Harbiy xizmatçilarning ota-onalari şaraflandi
Mamlakatimizda yoş avlodni yuksak vatanparvarlik, milliy ğurur va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalaşga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Vatan sarhadlari himoyasida sadoqat bilan xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilarni rağbatlantiriş, ularning ota-onalariga hurmat körsatiş va mehnatini munosib qadrlaşga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bu kabi çora-tadbirlar Vatan himoyasida xizmat qilayotgan yoşlarni yanada ruhlantiradi.
Yaqinda ana şunday tadbirlardan biri Amudaryo tumanidagi Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qismda taşkil etildi. Unda mamlakatimiz sarhadlarida yurt himoyasi yölida sadoqat bilan xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilarning ota-onalariga hurmat va eʼtirof ramzi sifatida “Minnatdorlik xati” topşirildi.
Tadbirda sözga çiqqan masʼullar tomonidan harbiy xizmat — bu yurt, millat va xalq oldidagi yuksak insoniy masʼuliyat ekani taʼkidlandi. Şuningdek, bugungi tinç va osuda hayotimiz, mamlakat taraqqiyoti zamirida ana şunday jasur va intizomli yoşlarning xizmatlari mujassam ekani alohida qayd etildi. Şu maʼnoda, har bir ota-ona farzandining bu yöldagi xizmatidan faxr tuyayotgani eʼtirof etildi. Tadbir davomida Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyati tomonidan yuborilgan “Minnatdorlik xati” öqib eşittirilib, harbiy xizmatçilarning ota-onalariga tantanali ravişda topşirildi.
Şu munosabat bilan Toşkent viloyatidagi harbiy qismda xizmat qilayotgan kiçik serjant Şohzod Yodgorovning Vatan oldidagi burçiga sadoqati, davlat çegaralarini qöriqlaşdagi jasorati, intizomi va namunaviy faoliyati yuksak eʼtirof etildi. Uning ota-onasi — Amudaryo tumanida istiqomat qiluvçi Farhod Xaqnazarov va Maqsuda Yusupovalarga “Minnatdorlik xati” tantanali ravişda topşirildi.
Şuningdek, Jizzax viloyatidagi harbiy qismda öz xizmat burçini ötayotgan kiçik serjant Akmal Xolboyevning faoliyati ham namuna sifatida qayd etildi. Uning onasi — Amudaryo tumanidagi Tölqin ovulida istiqomat qiluvçi Nasiba Saparboyeva ham şu mazmundagi “Minnatdorlik xati”ni faxr bilan qabul qilib oldi.
Qaşqadaryo viloyatida xizmat qilayotgan oddiy askar Olimboy Gulimbatovning ham Vatan oldidagi xizmati munosib baholandi. Uning ota-onasi — Amudaryo tumani Xitoy ovulida istiqomat qiluvçi Anvar Aytbayev va Gulçexra Karimovalarga ham Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyati tomonidan “Minnatdorlik xati” topşirildi.
Şubhasiz, bunday tadbirlar yurtimizda xizmat qilayotgan har bir harbiy xizmatçi va ularning oila aʼzolariga faxr-iftixor bağişlaydi. Farzandini Vatanga sadoqatli, fidoyi inson sifatida tarbiyalagan ota-onalar mehnatining eʼtirof etilişi — jamiyatda inson qadrini yuksaltiriş, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğusini yoşlar qalbiga mustahkam singdirişga xizmat qiladi. Bu esa, öz navbatida, tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaş, muqaddas Vatan sarhadlarini qöriqlaşdek şarafli burçni sidqidildan ado etayotgan yurt farzandlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶