28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:39
Iqtisodiyot 👁 1,396

MEHNAT YaRMARKASI — AHOLI BANDLIGINI TAʼMINLAShDA IJOBIY YeChIM

MEHNAT YaRMARKASI — AHOLI BANDLIGINI TAʼMINLAShDA IJOBIY YeChIM

Joriy yilning 27-avgust kuni Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan tuman hokimligi va tuman Prokuraturasi bilan hamkorlikda boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi hamda oliy taʼlim bitiruvchilari uchun “Karera kuni” tadbiri oʻtkazildi.

Yarmarka ishida Amudaryo tumani hokimi oʻrinbosari, investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Hamza Haytimbetov, Amudaryo tumani prokurori, adliya maslahatchisi Bahram Masharipov, tuman prokurori yordamchisi Sanjar Abdullayev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Amudaryo tumani boʻlimi boshligʻi, 2-darajali huquqshunos Medetbay Ismetullayev, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti filologiya fakulteti dekani Mahsud Qurbaniyazov, Amudaryo tumani IIB huzuridagi Probatsiya boʻlimi boshligʻi Azamat Ortiqov, IIB xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha inspektori Inobat Oʻrazmatova hamda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti vakillari, Amudaryo tumanidagi 1- va 2-sonli politexnikumlar oʻqituvchilari hamda boshqa hamkor tashkilotlar va tijorat banklari vakillari qatnashdilar.

Shuningdek, mehnat yarmarkasida 48 nafar ishsiz fuqarolar, probatsiya hisobida turgan fuqarolar, aliment toʻlovchilar, nogironligi boʻlgan shaxslar, maktab, oliy oʻquv yurtlari va texnikumlar bitiruvchi yoshlar uchun tumandagi 50 ta korxona va tashkilotlar tomonidan 190 ta boʻsh ish oʻrinlari taqdim etildi.


 

TADBIRNING ASOSIY MAQSADLARI

 

Yarmarkani Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Rahmonjon Shomuratov ochdi. U aholi bandligini taʼminlash maqsadida boʻlim mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan ishlar, davlatimizning beqiyos gʻamxoʻrligi, yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar hamda ssudalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.

Tadbir davomida tuman prokurori, adliya maslahatchisi B. Masharipov yarmarka ishtirokchilariga yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar mazmun-mohiyatiga koʻra, butunlay yangi bosqichga koʻtarilganligini, oʻtgan davrda inson qadrini ulugʻlash, fuqarolarning mehnat qilish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imtiyozlar bugun yuqori natija berayotganini alohida eʼtirof etdi. Ayniqsa, yaqin vaqtlargacha aholining ehtiyojmand qatlamiga, aynan ularni ish bilan taʼminlash masalasiga yetarlicha eʼtibor berilmaganligi toʻgʻrisida soʻz yuritdi. Aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarda zamonaviy kasb va tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishda hamda kasblarga oʻqitish tizimida tub oʻzgarishlar amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan taʼkidladi. Jumladan, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasarrufida koʻplab kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kasb-hunarga oʻqitish maskani, “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi aholi uchun qulaylik yaratayotgani haqida keng toʻxtaldi.

Shundan soʻng yarmarka ishtirokchilariga Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi xodimlari tomonidan boʻsh ish oʻrinlari va ularga aholini ishga joylashtirish, ishsiz aholini kasb-hunarga oʻqitish, oʻz xohish-istaklariga koʻra, xorijiy davlatlarga ishga joylashtirish, ularning mehnat huquqlari va mehnat muhofazasini taʼminlash masalalari boʻyicha huquqiy maslahat va maʼlumotlar olishlari uchun barcha sharoitlar, jumladan, videoroliklar, bannerlar, broshyuralar, bukletlar tashkil qilindi.


 

YaRMARKA NATIJALARI

 

Yarmarkada 28 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi. Ulardan 1 nafari mehnat muhojiri, 17 nafari oliy taʼlim bitiruvchilari, 1 nafar fuqaro jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxs, 9 nafari ishsiz fuqarolar boʻlib, barchasining ishonchli tarzda bandligi taʼminlandi.

Bundan tashqari, 20 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligiga oid hamda vacancy.argos.uz saytlarida eʼlon qilingan boʻsh ish oʻrinlariga oʻtkaziladigan tanlovlar boʻyicha huquqiy maslahat va yordamlar berildi.

Yarmarka davomida boʻlim xodimlari tomonidan boʻsh ish oʻrinlari, ularga aholini ishga joylashtirish boʻyicha 18 nafar fuqaroga, ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha 11 fuqaroga, aholini xorijiy davlatlarda ishga joylashtirish boʻyicha 12 fuqaroga, aholining mehnat huquqlari va mehnat muhofazasini taʼminlash boʻyicha 6 fuqaroga huquqiy maslahatlar, kerakli maʼlumot va tavsiyalar taqdim etildi.

Aholining ijtimoiy faolligini oshirish, oʻzlari uchun maʼqul boʻlgan kasb-korlarni egallab, oʻzi va oilasining doimiy daromadga ega boʻlishlarini taʼminlash borasidagi intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, pirovardida ularning hayotdan rozi yashashlariga koʻmaklashish borasidagi bu kabi xayrli ishlar Amudaryo tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan 2025-yil davomida tizimli ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, shu kuni aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolarga yechim topish maqsadida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Rahmonjon Shomuratov tomonidan tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi binosida sayyor qabul ham oʻtkazildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning mehnat nizolari, bandlik, kredit, subsidiya va ssuda masalalari boʻyicha murojaatlari qabul qilinib, barcha murojaatlarga huquqiy yechim topish choralari koʻrildi.

RAVShAN BAHROMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026