“Dolzarb 90 kun” yoşlarga yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda
Yangi Özbekistonda yoşlar uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va ularga qaratilgan eʼtibor yoşlarning taşabbuskorligi hamda kreativ yondaşuvlarida muhim örin tutmoqda. Xususan, Prezident taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida joylarda keng kölamli ijtimoiy-madaniy tadbirlar taşkil etilmoqda.
Oliy taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari va boşqa taʼlim-tarbiya maskanlarida turli tögaraklar faoliyati yölga qöyilib, “Ilğor ğoya”, “Mening start-up loyiham”, “Dolzarb 90 kun” kabi videokonferentsiyalar va seminarlar orqali yoşlarning ijtimoiy faolligi oşirilmoqda. Bu kabi jarayonlar talabalarni yangidan-yangi maʼlumotlar bilan boyitiş barobarida ularda öz ustida işlaşga kuçli motivatsiya şakllantirmoqda.
Bu dastur doirasida amalga oşirilayotgan taşabbuslarni maʼlum maʼnoda bir-biriga boğlangan zanjir singari, yoşlarni yetuklik sari yetaklovçi yöl deb ataş mumkin. Çunki özlikni anglay oliş — yetuklik belgisidir. Bugun ijtimoiy hayotda öz örnini topişga intilganlar jamiyatda tobora köpaymoqda. Mazkur loyiha ular uçun öz salohiyatini namoyon etişga qulay imkoniyat va katta turtki bölmoqda.
Jahondagi köpgina mamlakatlar özining bilimga çanqoq, zehni ötkir yoşlari bilan ajralib turişi bejiz emas. Bu, avvalo, taʼlim tizimi va öqitiş metodikasining samarasidir. Şuningdek, bolani har tomonlama rivojlantiriş, uning qiziqişlarini qöllab-quvvatlaş — töğri yönalişlardan biri. Bunda musiqa va sanʼat hamda sport tögaraklari yoşlarni maʼnan va jismonan yetuk şaxslar etib voyaga yetkazadi.
XXI asr – Özbekiston yoşlari dunyo bilan hamqadam bölişi lozim. Biroq ayrim yoşlar texnologik imkoniyatlarni faqat köngiloçar maqsadlarda işlatişi, kitob mutolaasidan voz keçişi ularning intellektual rivojiga salbiy taʼsir körsatmoqda. Bu esa umumiy maʼnaviy muhitga ham taʼsir ötkazişi mumkin. Şu sababli, yoşlarda soğlom tafakkur, bilimga çanqoqlik va şaxsiy masʼuliyatni şakllantiriş muhim vazifadir.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi taşabbuslar bu kabi muammolarga amaliy yeçim sifatida xizmat qilmoqda. Agar inson oldiga maqsad qöyib, unga aniq muddat belgilasa, u holda natijaga erişiş uçburçagi yuzaga keladi. Inson uşbu uçburçakning asosiy ustuniga aylanib, harakat va saʼy-harakat jarayonini kuçaytiradi. Bu esa natijaning tez va samarali bölişiga olib keladi.
Bugun raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt orqali bilim oliş va rivojlaniş imkoniyatlari kengaymoqda. Şu jihatdan, mazkur 90 kunlik jarayon har bir yoş uçun yangi nafas, ilhom manbai bölişi, uning qiziqişlari va qobiliyatini aniqlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Vaqtni unumli foydalaniş, kreativlik bilan harakat qiliş — bugungi yoş avlodning asosiy burçidir. Biz qabul qilayotgan har bir qaror, taşlanayotgan har bir qadam kelajak poydevorini mustahkamlaydi.
Biz — yoşlar, özimizda yangi çöqqilarni zabt etişga bölgan iroda va aql-idrokni şakllantirişimiz şart. Çunki şu 90 kun mobaynida kelajakda xalqimizga manfaat keltiradigan, yetuk, layoqatli kadr sifatida şakllaniş imkoniyati yaratilyapti. Şuning uçun har birimiz özimizning içki “men”imizni uyğotaylik!
Zero, har bir inson — butun bir xalqni taşkil etadi. Uning qilayotgan amallari esa kelajak avlod taqdiriga bevosita taʼsir körsatadi.
Maşhura Xayitboyeva, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶