28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:40
Qishloq xoʻjaligi 👁 461

Amudaryo tumanida paxta yetishtirish jarayonlari toʻliq nazorat ostida

Amudaryo tumanida paxta yetishtirish jarayonlari toʻliq nazorat ostida

Qishloq xoʻjaligi sohasida mavsumiy agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida, sifatli amalga oshirilishi yuqori hosil olishdan tashqari, ekin maydonlarining sifati va samaradorligini ham oshirish imkonini beradi.  Ayniqsa, paxta ekiladigan maydonlarda   tuproq eroziyasining oldini olish, yerning haddan tashqari shoʻrlanishi yoki tuproqning hosildor qatlami zararlanib, chim bosib ketishi nafaqat ekinlar hosildorligining kamayishiga, balki yerning maʼlum maʼnoda yaroqsiz holatga kelib qolishiga sabab boʻladi. 

Bunday koʻngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida mohir dehqonlar, fermerlar ekin maydonlarining hosildorligini oshirishning barcha choralarini koʻradilar. Xususan, dehqonchilik madaniyatini oshirish maqsadida barcha mavsumiy ishlarni agrotexnika talablari darajasida amalga oshirish, ayniqsa, paxtachilikda sohaga ilgʻor tajribalarni keng joriy etish orqali malakali mutaxassislar bilan hamkorlikda ish yuritishlari tufayli yuqori natijalarga erishadilar.

Amudaryo tumanida joriy yilgi paxta mavsumida 13 ming gektar yer maydoniga paxta ekildi. Hozirgi kunda dalalarda suvdan keyingi shudgorlash, oziqlantirish va chilpish ishlari agrotexnika qoidalariga muvofiq sifatli amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlar ustidan Agroinspektsiya tomonidan toʻliq nazorat oʻrnatilgan boʻlib, ishlarning samarali va oʻz vaqtida bajarilishi muntazam ravishda monitoring qilib borilmoqda.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, suvdan keyingi shudgorlash jarayoni tuproqning donadorligini oshirib, yerni yumshatish, begona oʻtlarni yoʻqotish hamda namni saqlash orqali oʻsimlikning sogʻlom rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu bois, tumandagi barcha fermer xoʻjaliklarida mavsumning bu muhim ishlarini belgilangan muddat va agrotexnik talablar asosida bajarishga asosiy eʼtibor qaratilmoqda.

Ayniqsa, dalalarda chilpish ishlarini sifatli amalga oshirish juda katta ahamiyatga ega. Chunki bu jarayon paxta oʻsimligining sogʻlom rivojlanishini taʼminlashdan tashqari, hosil nishonalarining sonini koʻpaytiradi va kelgusida hosildorlikka ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Bundan tashqari, mavsumiy agrotexnik tadbirlar – oʻgʻitlash, gʻoʻzani begona oʻtlardan tozalash, zararkunanda hashoratlarga qarshi kimyoviy ishlov berish ishlari ham tizimli ravishda olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan agrotexnik chora-tadbirlarning barchasi yuqori hosil olish va paxtaning sifat koʻrsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan.

Shu bilan birga, Agroinspektsiya mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi fermer xoʻjaliklari dalalarida yetishtirilayotgan paxta hosilini chamalash ishlariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Unga koʻra, dalalardagi oʻsimliklarning rivojlanish holati, gullash darajasi va hosil tugish koʻrsatkichlari oʻrganilib, kutilayotgan hosil hajmi boʻyicha dastlabki tahliliy va taxminiy hisob-kitoblar qilinmoqda. Bu boradagi maʼlumotlar kelgusi yigʻim-terim mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish imkonini beradi.

Agroinspektsiya mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan oʻrganishlar boʻyicha taqdim etilgan xulosalarga koʻra, dalalarda qatʼiy uzviylik asosida amalga oshirilgan mavsumiy agrotexnik tadbirlar —  chilla suviga qondirib sugʻorilgan gʻoʻza qator oralarini shudgorlash, chilpish, zararkunanda hashoratlarga qarshi kimyoviy kurashish va hosilni chamalash ishlarining puxta olib borilishi tufayli Amudaryo tumanida bu yil ham yuqori hosil olish uchun mustahkam zamin yaratilmoqda.

Ravshan Bahromov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026