28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:39
Fan va taʼlim 👁 241

Tuman kichik fan olimpiadasi gʻolib va sovrindorlari munosib taqdirlandi

Tuman kichik fan olimpiadasi gʻolib va sovrindorlari munosib taqdirlandi

Mamlakatimizda yoshlar iqtidorini rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini namoyon etishiga keng yoʻl ochib berishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida oʻquvchi-yoshlar uchun turli yoʻnalishlarda tanlov va musobaqalar keng koʻlamda tashkil etilmoqda.

Ushbu tashabbus doirasida yoshlarning ilm-fanga boʻlgan qiziqishini oshirish va ularni ragʻbatlantirish maqsadida Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda NEWBRIDGE oʻquv markazi hamkorligida 3–4 hamda 5–6-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ingliz tili va matematika fanlari boʻyicha kichik fan olimpiadasi tashkil etildi.

Mazkur olimpiada 9-iyundan 4-iyulga qadar boʻlib oʻtdi. Unda 3–4-sinflardan 250 nafardan ziyod va 5–6-sinflardan 180 nafardan ortiq oʻquvchi ishtirok etdi. Olimpiada ishtirokchilarining bilimlarini aniqlash va fanga boʻlgan qiziqishlarini baholash maqsadida adolat va xolislik mezonlari asosida oʻtkazildi.

Yaqinda mazkur olimpiada gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi tashkil etildi. Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuradov, boʻlim metodisti Rayhon Yakubova, NEWBRIDGE oʻquv markazi direktori Joʻrabek Gulmirzayev, oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirda boʻlim boshligʻi Yalgʻash Shomuradov soʻzga chiqib, gʻolib va sovrindor oʻquvchilarni samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, mazkur olimpiada yosh avlodda fanga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish, ularni ijodiy va mantiqiy fikrlashga undashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlandi. Qolaversa, kelgusida bu kabi tanlovlar koʻlamini yanada kengaytirish maqsad qilingani qayd etildi.

Bellashuvda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar tuman hokimligi va tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Shu bilan birga, tadbir doirasida NEWBRIDGE oʻquv markazi tomonidan gʻolib oʻquvchilar uchun moddiy ragʻbatlar ham taqdim etildi.

Xususan, 1-oʻrinni egallagan ishtirokchilarga 5 million soʻmlik, 2-oʻrin sohiblariga 3 million soʻmlik va 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarga 2 million soʻmlik oʻquv kurslari uchun vaucherlar sovgʻa qilindi. Ushbu ragʻbatlar orqali yoshlarning taʼlimga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bilim olishga boʻlgan intilishini kuchaytirish hamda iqtidorli yoshlarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, olimpiadada faol ishtirok etgan va yuqori natija koʻrsatgan 10 nafar iqtidorli oʻquvchiga maxsus sertifikatlar hamda 4 oy mobaynida oʻquv kurslari uchun 50 foizlik chegirma taqdim etildi.

Bu kabi tadbirlar oʻquvchi-yoshlarda aniq fanlarga boʻlgan qiziqishni oshirish, ularning salohiyatini toʻlaqonli namoyon etish, bilim va qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, bu kabi tanlovlar orqali iqtidorli oʻquvchilar saralab olinib, ular mamlakat miqyosda oʻtkaziladigan fan olimpiadalarida ishtirok etish uchun tayyorlab boriladi. Bu esa, oʻz navbatida, tumanimiz oʻquvchilarining mamlakat miqyosidagi tanlovlarda faol ishtiroki uchun zamin yaratadi.

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bu kabi tashabbuslar orqali yosh avlodning taʼlim-tarbiyasiga qaratilayotgan eʼtibor nafaqat ularning kelajagi, balki mamlakatimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi.

Rayhon Yakubova, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shuʼbasi metodisti.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026