Tuman Prokuraturasi masʼullari soha faxriylarining xonadonlariga borib, ularni bayram bilan tabrikladi
Har bir jamiyatda ustozlarga bölgan hurmat va ehtirom yuksak qadriyat hisoblanadi. Ular bizga nafaqat bilim va hunar örgatadi, balki hayotda töğri yölni topişga, komil inson bölib kamolga yetişimizga yordam beradi. Bu muhim anʼana prokuratura tizimida ham izçil davom ettirib kelinmoqda. Mustaqillik bayrami arafasida Amudaryo tumani prokuraturasi xodimlari tizim faxriylarini bayram bilan muborakbod etiş maqsadida ularning xonadonlariga taşrif buyurişdi.
Tuman prokurori Bahrom Maşaripov boşçiligida masʼullar dastlab prokuratura tizimida turli lavozimlarda işlagan faxriy Gulçehra Saparbayevaning xonadoniga taşrif buyurib, uning holidan xabar olişdi.
Nafaqadagi faxriy öz şogirdlari va izdoşlarining taşrifidan mamnun bölib, bugungi kunda huquqni muhofaza qiliş organlari, xususan, prokuratura tizimida amalga oşirilayotgan islohotlardan faxrlanişini bildirdi. U öz kasbiy faoliyati davomida töplagan boy tajribasi bilan örtoqlaşar ekan, izdoşlariga qonun ustuvorligini taʼminlaşda doimo adolat va halollikni birinçi öringa qöyiş zarurligini taʼkidladi. Samimiy suhbat davomida faxriy özining uzoq yillik mehnatlari eʼtibordan çetda qolmaganidan mamnunligini, bunday taşriflar unga kuç-ğayrat bağişlaşini aytib, yoşlarga öz maslahatlarini berdi.
Şundan söng, umr böyi prokuratura sohasida fidoiy mehnat qilgan, köp yillar davomida tuman prokurori lavozimida işlagan Gulora Bobojonovaning xonadoniga ham taşrif buyurildi.
Uçraşuv davomida Gulora Bobojonova prokuratura tizimidagi köp yillik faoliyatini, öşa davrdagi qiyinçiliklar va erişilgan yutuqlarni eslab, bugungi kunda sohada erişilayotgan yutuqlar, yaratilgan şaroitlardan mamnunligini izhor qildi. U yoş hamkasblariga murojaat qilib, xalqning işonçini oqlaş, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini unutmaslik kerakligini alohida taʼkidladi. Uning fidoyiligi va kasbiga sodiqligi taşrif buyurganlar uçun çinakam ibrat namunasi böldi.
Undan keyin esa masʼullar prokuratura tizimining yana bir faxriysi Jumamurat Xaytbayevning xonadoniga bordilar. Jumamurat Xaytbayev ham öz navbatida prokuratura xodimlarining taşrifidan ğoyatda xursand bölganini yaşirmadi. U özining sermazmun hayot yöli, prokuratura tizimida adolatni qaror toptiriş yölidagi maşaqqatli mehnatlari haqida sözlab berdi. Faxriyning har bir sözida öz kasbiga bölgan çeksiz muhabbat va masʼuliyat hissi mujassam edi. U yoşlarga oq fotiha berib, ularning kelgusi işlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Bunday samimiy va dildan qilingan suhbatlar yoş xodimlar qalbida unutilmas iz qoldirdi.
Taşrif davomida barça faxriylarga Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik markazining bayram tabriklari öqib eşittirilib, qimmatbaho sovğalar topşirildi.
Bunday eʼtibor va eʼtirof fidoyi va kamtarin insonlar, öz sohasining yetuk bilimdonlari, prokuratura organlarida uzoq yillar samarali işlagan faxriylarning mehnati qadrlanayotganini körsatadi. Bu taşabbus mamlakatimizda inson omiliga berilayotgan eʼtiborning yorqin namunasidir.
Uşbu taşrif prokuratura organlarida ham ustoz-şogird anʼanalari davom etayotganining amaliy isboti böldi. Bu yerda tajribali kadrlar yoş mutaxassislarga bilim va tajriba ulaşib, faxriylarning hayot yöli yoşlar uçun ibrat maktabi sifatida qadrlanmoqda. Bu kabi ezgu amallar jamiyatda özaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlaşda, adolatni qaror toptirişda va inson huquqlarini izçil himoya qilişda muhim vosita bölişi şubhasiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶