28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:38
Fan va taʼlim 👁 354

MTTLARDA FAOLIYaT YuRITAYoTGAN PEDAGOGLARNI YaNGI DASTUR BILAN IShLAShGA OʻRGATISh BOʻYIChA SEMINAR-OʻQUV MAShGʻULOTLARI OLIB BORILMOQDA

MTTLARDA FAOLIYaT YuRITAYoTGAN PEDAGOGLARNI YaNGI DASTUR BILAN IShLAShGA OʻRGATISh BOʻYIChA SEMINAR-OʻQUV MAShGʻULOTLARI OLIB BORILMOQDA

Bolaning bilim, malaka va qadriyatlari hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda axloq qoidalari va meʼyorlariga rioya qilgan holda oʻzini tutish mahorati orqali rivojlanib boradi. Bunda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida amalga oshiriladigan taʼlimiy va tarbiyaviy dasturlarning ahamiyati katta. Ayniqsa, 6-7 yoshdagi bolaning muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalanish koʻnikmasini shakllantirib borishda turli oʻyin-mashgʻulotlari, samimiy muloqot qilish usullari, atrof muhitni ongli ravishda idrok qilish va uni amalda qoʻllash   koʻnikmalari, shuningdek, jismoniy, ijtimoiy-hissiy, nutq, muloqot, oʻqish, yozish malakalari, oʻz yoshiga mutanosib ravishda sogʻlom turmush tarzi  meʼyorlariga moslashishi uni oʻz harakatlarini  hissiyot va sezgi organlari  yordamida boshqarishga, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishga oʻrgatadi.  Shu jihatdan olib qaraganda maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagoglari oʻz bilim va malakalarini doimiy ravishda oshirib borishlari, bola dunyoqarashini bogʻcha yoshidanoq toʻgʻri shakllantirishda innovatsion  usullarni qoʻllash malakasiga ega boʻlishlari  zarur. Bu borada Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 17-iyundagi "Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarni yangi dastur bilan ishlashga oʻrgatish boʻyicha qisqa muddatli  oʻquv qursi tashkil etish haqida" gi 200-sonli buyrugʻiga asosan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagog kadrlarni yangi dasturlar bilan ishlashga oʻrgatish boʻyicha iyun-avgust oylarida kaskad usulida qisqa muddatli seminar-oʻquv kursi  tashkil etilib, mazkur oʻquv kursi orqali MTTlarda faoliyat olib boruvchi tarbiyachi-pedagoglarni  yangi dastur boʻyicha oʻqitish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur oʻquv seminar-oʻquv kursining 1-bosqich mashgʻulotlari joriy yilning 24-26-iyun kunlari Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (Maktabgacha taʼlim instituti) professor-oʻqituvchilari tomonidan amalga oshirilib, ushbu mashgʻulotlarda master-trenerlar oʻqitildi. 30-iyun-2-iyul kunlari boʻlib oʻtgan oʻquv kursining 2-bosqich mashgʻulotlari Maktabgacha taʼlim instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarida oʻtkazildi va unda master-trenerlar tomonidan trener-mentorlar oʻqitildi.

Ayni paytda oʻquv kursining 3-bosqich mashgʻulotlari muvaffaqiyatli tarzda olib borilmoqda. Oʻquv rejasiga koʻra, 4-8-iyul kunlarida oʻtkazilayotgan mazkur mashgʻulotlar tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlarida trener-mentorlar tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining direktor oʻrinbosarlari (direktorlari)ning malakalari oshirilmoqda.

Joriy yilning 9-iyul – 29-avgust kunlarida  davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida  oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlarida MTT direktor oʻrinbosarlari (direktorlar) tomonidan tarbiyachi-pedagoglar oʻqitiladi.

Amudaryo tumani MMTBga qarashli 5-sonli tayanch davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 4-8-iyul kunlari uchun belgilangan oʻquv-rejasi asosida  trener-mentor Gulchehra Yuldasheva tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining direktor oʻrinbosarlari  va direktorlarini oʻqitish ishlari  qiziqarli savol-javoblar, innovatsion  uslublar asosida   olib borilmoqda.

Mashgʻulotlar jarayonida oʻquv kursi ishtirokchilariga trener-mentor Gulchehra Yuldasheva zamonaviy taʼlim dasturlariga  kirishda Singapur trener-taʼlim modelini tavsiya qilish orqali bolaning intellektual rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻlgan  kompetentsiyalar, jumladan, muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalanish koʻnikmasi, oʻyin va oʻyindan tashqarida tajriba va bilim koʻnikmalaridan  ijtimoiy foydalanish, bolaning axloqiy mahorati, atrof olamni ongli ravishda idrok etish va uni amalda qoʻllash, ijtimoiy-hissiy, nutq, muloqot, oʻqish, yozish  koʻnikmalari, bilish jarayonining ijodiy rivojlanishi yuzasidan  qiziqarli va hayotiy  tajribalar majmuini taqdim etdi.

Darvoqe, zamonaviy taʼlim dasturlariga koʻra, Singapur taʼlim modeli PISA kabi xalqaro baholash tizimlarida yuqori oʻrinlarda turadi. Dasturning natijaviyligi shundaki, mantiqiy va mustaqil fikrlashga, muammoli vaziyatlarni hal qilishga urgʻu beradi. Ayniqsa, Marshal   Cavendish Edusation (MCE) dasturlari zamonaviy taʼlim yondashuvlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Xalqaro standartlarga asoslangan dasturlarning mohiyati va ularni mahalliy taʼlim tizimiga integratsiya qilish yoʻllarini koʻrib chiqish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.

Trener-mentor  Gulchehra Yuldasheva seminar-oʻquv kursi  mashgʻulotlarida  maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor oʻrinbosarlarini STEM dasturi, Kinder Thinkers,  Bigeye Tots, Primary Mathematiks Grade K  dasturlari va eng   zamonaviy taʼlim dasturlari bilan mufassal tanishtirib, ushbu taʼlim dasturlarini amaliyotga joriy etish  boʻyicha zarur tushuncha va tavsiyalar berib  bormoqda.

Seminar-oʻquv kursi mashgʻulotlari muvaffaqiyatli tarzda davom etmoqda va unda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi MTTlar, nodavlat  hamda davlat xususiy sheriklik asosida faoliyat olib boruvchi  muassasalarning direktorlari, direktor oʻrinbosarlari va tarbiyachi-pedagoglari zamonaviy taʼlim dasturlarini amaliyotga joriy etish boʻyicha oʻz bilim va malakalarini oshirmoqdalar.                                                                                                   

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026