Taʼlim – jamiyat taraqqiyotining asosi
Bugungi kunda har qanday rivojlangan davlat yoki millat taraqqiyotining poydevori sifatida taʼlim tizimi eʼtirof etilmoqda. Zero, jamiyat taraqqiyoti töğridan-töğri inson salohiyati, dunyoqaraşi, bilim darajasi va fikrlaş qobiliyatiga boğliq. Aynan taʼlim maʼrifatli, masʼuliyatli, yuksak tafakkurga ega bilimdon şaxslarni jamiyatga yetkazib beradi. Şu bois taʼlim — bu qisqa vaqtda emas, balki uzoq muddatda öz samarasini beruvçi muhim ijtimoiy sarmoyadir.
Yurtimizda taʼlim sohasini zamon talablari asosida isloh qiliş, yoş avlodga çuqur va puxta bilim beriş, ularni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalaş yölida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Taʼlim tizimining barça bosqiçlarida yangilanişlar va izçil islohotlar kuzatilmoqda. Eng muhimi, yoşlarning taʼlim olişi, ilmga qiziqişi va orzularini röyobga çiqarişi uçun imkoniyatlar kengaymoqda.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev nutqlaridan birida şunday degan edilar:
“Kelgusida Uçinçi Renessans poydevorini yaratadigan yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Uluğbek va Alişer Navoiylar qayerdan paydo böladi? Bu ulkan vazifalarni kim bajaradi? Men qayta-qayta takrorlaşdan çarçamayman: albatta, bu ezgu ğoyalarni sizlar – bugungi Yangi Özbekiston yoşlari amalga oşirasizlar.”
Uşbu sözlar biz — yoşlarda yurt oldidagi masʼuliyatimizni yanada çuqurroq anglaş, öz ustida tinimsiz işlaş va kelajak uçun sidqidildan harakat qiliş tuyğusini oşiradi.
Şu örinda taʼlimda ustoz şaxsining örniga alohida töxtalib ötiş lozim. Öqituvçi faqat dars ötuvçi emas, balki yöl körsatuvçi, ruhlantiruvçi va hayotga tayyorlovçi insondir. Öquvçi ustozidan nafaqat bilim, balki munosabat, masʼuliyat, sabr va hayotiy qaraşlarni ham örganadi. Şu sababli, ustozlik kasbi jamiyatda munosib eʼtirof va ehtiromga sazovor bölişi şart.
Bugungi kunda taʼlim jarayoniga zamonaviy texnologiyalar keng tatbiq etilmoqda. Raqamli platformalar, onlayn darslar, elektron kutubxonalar – bularning barçasi yoşlar uçun yangi imkoniyat eşiklarini oçmoqda. Biroq şuni unutmaslik lozimki, heç qanday texnologiya inson qalbi va mehriga ega bölgan ustoz örnini bosolmaydi. Taʼlimda qalb, samimiy muloqot va mehr har doim eng muhim omil bölib qoladi.
Olib borilayotgan islohotlar öz samarasini bermoqda. Sönggi yillarda minglab özbekistonlik yoşlar dunyoning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida tahsil oliş imkoniyatiga ega bölmoqda. Ularning ayrimlari xalqaro tanlovlarda ğoliblikni qölga kiritayotgan, boşqalari esa yetakçi kompaniyalarda mehnat faoliyatini boşlagan. Bu esa taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan şaroit va eng muhimi, yoşlarga bölgan işonç samarasidir. Bugungi kunda dunyodagi yetakçi oliygohlarda 1,5 mingdan ziyod talabalarimiz tahsil olmoqda. Bu – mamlakatimiz taʼlim tarixi uçun yuksak natijadir.
Xulosa qilib aytganda, bugun taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor — ertangi kunga qöyilayotgan mustahkam poydevordir. Bu vazifa nafaqat davlat, balki har bir oila va har bir fuqaro zimmasiga tuşadigan masʼuliyatli burçdir. Men, talabalardan biri sifatida, taʼlim jarayonida faol iştirok etiş bilan birga, kelajakda olgan bilimlarimni boşqalarga yetkaziş, yoş avlodni öqitiş va tarbiyalaşdek şarafli vazifaga tayyorlanmoqdaman. Çunki men uçun taʼlim — faqat şaxsiy taraqqiyot emas, balki butun jamiyatga xizmat qilişning eng yuksak yölidir.
Çin dildan işonaman: taʼlim — jamiyat taraqqiyotining eng mustahkam tayançi va eng bardavom yölidir.
Diyorbek Bozorboyev, Özbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶