28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:37
Fan va taʼlim 👁 410

Talaba-yoshlarning yozgi taʼtilini maroqli oʻtkazish maqsadida qator tadbirlar oʻtkazilmoqda

Talaba-yoshlarning yozgi taʼtilini maroqli oʻtkazish maqsadida qator tadbirlar oʻtkazilmoqda

Mamlakatimizda yoshlarning har tomonlama rivojlanishiga alohida eʼtibor qaratilayotgan bir davrda, oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlarining yozgi taʼtil vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining oʻquv-dala amaliyoti maskanida “Talabalar yozgi oromgohi” tashkil etildi. Ushbu loyiha yoshlarni sport, madaniy, intellektual va ijtimoiy faol tadbirlarga keng jalb qilishga qaratilgan boʻlib, ularning nafaqat dam olishi, balki shaxsiy va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishi uchun ham keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Oromgoh faoliyatining asosiy maqsadi – talabalarning yozgi taʼtilni yangi bilimlar, koʻnikmalar va doʻstlik aloqalari bilan boyitishini taʼminlashdir. “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida oromgohda Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti talaba-yoshlari ham faol ishtirok etmoqda. Ular uchun qator muhim uchrashuvlar, mahorat darslari, sport musobaqalari, teatr va kino kechalari, shuningdek, turli toʻgarak mashgʻulotlari muntazam ravishda oʻtkazilmoqda. Bunday tadbirlar talabalarning intellektual salohiyatini oshirishga va ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Oromgohning birinchi navbatiga 130 nafarga yaqin talaba qamrab olingan boʻlib, bu yerda ularning hordiq chiqarishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan: zamonaviy ovqatlanish joylari, qulay dam olish xonalari, yuvinish joylari, sport maydonchalari, kontsert va tomoshalar sahnasi, kitobxon yoshlar uchun maxsus platformalar. Bu sharoitlar talabalarning oʻzini erkin va qulay his qilishini taʼminlab, ularning oromgohdagi faoliyatidan maksimal darajada foydalanishiga yordam bermoqda.

Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasi ham oromgoh faoliyatiga oʻz hissasini qoʻshmoqda. Ular tomonidan tashkil etilayotgan muhim uchrashuvlar, mahorat darslari va sport musobaqalari talabalarning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishga, dunyoqarashini kengaytirishga va boshqa oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan tengdoshlari bilan doʻstlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bunday hamkorlik talabalar oʻrtasida oʻzaro tajriba almashinuvini ragʻbatlantirib, ularning kelajakdagi faoliyati uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Bu oromgohning yana bir muhim jihati shundaki, u talabalarning oʻzaro muloqotini kuchaytiradi va yangi doʻstlik rishtalarini bogʻlashga yordam beradi. Turli oliy taʼlim muassasalaridan kelgan talabalar bir joyda jamlanib, birgalikda vaqt oʻtkazish, tajriba almashish va kelajakdagi rejalarini muhokama qilish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shuningdek, oromgohda tashkil etilayotgan mahorat darslari va treninglar talabalarning tanlagan sohalari boʻyicha bilimlarini chuqurlashtirishga, yangi koʻnikmalarni egallashga va oʻz salohiyatlarini toʻliq namoyon etishga sharoit yaratadi. Bu darslar nazariy bilimlarni amaliy koʻnikmalar bilan uygʻunlashtirib, talabalarni kelajakdagi kasbiy faoliyatiga samarali tayyorlaydi.

Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti tomonidan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi ham talaba-yoshlarning yozgi dam olish vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni turli tadbirlarga jalb qilish orqali har tomonlama rivojlantirishni maqsad qilgan. Loyiha doirasida nafaqat institut talabalari, balki hududga yaqin joylashgan mahalla yoshlari ham faol ishtirok etmoqdalar. Bu esa yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va oʻzaro doʻstlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Loyiha doirasida institut hududiga yaqin joylashgan mahalla yoshlari oʻrtasida voleybol boʻyicha musobaqa tashkil etildi. Tadbirni institutning yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha birinchi prorektori Muhammedali Dauletmuratov ochib berdi. Musobaqa juda qiziqarli va ruhan koʻtarinki ruhda oʻtdi. Gʻolib jamoalar institut tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Bunday tadbirlar yoshlarni yanada ruhlantirib, ularni kelajakda ham sport va boshqa ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etishga undaydi.

Mamlakatimiz boʻylab taʼlim muassasalarida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida oʻtkazilayotgan turli tadbirlar yoshlarni sogʻlom turmush tarzi va doʻstlik muhitida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Musobaqalar, viktorinalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularni zararli odatlardan asrash va jamiyat uchun foydali shaxslar boʻlib yetishishiga koʻmaklashishda muhim rol oʻynaydi. Loyihaning keng qamrovliligi va turli yoʻnalishlardagi tadbirlarni oʻz ichiga olishi uning samaradorligini oshirmoqda va yoshlarning har tomonlama rivojlanishiga katta hissa qoʻshmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026