28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:37
Jamiyat 👁 431

"Gʻayratli keksalar" shiori ostida oʻtkazilgan navbatdagi musobaqalarda shaxmat va shashka sporti boʻyicha mahoratli va gʻayratli nuroniylar aniqlandi

"Gʻayratli keksalar" shiori ostida oʻtkazilgan navbatdagi musobaqalarda shaxmat va shashka sporti boʻyicha mahoratli va gʻayratli nuroniylar aniqlandi

Mamlakatimizda mahallalarda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ayniqsa, faol nuroniylarni va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, Prezidentimizning 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli keksa avlod vakillari tobora faollashib, yoshlarga ibrat boʻlishmoqda. Ayniqsa, nuroniylar ishtirokida oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, turli sport musobaqalari ularning jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga boʻlgan ishtiyoqlarini ragʻbatlantirish imkonini bermoqda.

“Nuroniy” jamgʻarmasi Amudaryo tumani boʻlimi tomonidan “Gʻayratli keksalar” shiori ostida deyarli har haftada tashkillashtirilayotgan sport musobaqalari, salomatlik uchun piyoda yurish tadbirlari qamrovi tobora kengayib, bu tadbirlarga tumanning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi nuroniylar ham qamrab olinayotgani juda quvonarli.

Dastlab “Gʻayratli keksalar” shiori ostidagi doʻstona bellashuvlar sportning milliy kurash turi boʻyicha oʻtkazilib, unda tuman bosqichi gʻoliblari aniqlangan edi. Navbatdagi musobaqalar esa gʻayratli-shijoatli keksalarning shaxmat va shashka boʻyicha oʻzaro bellashuvlariga boy tarzda oʻtdi.

Mazkur musobaqaning tuman bosqichida tumandagi 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlaridan kelgan nuroniylar ishtirok etdilar. Qizgʻin bahslarga boy, doʻstona vaziyatda oʻtgan musobaqalarda Olmazor, Gulzor, Bogʻ, Boʻston mahallalari nuroniylari faollik koʻrsatdilar. Ayniqsa, shaxmat boʻyicha boʻlib oʻtgan gʻayratli keksalarning bellashuvi qiziqarli taassurotlarga boy, kurashchanlik ruhida oʻtdi.

Unga koʻra, gʻayratli-shijoatli nuroniy Mamatsolay Matyoqubov eng mohir shaxmatchi sifatida eʼtirof etilib, 1-oʻrinni egalladi. Oʻzining chiroyli kombinatsiyalarni qoʻllash mahorati bilan hakamlar hayʼati aʼzolarining eʼtiborini qozongan Shomurod Ibodullayev 2-oʻringa munosib koʻrildi. Shaxmat sporti boʻyicha 3-oʻrin Jumaboy Matvafoyevga nasib etdi.

Shashka boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarda oʻzining tengsiz mahoratini namoyon etgan gʻayratli nuroniy Zulfiya Allayorova faxrli 1-oʻrinni egalladi. Musobaqada Boʻston mahallasi sharafini muvaffaqiyatli himoya qilgan gʻayratli nuroniy Nina Xoʻjayeva 2-oʻringa loyiq koʻrildi. 3-oʻrin esa musobaqa davomida gʻalabaga boʻlgan ishonchini yoʻqotmagan, qalbi gʻayrat-shijoatga toʻla nuroniy Gulchehra Allamovaga nasib etdi.

Doʻstona va samimiy vaziyatda oʻtgan musobaqa yakunida faxrli oʻrinlarni egallagan gʻayratli nuroniylarga musobaqa tashkilotchilari tomonidan chuqur minnatdorlik bildirilib, “Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimining diplomlari va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Musobaqa gʻoliblarini taqdirlash marosimida soʻzga chiqqan nuroniylar Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda, shu jumladan Amudaryo tumanida ham keksa avlod vakillariga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va ragʻbatdan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Shu bilan birga nuroniylar oʻrtasida bu kabi musobaqalar, ayniqsa, sport turlari boʻyicha bellashuvlar, ertalabki salomatlik uchun piyoda yurish mashqlari, sogʻlom turmush tarziga bagʻishlangan targʻibot-tashviqot tadbirlarining koʻproq oʻtkazilishi tarafdori ekanliklarini maʼlum qilib, bu ishlarning keksalar faolligini oshirishdagi ahamiyatiga yuqori baho berdilar.

Robiya Yoʻldosheva tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026