28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:40
Fan va taʼlim 👁 453

MTTLARDA BOLALARNI SOGʻLOM OVQATLANTIRIShGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR TAShKIL ETILDI

MTTLARDA BOLALARNI SOGʻLOM OVQATLANTIRIShGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR TAShKIL ETILDI

Barkamol avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish yoʻlidagi ilk qadam maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan boshlanadi. Bu borada esa bolalar salomatligini taʼminlash va sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish, ayniqsa, yozgi sogʻlomlashtirish davrida tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini taʼminlash masalalari muhim ahamiyatga ega. Amudaryo tumanida davlat-xususiy sherikchik asosida faoliyat yuritayotgan “Husniya” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Dolzarb 90 kun” doirasida oʻtkazilgan seminarda ham aynan shu masalalar atroflicha muhokama etildi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligi mutaxassisilari, Qoraqalpogʻiston “Oshpazlar uyushmasi”, Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari, tuman Sanitariya epidemiologik-osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi shifokorlari, davlat xususiy-sherikchilik asosidagi hamda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari, oshpazlari va autsorsing asosida mahsulot yetkazib beruvchi taʼminotchi-tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Seminarni tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining davlat-xususiy sheriklik asosidagi taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaxassisi Abdurashid Nasrullayev ochdi va ushbu seminarni oʻtkazishdan maqsad, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishning ahamiyati, taʼlim-tarbiya jarayonlarini toʻgʻri olib borish toʻgʻrisida batafsil soʻz yuritdi.

Shundan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mutaxassislari soʻzga chiqib, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida Respublika miqyosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar xususida seminar ishtirokchilariga zarur maʼlumotlar taqdim etdi.

Xususan, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda rivojlanishiga oid davlat talablari asosida hamda davlat oʻquv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha yoshdagi bolalarning oʻquv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish hamda maktabgacha taʼlim yoshidagi barcha tarbiyalanuvchilarni sogʻlom, xavfsiz ovqatlantirish barkamol avlod tarbiyasidagi eng muhim va dolzarb vazifa ekanligi alohida taʼkidlandi.

Oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena talablariga mosligi, sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish, tarbiyalanuvchilarning sogʻlom va barkamol oʻsishini taʼminlash uchun talablarga muvofiq sharoitlar yaratish nafaqat muassasalar rahbarlarining, balki oshpazlarning, taʼminotchi-tadbirkorlarning ham zimmalaridagi masʼuliyatli vazifasi ekani, bu borada aslo sustkashlikka yoʻl qoʻyib boʻlmasligi alohida qayd qilindi.

Seminarda soʻzga chiqqanlar bolaga beriladigan taomlarning sifati, yosh toifalariga koʻra quvvatlilik darajasi, sanitariya-gigiyena talablariga mosligi yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdilar. Xususan, bolalar tartibsiz ovqatlantirilganda ulardagi ovqatlanish refleksi soʻnib, ishtahasi pasayishi, buning oqibatida ovqat hazm qilish aʼzolarining faoliyati buzilishi, shuning uchun bolalarni oʻz vaqtida ovqatlantirish uning sogʻlom oʻsib-ulgʻayishida muhim ahamiyatga egaligi, xavfsiz ovqatlantirishning barcha qoidalariga amal qilingandagina ularning rivojlanishida muammo boʻlmasligi alohida qayd etildi.

Ayniqsa, maktabgacha taʼlim tashkilotida taomnoma shakllantirilishida kunlik ratsionda bolalarning asosiy oziq-ovqat moddalarga boʻlgan ehtiyoji va yoshiga mos energiya quvvati bilan toʻliq taʼminlanishi, ularning tarbiyalanish sharoiti va sogʻligʻi, shuningdek, ovqatlanishning mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqib, milliy xususiyatlari hisobga olinishi lozimligi ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Seminar jarayonida tumandagi 5-sonli tayanch davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti metodisti, trener-mentor Gulchehra Yuldasheva tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yozgi sogʻlomlashtirish davrini tashkillashtirish boʻyicha vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar yuzasidan tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Seminar yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tushgan barcha savollarga masʼullar tomonidan batafsil javoblar, zarur tushuncha va tavsiyalar berildi.

Ravshan Bahromov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026