. Çunki hozir aytgan gaplari onasiga oğir botgan, uning könglida “xotinini mendan ustun qöyarkan", degan fikr ğalayon kötarib bölgandi.

Homilasi egiz ekanligini aytiş, quvonçini qaynonasi bilan bölişmoqçi bölganida noxuş ğiybatning ustidan çiqqani  yetmaganday, ona-bola örtasiga araz aralaşganidan Şohidaning dili xira böldi. Nima qilsin, qaynonasi ham yomonlik tilamaydi, öğil nabirali bölişni xohlaydi. Biri-biridan  şirin qizaloqlarini bir kun körmasa, dardi-dunyosi qoronği bölib ketadigan qaynonasi bir neça kundan beri tönini teskari kiyib olganidan Şohida ham, Zarif ham hayron.

Şohida vaqti-soati yetib, egizaklarni dunyoga keltirdi. Tuğruq qiyin keçganidanmi, çaqaloqlardan biri – öğil farzandi nimjon tuğildi. To bola bir yarim yoşga yetguniça tez-tez şifoxonada davolatişga töğri keldi.

– Bolasidan ortmay qoldi, men juda çarçadim, rözğoringni bölakla, – dedi bir kuni Salima ena öğliga.

– Hayhotday hovlida bir özingiz...

– Meni qayğurmay qöyaqol, ana, Orif akangni olib kelaman, – öğlining gapini şartta böldi onasi.

Salima ena aytganini qildi. Öğillari ham onasining raʼyini qaytarişmadi. Zarif bola-çaqasi bilan ijaraga uy olib, rözğorini bölakladi. Bir-ikki yil avval yangi imorat qurib, köçib çiqqan Orifjon oilasi bilan onasining köngli uçun ota uyiga qaytib keldi. Ammo Orifjonning ayoliga bu taxlit işlar yoqmadimi, qaynonasi bilan çiqişmay, kun ora arazlaşadigan, baʼzan ikki öğlini  yetaklab, özlarining uyiga ketib qoladigan odat çiqardi. Şunday kunlarning birida Salima ena yotib qoldi. Uni körgani kirgan Gulbibi momo:

– Sening şukring yöq Salima, – dedi issiği balandligidan yuzlari böğriqib ketgan Salima enaga. – Kelinlaring biri-biridan aqlli, saranjom-sarişta, nevaralaring mehribon, uyalmaysanmi, feʼling torayib ketibdi sening.

Salima ena qöşni momoning gaplariga heç nima deya olmadi. Çunki momo haq edi. Noiloj iç-içidan özining injiqligini, nohaqligini tan oldi.

Gubibi momo ketgaç, Salima ena yengil tortdi. Keçqurun bitta kastryulkada ovqat kötarib kelgan Orifjonga:

– Bolam, öz uyingga boraver, – dedi astoydil mehr bilan. – Hoziroq borib Zarif ukangni, Şohida bilan nevaralarimni qaytarib olib kel. Ijara uyda sarson bölib yurmasin, hoziroq qaytarib olib kel!

Orif onasining şunday qilişini bilardi. Şuning uçun ham to bir yildan beri  sabr-toqat bilan öz uyini qöyib, ota uyida yaşab kelar, ayoli bilan ikki öğlini ham şunga köndirgandi. Hatto baʼzi oğzi böş taniş-bilişlarining piçing va kesatiqlarini ham pisand qilmay, onasining könglidagi işni qilgan öğillari şu kuniyoq Zarifning oilasini ota makonga qaytarib olib kelişdi.

Salima ena Zarifning şirin-şakar uç qizi, egiz  Hasan-Zuhralarni bağriga bosib, şukronalar aytdi, tavbalar qildi, hatto betobligiyam esidan çiqib ketdi.

– Şohida,  qizim, – dedi muloyimlik bilan, – ertaga mahallaga bir ehson qilaylik, nevaralarim, bolalarim omon bölişsin, köpdan beri könglimga tugib qöygan şukrona oşi qiliş niyatim bor edi.

Qaynonasining özgarib qolganidan quvongan Şohida şu ondayoq taraddudni boşlab yubordi.

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026