28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:22
Siyosat 👁 854

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining oʻn ikkinchi sessiyasi haqida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining oʻn ikkinchi sessiyasi haqida axborot

Joriy yilning 26-avgust kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdagi 12-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisida deputatlar, hokim oʻrinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi Raisi – tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ochdi hamda olib bordi. Sessiya kotibligiga “14-Boʻz yop” saylov okrugidan deputat Muzaffar Yeshchanovni tayinlash toʻgʻrisidagi taklif deputatlar tomonidan maʼqullandi.

Sessiya kun tartibidagi “2025-yilda rejalashtirilgan qurilish-taʼmirlash ishlari toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Amudaryo tumani hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Bahodir Ernazarov hisobot berdi.

Hisobotda keltirilishicha, joriy yil davomida tuman boʻyicha amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining umumiy qiymati 800 mlrd. soʻmdan ortiqroqni tashkil etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 454-sonli qarori asosida jami 28,3 mlrd.soʻm mablagʻ evaziga 8 ta obʼektda, shundan 2 ta maktab, 2 ta ichimlik suvi va kanalizatsiya, 2 ta irrigatsiya va melioratsiya, 1 ta prokuratura va 1 ta issiqlik taʼminoti binolarida qurilish-taʼmirlash ishlarini olib borilayotgan boʻlib, bugungi kunga qadar ushbu obʼektlardan 3 tasini foydalanishga topshirish choralari koʻrilgan.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 145-sonli qarorining tumandagi ijrosi toʻgʻrisidagi masala yuzasidan tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova hisobot berdi.

Goʻzal Saburova oʻz hisobotida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash, mavjud muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida qator yoʻnalishlarda tizimli ishlar tashkil qilinayotgani xususida soʻz yuritdi. Xususan, joriy yilda 1 ming 65 nafar xotin-qizlarni kasbiy layoqati va qiziqishlaridan kelib chiqib turli xil yoʻnalishlarda kasb-hunarga yoʻnaltirish belgilangan boʻlib, shundan, bugungi kungacha 480 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga yoʻnaltirilgan. Tadbirkorlik qilish istagidagi 1 ming 736 nafar xotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik qilish yoki biznesini kengaytirish maqsadida tijorat kreditlari ajratilib, ularning faoliyati qoʻllab-quvvatlangan.

Sessiya majlisi kun tartibidagi Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2025-yil 6 oyi davomidagi ijrosi yuzasidan hisobot uchun soʻz tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining moliya byudjet masalalari boʻyicha oʻrinbosari Saidabror Saidaxmedovga berildi. Hisobotda joriy davrda tuman mahalliy byudjetining daromadlar rejasi jami 62 mlrd 885 mln 347 ming soʻm qilib belgilangan boʻlib, ushbu reja jami 66 mlrd 162 mln 249 ming soʻmga, yaʼni 3 mlrd 276 mln 902 ming soʻmga, yoki 105,2 foizga ortigʻi bilan bajarilganligi qayd qilindi. Shuningdek, tuman mahalliy byudjetidan hisobot davri davomida jami 82 mlrd 947 mln 215 ming soʻmlik mablagʻlar sarflanganligi qayd etildi.

Sessiya mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan tuman “Energosavdo” boʻlimi boshligʻi Jahongir Allaniyazov hisobot berdi.

Hisobotda energiya tejamkorlik va energiya resurslardan oqilona foydalanish orqali belgilangan chora-tadbirlarni bajarish natijasida 2025-yilning oʻtgan davrida prognozdagi isteʼmol rejasiga nisbatan ancha kam miqdorda elektr energiyasi ishlatilgani xususida soʻz yuritildi.

Qayd etilishicha, joriy yilda tumanda jami 170,2 km elektr tarmoqlari va 58 ta transformator punktlarini mukammal taʼmirlash va 430,5 km elektr tarmoqlari va 162 ta transformator punktlarini joriy taʼmirlash rejalashtirilgan. Shu kungacha 135 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari va 47 ta transformatorlarni mukammal taʼmirlash rejalashtirilgan boʻlsa, amalda 127 km uzunlikdagi elektr tarmogʻi va 47 ta transformator punkti mukammal taʼmirlangan.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar, hisobot va axborotlar atroflicha muhokama qilinib, fikr-mulohazalar bildirildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shu bilan Xalq deputatlari tuman kengashining 12-sessiyasi oʻz ishini yakunladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026