3-SONLI DAVLAT MAKTABGAÇA TAʼLIM TAŞKILOTINING "WUNDERKIND" BOLALAR" JAMOASI QORAQALPOĞISTONDA 2-ÖRINNI EGALLAŞDI
Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 3-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti namunali taʼlim-tarbiya muassasalaridan biri sanaladi. Muassasaning quvvati 50-öringa möljallangan bölib, ayni paytda 3 ta töliq kunlik guruhlarda 90 nafar bola tarbiyalanmoqda. Bolajonlarning miriqib dam olişlari, tabiat qöynida sayr qilişlari, öyin maydonçalarida bolalarbop sport maşğulotlarida iştirok etib, qiziqarli öyinlar bilan şuğullanişlari uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan. Ular öz qiziqişlari doirasida şaxmat-şaşka öynaşlari, xorijiy til örganişlari, "Quvnoqlar va zukkolar" sport musobaqalarida iştirok etiş orqali jismonan çiniqib borişlarida malakali tarbiyaçi-pedagoglar masʼul. Kiçkintoylarga öz yoş toifalari doirasida taʼlim-tarbiya berişda interfaol usullardan foydalanişga asosiy eʼtibor qaratiladi. Xususan, bolajonlarning fikrlaş qobiliyatini, nutqini rivojlantiriş va xotirasini mustahkamlaşga qaratilgan maşğulotlardagi uzviylik tufayli, ayniqsa, 5-6-7 yoşdagi bolalar orasida hissiy biliş qobiliyatining şakllanişini taʼminlab, alohida iqtidorga ega bolalarni kaşf etiş imkonini bermoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi "Özbekiston Respublikasida xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida"gi Qarori ijrosini taʼminlaş hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining 2024-yil 26-yanvardagi tegişli buyruği bilan tasdiqlangan Qoraqalpoğiston Respublikasi maktabgaça va maktab taʼlimi sohasini rivojlantiriş böyiça tasdiqlangan iş-rejasiga muvofiq maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyalanuvçilari orasida ingliz tilida "Wunderkind" tanlovini taşkil etiş belgilangan edi. Unga köra, tanlovning birinçi, tuman bosqiçini yuqori saviyada ötkaziş, birinçi bosqiçda ğoliblikni qölga kiritgan MTTlar jamoalarining keyingi bosqiçda muvaffaqiyatli iştirokini taʼminlaş orqali alohida iqtidorli bolalarni aniqlaş hamda bolalarni mazkur tanlovga tayyorlaşda namunali faoliyat olib borgan pedagoglarni rağbatlantiriş nazarda tutilgandi.
Yaqinda "Wunderkind" tanlovining tuman bosqiçida faxrli 1-örinni egallagan Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 3-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotining "Wunderkind" bolalar" jamoasi aʼzolari mazkur tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida ham muvaffaqiyatli iştirok etib, ğoliblik şohsupasidan joy oldilar. DMTTning jajji bilağonlari Abdumalik Soliyboyev, Afruza Rahimboyeva, Umida Ataxanova, Ravşanbek Törayev va Komron Saʼdullayevlardan iborat jamoasi özlarining mustahkam xotiraga ega, bilağon va epçilliklari bilan tanlov hakamlar hayʼati aʼzolarining yuksak eʼtibor va eʼtirofiga sazovor böldilar hamda faxrli 2-örinni egalladilar.
Tanlovda ğoliblikni qölga kiritgan bolajonlar taşkilotçilar tomonidan munosib taqdirlandilar. Şuningdek, 3-sonli DMTTninig "Wunderkind" bolalar" jamoasini tanlov Nizomi talablari darajasida, yuqori saviyada tayyorlaganliklari uçun muassasaning xorijiy til öqituvçisi Dilnura Babaniyazova, taşkilot tarbiyaçisi Nilufar Yeşimbetovalar Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tomonidan Faxriy yorliq bilan mukofotlandilar.
Maktabgaça va maktab taʼlimi tizimida taʼlim-tarbiyaviy işlarning özaro uyğunligi asosida amalga oşirilayotgan bu kabi tadbirlar nafaqat bola şaxsining rivojlanişida, balki ularning alohida qobiliyat va iqtidorlarini erta aniqlaş va ijobiy şakllantiriş imkonini bermoqda.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶