14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 03:19
Iqtisodiyot 👁 962

Iqtisodiyot rivoji statistik koʻrsatkichlarda aks etmoqda

Iqtisodiyot rivoji statistik koʻrsatkichlarda aks etmoqda

Mamlakatimizda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, xorijiy investorlarni jalb qilgan holda yirik loyihalarni amalga oshirish, savdo, xizmat koʻrsatish va servis, ishlab chiqarish sohalarini barqaror rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor tufayli iqtisodiyot yil sayin oʻsib, aholi turmush farovonligi yaxshilanib bormoqda. Barcha hududlar singari Amudaryo tumanida ham iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlari yil sayin yuqorilab borayotgani Milliy statistika qoʻmitasining hisobotlarida qayd qilinmoqda.

Tuman statistika boʻlimi xodimlari joylarga chiqqan holda tadbirkorlar bilan uchrashib, real holatni statistik hisobotlarda aks ettirishga harakat qilmoqdalar. Boʻlimning maʼlum qilishicha, 2025-yilning birinchi yarmi yakunlariga koʻra tumanda barcha sohalarda iqtisodiy oʻsish surʼatlari qayd qilindi. Birgina qishloq xoʻjaligi sohasidagi barqaror oʻsish darajasi fermerlar, tomorqachilar va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining yil sayin tajriba orttirib, yangi marralarga erishayotganini amalda tasdiqlaydi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2025-yilning birinchi yarmi yakunlariga koʻra tumanda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulotlari va xizmatlarining umumiy hajmi 917,8 milliard soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 4,9 foizga oʻsgan. Shuningdek, mazkur sohada tumanning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi ulushi 16,8 foizni tashkil etgani eʼtiborga molik.

Xususan, chorvachilik mahsulotlari hajmi 513,4 milliard soʻmga teng boʻlib, umumiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ichidagi ulushi 62,2 foizni tashkil etdi. Joriy yilning birinchi yarmi davomida tuman boʻyicha 5,8 ming tonna goʻsht, 20,9 ming tonna sut, 32,9 million dona tuxum ishlab chiqarildi.

2025-yil 1-iyul holatiga koʻra, tumanda yirik shoxli qoramollar – 174,3 ming bosh boʻlib, shundan 48 ming boshini sigirlar tashkil qiladi. Qoʻy va echkilar – 113,6 ming bosh, parrandalar esa 1,17 million boshga yetgan.

Tumandagi yirik xoʻjaliklardan biri — "Erlapas" fermer xoʻjaligida 229 bosh yirik shoxli qoramol, shundan 62 bosh sigirlar, 150 bosh qoʻy va echki va 8 bosh otlar mavjud. Joriy yilning oʻtgan davrida xoʻjalik tomonidan 152 tsentner goʻsht, 748 tsentner sut, 2 ming 220 dona tuxum va 3 tsentner jun olindi.

Meva-sabzavot, poliz ekinlari yetishtirish hajmi ham yil sayin ortib bormoqda. Bu borada issiqxonalarning oʻrni alohida. Birgina “Mangit Invest Plys” MChJga qarashli issiqxonada shu yilning fevral-mart oylarida 12 tonna bodring yetishtirib, toʻliq ichki bozorga yetkazib berdi. Hozirda esa pomidor yetishtirish jarayoni boshlangan boʻlib, yaqin oylarda 30-40 tonna hosil olish va uning bir qismini xorijga eksport qilish rejalashtirmoqda.

Ilgʻor fermer xoʻjaliklari va tomorqachilarning samarali saʼy-harakatlari bois yilning birinchi yarmida tuman boʻyicha dehqonchilik mahsulotlari hajmi 311,4 milliard soʻmga yetdi. Bu 2024-yilga nisbatan 5,5 foiz oʻsish demakdir. Asosiy ekin turlaridan don yetishtirish 24 ming tonna, sabzavotlar 16 ming tonna, poliz mahsulotlari 2,1 ming tonna, mevalar va rezavorlar 3,1 ming tonna, uzum 186,4 tonnani tashkil qildi. Ayniqsa, meva va rezavorlar hosili 25,7 foizga, uzum yetishtirish hajmi esa 24,9 foizga oʻsishi sohadagi samarali mehnatlarning natijasidir.

Bir soʻz bilan aytganda, Amudaryo tumanida boshqa sohalar qatori qishloq xoʻjaligi sohasida ham 2025-yilning birinchi yarmida barqaror oʻsish surʼatlari taʼminlandi. Dehqonchilikda hosildorlikning ortishi, chorvachilik, baliqchilik va asalarichilikda mahsulot hajmining koʻpayishi, shuningdek, issiqxona xoʻjaligining kengayishi tumanda agrar salohiyatning tobora mustahkamlanayotganidan dalolat beradi. Bu jarayonda aholi tomorqalaridan tortib, kichik va oʻrta, qolaversa, yirik xoʻjaliklarning faol ishtiroki esa umumiy iqtisodiy oʻsishning muhim omili boʻlmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019