Paxta yiğim-terimi: masʼuliyatli davr oldidan texnikalar şayligi közdan keçirildi
Paxtakorlar uçun “ğalvir suvdan kötariladigan”, yil böyi qilingan fidoyi mehnatlariga haqqoniy baho beriladigan dolzarb palla boşlandi. Ayni kunlarda mamlakatimizning barça hududlaridagi paxtaçilik korxonalari, fermer xöjaliklari dalalarida pişib-yetilgan paxta hosilini nest-nobud qilmay yiğib-terib oliş, “oq oltin”imizni xaridorlariga öz vaqtida toza va sifatli yetkazib berişga qaratilgan çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Amudaryo tumanida ham kuzgi mavsumning eng dolzarb va masʼuliyatli davri — paxta yiğim-terimini muvaffaqiyatli ötkazişga puxta hozirlik körildi. Xususan, tumandagi 352 ta fermer xöjaliklari va qişloq xöjaligi korxonalari ixtiyoridagi transport traktorlari tirkamalarining yiğim-terim mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan qatʼiy nazorat tadbirlari olib borilib, mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş çoralari körildi. Unga köra, terilgan paxta xom aşyosini paxtani qabul qiliş maskanlariga betalofat yetkaziş, traktor tirkamalarining ustiga yopiladigan brezentlarning sifati, şuningdek, yonğinga qarşi uskunalar bilan jihozlanganlik darajasi böyiça örganişlar olib borildi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş Inspektsiyasining Amudaryo tuman bölimi tomonidan 352 ta fermer xöjaliklari va paxtaçilik korxonalari ixtiyoridagi barça traktor tirkamalari tumandagi 5 ta paxtani qabul qiliş maskanlariga yiğilib, Agroinspektsiyaning tuman bölimi boşliği Sarvar Matyakubov va tuman Yöl harakati xavfsizligi xizmati boşliği, safdor Begzod Qozoqov iştirokida yana bir bor nazoratdan ötkazildi.
Nazorat tadbirlari jarayonida köpçilik traktor tirkamalarining davlat raqami belgisi va guvohnomalari yöqligi aniqlandi. Aniqlangan barça kamçiliklar joyida bartaraf etilib, 5 ta paxtani qabul qiliş maskanlariga yiğilgan jami 748 ta traktor tirkamalariga vaqtinçalik davlat raqamlari va guvohnomalar rasmiylaştirib berildi.
Tadbir jarayonida Amudaryo tumani Yöl harakati xavfsizligi bölimi boşliği Begzod Qozoqov fermer xöjaliklari rahbarlari va transport traktorlarini boşqaruvçi mexanizatorlarga paxta yiğim-terimi mavsumi davomida texnika xavfsizligi hamda yöl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilişning ahamiyati, şuningdek, paxta isrofgarçiligining oldini olişda eʼtibor qaratiş lozim bölgan jihatlar haqida tuşunçalar berdi.
Taʼkidlanganidek, paxta yiğim-terimi mavsumi davomida texnika xavfsizligi va yöl harakati qoidalariga qatʼiy amal qiliş hayotiy muhim ahamiyatga ega. Yöllarda harakatlanişda tezlikni çeklaş, belgilarga amal qiliş, boşqa transport vositalari bilan ehtiyotkorlik bilan muomala qiliş kerak. Xavfsizlik qoidalarini buziş jiddiy baxtsizliklarga, jaroxatlarga va hatto ölimga olib kelişi mumkin. Şuning uçun har bir işçi va haydovçi öz javobgarligini anglab, qoidalarga qatʼiy amal qilişi lozim.
Körilayotgan bu kabi amaliy çora-tadbirlar paxtakorlarimizning fidoyi mehnatlari va peşona teri evaziga yetiştirilgan hosilni öz vaqtida, nest-nobud qilmay yiğiştirib oliş, pirovardida nafaqat dehqonlar, balki xalqimizning moddiy manfaatdorligini, oilalar farovonligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etişi şubhasiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶