Paxta uruğçiligi böyiça respublika seminariga Amudaryo tumani mezbonlik qildi
Amudaryo tumanining Toşyop ovulidagi “Bekmon Allaberganov” fermer xöjaligida 2025-yilgi mavsum oldidan respublika miqyosida keng kölamli öquv-amaliy körgazmali seminar bölib ötdi. Tadbirning asosiy maqsadi – ğöza maydonlarida uruğlik uçun ekilgan paxta ekinlarida aprobatsiya ötkaziş jarayonini çuqur örganiş va mamlakatimiz uçun sifatli uruğlik jamğarmasini yaratiş böyiça tajriba almaşişdir.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Şuhrat Teşayev, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov, respublika böyiça tumanlar hokimlarining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosarlari, qişloq xöjaligi bölimlarining agrotexnologiya böyiça masʼullari, Özagroinspektsiya hamda Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi tuman bölimi boşliqlari, “Qişloq xöjaligi ekinlari uruğlari sifatini baholaş markazi” davlat unitar korxonasining tuman bölimi vakillari, paxta-töqimaçilik klasterlari rahbarlari, şuningdek, xorijiy navli paxta yetiştirayotgan va uruğçilik bilan şuğullanayotgan ilğor fermer xöjaliklari rahbarlari qatnaşdi.
Seminar davomida iştirokçilarga aprobatsiya jarayonining texnik talablari, nav tozaligini taʼminlaş usullari, uruğlik sifatini baholaş mezonlari, şuningdek, selektsiya yutuqlaridan samarali foydalaniş böyiça batafsil maʼlumotlar berildi. Dalada amaliy körgazmalar ötkazilib, har bir bosqiç böyiça tajribali mutaxassislar tomonidan izohlar berildi.
Seminarda sözga çiqqanlar sifatli uruğlik jamğarmasini yaratiş masalasida qatʼiy yondaşuv zarurligini taʼkidladi: “Aprobatsiya – bu faqat nazorat jarayoni emas, balki kelajak hosilining kafolatidir. Agar biz bugun uruğlik sifatiga eʼtibor bermasak, ertangi hosil hajmi va sifati haqida gapiriş qiyin böladi. Har bir fermer uruğ tanlaşdan tortib, yiğim-terimgaça bölgan jarayonda aniqlik va masʼuliyatni birinçi öringa qöyişi şart”, - dedi Şuhrat Teşayev.
Şundan söng Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib, tumanda uruğçilik sohasida amalga oşirilayotgan işlar haqida batafsil töxtaldi. Qayd etilişiça, sönggi yillarda tuman dalalarida zamonaviy agrotexnologiyalar keng joriy etilmoqda, uruğlik maydonlarida nav tozaligini taʼminlaş uçun qatʼiy nazorat tizimi yölga qöyilgan. Şuningdek, paxta ekinlarida suv tejovçi tomçilatib suğoriş usullari va mineral öğitlardan meʼyorida foydalaniş texnologiyalari keng qöllanmoqda.
“Bugungi aprobatsiya jarayoni bizning amaliy işlarimizni yanada mukammallaştiriş, uruğçilik xöjaliklarining tajribasini umumlaştirişga xizmat qiladi. Maqsadimiz — tumanda yetiştirilayotgan uruğlik paxtaning har bir doni sifat jihatidan xalqaro talabga javob berişiga erişişdir. Bu nafaqat Amudaryo tumani, balki butun respublikamiz agrar salohiyatini oşiradi,” — deya taʼkidladi tuman hokimi öz nutqida.
Tadbir davomida xorijiy navli paxtaning afzalliklari, ularni mahalliy iqlim şaroitiga moslaştiriş tajribalari, suv tejovçi texnologiyalar bilan uyğunlaştiriş imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Iştirokçilar ğöza aprobatsiyasi böyiça yangi metodik qöllanmalar, agrotexnik meʼyorlar va xalqaro tajribalar bilan tanişdilar.
Seminar yakunida soha vakillari özaro tajriba almaşib, uruğlik xöjaliklari va klaster korxonalari örtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş böyiça kelişuvlarga erişildi. Bu esa, kelgusi mavsumda yuqori sifatli, navi toza va raqobatbardoş paxta hosilini yetiştirişga mustahkam zamin yaratadi.
Amudaryo dalalaridan boşlangan bu taşabbus — butun respublika miqyosida qişloq xöjaligi samaradorligini oşirişga xizmat qiluvçi muhim qadamlardan biridir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶