"NURONIY" JAMĞARMASI QORAQALPOĞISTON RESPUBLIKASI BÖLIMI TOMONIDAN "ĞAYRATLI KEKSALAR" ŞIORI OSTIDA SPORT MUSOBAQALARI TAŞKIL ETILDI
Mamlakatimizda "Inson qadri uçun" tamoyili asosida amalga oşirilayotgan barça ezgu işlarning mazmun-mohiyatida xalqimizning hayotdan rozi yaşaşini taʼminlaş, turmuş tarzini ijobiy va yaxşi tomonga özgartiriş, qaysi yoş toifasida bölişidan qatʼiy nazar har bir insonning ijtimoiy faolligini oşiriş, ularning yaşaş, dam oliş şaroitlarini zamon talablari darajasiga kötarişdek ezgu maqsadlar mujassam. Ayniqsa, özlarining yoşlik şijoatini, kuç-ğayratini el-yurt farovonligi yölidagi fidoyi mehnat onlariga bağişlagan, bugungi kunda keksalik pallasiga kirgan nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilgan çora-tadbirlar özining ijobiy samarasini bermoqda.
Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi "Kambağallikdan farovonlik sari" dasturini amalga oşirişga faol nuroniylarni jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida"gi Qarori muhim dasturulamal bölib xizmat qilmoqda. Mazkur Qarorga köra, keksa yoşdagi fuqarolar uçun sport tadbirlarini taşkil etiş, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişga jalb qiliş, şuningdek, keksalarning sport tadbirlarida qatnaşişi bilan boğliq xarajatlarni qoplab berişni taşkil etiş hamda ularni sportga keng jalb qiliş uçun "Nuroniy" jamğarmasi hisobidan har bir mahallaga yiliga 10 mln söm miqdorida mablağ ajratiş belgilangan edi. Uşbu Qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida "Nuroniy" jamğarmasi Amudaryo tuman bölimi tomonidan işlab çiqilgan rejaviy jadvalga muvofiq tumanning deyarli barça hududlarida istiqomat qiluvçi keksa yoşdagi fuqarolarning qiziqişlarini inobatga olgan holda taşkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy köngiloçar tadbirlarda va sport musobaqalarida barça yoş toifasidagi keksalarning iştirokini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, nuroniylar örtasida taşkillaştirilayotgan sport musobaqalarida qatnaşiş istagidagi fuqarolar safi kun sayin oşib bormoqda.
Ana şunday sport musobaqalaridan biri yaqinda Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabining sport maydonida ham ötkazilib, unda tumandagi ovul va mahallalarda taşkil etilgan keksa yoşdagi fuqarolardan iborat nuroniylar futbol jamoalari özaro bellaşdilar. "Ğayratli keksalar" şiori ostida, sportning mini futbol turi böyiça taşkil etilgan mazkur musobaqaning oçiliş marosimida "Nuroniy" jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi boşliği Tursunbay Abdijabbarov, jamğarmaning Amudaryo tuman bölimi masʼullari, fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari xodimlari, şuningdek, aholi vakillari iştirok etdilar.
Qizğin va qiziqarli bahslarga boy tarzda ötgan musobaqalarda tumanning ovul va mahallalarida taşkil etilgan nuroniylar mini futbol jamoalari aʼzolari, haqiqatdan ham ğayratli keksalar ğoliblik uçun kuraş olib bordilar. Musobaqa yakunlariga köra, öz öyinlari orqali yuksak sabr-toqat bilan epçillik, kuraşçanlik namunalarini körsatgan Kuyuk köpir ovul fuqarolar yiğinining "Kuyuk köpir" mini futbol jamoasining ğayratli keksa sportçilari faxrli 1-örinni egalladilar.
2-örin Beşovul MFYning "Beşovul" jamoasiga, 3-örin esa Olmazor mahallasining nuroniy sportçilar jamoasiga nasib etdi. Özaro hamjihatlik va döstona ruhda ötkazilgan musobaqa yakunida "Nuroniy" jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi boşliği Tursunbay Abdijabbarov ğolib jamoalar aʼzolariga "Nuroniy" jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi tomonidan tayyorlangan Diplom va qimmatbaho esdalik sovğalarini topşirdi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶