28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:02
Jamiyat 👁 432

Korruptsiyaga qarshi kurashishda nodavlat notijorat tashkilotlari faolligi oshmoqda

Korruptsiyaga qarshi kurashishda nodavlat notijorat tashkilotlari faolligi oshmoqda

Bugungi kunda Oʻzbekiston taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qoʻyar ekan, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning muvaffaqiyatini taʼminlashda korruptsiyaga qarshi murosasiz kurash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Korruptsiya illatining har qanday koʻrinishi nafaqat jamiyat rivojiga, balki davlatning xalqaro nufuziga ham salbiy taʼsir koʻrsatishini inobatga olgan holda, unga qarshi kurashda davlat organlari bilan bir qatorda fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirokini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bub oradagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlangan “Yoʻl-xaritasi”da korruptsiyaga qarshi kurashda faollik koʻrsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini oʻrtasida tanlov tashkil etish va gʻoliblarni mahalliy byudjet hisobidan ragʻbatlantirish vazifasi koʻzda tutilgan edi.

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida joriy yilning 21-avgust kuni Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy Assotsiatsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Prokuraturasi va Adliya vazirligi hamkorligida onlayn test tanlovi tashkil etildi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Korruptsiyaga qarshi kurashda faol nodavlat notijorat tashkilotlari – adolatli jamiyat poydevori" mavzusida tashkil qilingan tanlovning asosiy maqsadi uchinchi sektor vakillarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazish, ularning bu boradagi faolligini oshirish va ilgʻor tajribalarni ommalashtirishdan iborat.

Tanlov yakunlariga koʻra, oʻzlarining professional faoliyati, jamoatchilikni jalb qilishdagi samaradorligi va korruptsiyaga qarshi tadbirlardagi faol ishtiroki bilan ajralib turgan 5 ta nodavlat notijorat tashkiloti gʻolib deb topildi. Ularning har biri 1 mln soʻmdan, jami 5 mln soʻm miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, Korruptsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining ish-rejasi doirasida jamoatchilik nazorati tadbirlarida yuqori faollik koʻrsatgan yana 5 ta nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ham eʼtirof etilib, ularning ham har biriga 1 mln soʻmdan, jami 5 mln soʻm pul mukofotlarining sertifikatlari. Bu kabi ragʻbatlantirish choralari nodavlat notijorat tashkilotlarining kelgusidagi faoliyati uchun muhim turtki boʻlishi shubhasiz.

Jamoatchilik nazoratini olib borishda nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini yanada kuchaytirish, joylarda korruptsiya holatlarini kompleks oʻrganish va yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.

Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan takliflar kelgusida qonun loyihalarini tayyorlashda, hukumat qarorlari va dasturlarini ishlab chiqishda muhim manba boʻlib xizmat qiladi. Qoraqalpogʻistondagi ushbu tashabbus korruptsiyaga qarshi kurashda davlat va fuqarolik jamiyati hamkorligining yorqin namunasi boʻldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026