28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:43
Salomatlik 👁 3,001

KASALLIKNING OLDINI OLISh MUMKIN

KASALLIKNING OLDINI OLISh MUMKIN

Diareya – bu defekatsiyaning koʻpayishi va buning natijasida najas konsistentsiyaning suyuqlashuvidir. Odatda ichning sutkasiga (koʻpchilik hollarda ertalab) bir marotaba kelishi meʼyor hisoblansa ham, doimo bunday boʻlavermaydi. Defekatsiyaga har xil omillar taʼsir etishi mumkin, yaʼni insonning yoshi, fiziologik holatlar, isteʼmol qilayotgan ozuqa mahsulotlari, ijtimoiy va madaniy omillar.

Diareya sindromi bilan boshlanuvchi kasalliklardan biri - botulizmdir. Botulizm kasalligi oxirgi yillarda koʻpayib borishi kuzatilmoqda. Bunga sabab uy sharoitida ozuqa mahsulotlari tayyorlashda, mahsulotlarni konservalashda yoʻl qoʻyilayotgan xatoliklardir. Botulizm kasalligi 15-80 foiz hollarda oʻlim bilan tugallanishi mumkin.

Sogʻlom odamda ich meʼyorda sutkasiga 3 marotabadan haftasiga 3 marotabagacha kelishi mumkin. Najas miqdorining konsistentsiyasi oʻzgarishi, hamda unda qon va hazm boʻlmagan ovqat qoldiqlarining boʻlishi kasallik belgisi hisoblanadi.

Demak, diareya – bu kuniga ichakning bir yoki bir necha bor suyuq massali najasdan boʻshanishidir. Oʻsimlik tolalari koʻp boʻlgan ozuqa mahsulotlarini koʻplab isteʼmol qiluvchilarda najas miqdori koʻp boʻlishi mumkin.

Bilamizki, odam organizmining meʼyorda faoliyat koʻrsatishi uchun aʼzolardagi mikroorganizmlar muayyan muvozanatda boʻlishi zarur. Ular muvozanatining buzilishi butun organizmning disgormoniyasiga olib keladi. Masalan, oshqozon-ichak sistemasining qismlariga bogʻliq boʻlgan holda har ikki mikrofloralar rivojlanadi (ogʻiz boʻshligʻidan tortib to sigmasimon, toʻgʻri ichakkacha). Bu mikrofloralar ovqat hazm qilishda, immunologik jarayonlarda, vitaminlar sintezida ishtirok etadilar. Har xil salbiy omillar taʼsiri hisobiga normal mikrofloralarning faoliyati buziladi va oshqozon-ichak sistemasining ham buzilishi – disbakterioz kelib chiqadi.

Disbakteriozning rivojlanishi nafaqat asosiy kasallikni, hattoki yondosh kasalliklarning ham klinik kechishini oʻzgartirib yuboradi.

Disbakteriozga olib keluvchi
sabablar esa fermentativ etish-movchiliklar, och qolish, notoʻgʻri ovqatlanish, avitaminoz, gormonal terapiya, allergik holatlar, ximiopreparat va antibiotiklar qabul qilish, immun tizimi faolligi susayishi, gijja invaziyalari, oʻt yoʻllari diskineziyasi, surunkali pankreatit, ichakda uzoq davom etuvchi yalligʻlanish jarayonlari va hokazolar.

Disbakteriozda infektsion jarayon generallashgan shaklda boʻlganda koʻngil aynishi, qusish, yuqori harorat, ich tez-tez, shilliqli, gohida qonli kelishi bilan kechadi. Ichakda koʻplab gazning toʻplanishi hisobiga qorinda kuchli ogʻriq paydo boʻladi. Diareya sindromi bilan kechuvchi boshqa kasalliklarning disbakteriozli diareyadan farqi intoksikatsiya belgisining tez rivojlanishidir, disbakteriozda esa jarayon yashirin kechib, asta-sekin rivojlanadi. Hatto maqsadga yoʻnaltirilgan davo choralari koʻrilganda ham disbakteriozda jarayon sekin va uzoq rivojlanadi.

Xulosa qilib aytganda, diareya bilan kechuvchi oʻtkir ichak kasalliklarining oldini olish eng muhim omil hisoblanadi. Bunday chora-tadbirlarga ichimlik suvlarini qaynatib ichish, meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvgan holda isteʼmol qilish, konservalashda sterilizatsiya qoidalariga qatʼiy amal qilish, shaxsiy gigienaga rioya qilish va albatta diareya sindromi vujudga kelganda iloji boricha zudlik bilan shifokorga uchrashish darkor. Chunki kasallikka qanchalik erta tashhis qoʻyilib davolash choralari boshlansa, kasallikdan tuzalish holati shuncha tez va samarali boʻladi.

Shahlo MADAMINOVA, tuman koʻp tarmoqli poliklinikasi shifokori.

(Foto - http://www.med.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026