Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Amudaryo tuman kengashining III plenumi oʻtkazildi
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Amudaryo tuman kengashining III plenumi boʻlib oʻtdi. Unda partiyaning 2025-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Plenumda partiya Amudaryo tuman kengashi aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidagi OʻzXDP fraktsiyasi, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi partiya guruhi aʼzolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Plenum avvalida Oʻzbekiston XDP Amudaryo tuman kengashi raisi Ortiqboy Ernafasov hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼruza qildi. Taʼkidlanishicha, partiyaning saylovoldi dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida qator loyiha va aktsiyalar oʻtkazilgan. Jumladan, “Deputat mahallada”, “Quvonch va mehr ulashaylik!”, “Salomatlik aktsiyasi”, “Siyosatdagi yoshlar”, “Safimizdagi yoshlar”, “Yoshlarga koʻmak”, “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” kabi 40 dan ortiq tadbirlar tashkil etilib, ularda 2 mingga yaqin fuqaro qamrab olingan.
Shuningdek, aholi muammolarini oʻrganish va ularni hal etishga alohida eʼtibor qaratilgan. Partiyaning “Jamoatchilik qabulxonalari”ga kelib tushgan 39 ta murojaatning 36 tasi (92 foizi) ijobiy hal etilgan. Bundan tashqari, partiya guruhi tashabbusi bilan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan 3 ta muhim masala sessiya kun tartibiga kiritilib, tegishli qarorlar qabul qilingan.
Plenumda kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Tadbir soʻngida partiya safiga yangi qabul qilingan aʼzolarga aʼzolik guvohnomalari topshirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶