TUMAN MUDOFAA BÖLIMI TOMONIDAN ÇAQIRILUVÇILARNI TANLAŞ VA SARALAŞ IŞLARI OLIB BORILMOQDA
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi “Çaqiriluvçilarni tanlab oliş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş haqida”gi 413-sonli qarori, şuningdek, “Özbekiston—2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlaş maqsadida tizimli işlar olib borilmoqda.
Özbekiston fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga tanlab oliş işlarini aniq va puxta reja asosida, şaffoflik bilan amalga oşiriş, çaqiriluvçilarni mahallalarda örganiş va tanlab olişda mudofaa bölimlarining fuqarolar yiğinlari bilan yaqin hamkorligi özining ijobiy samarasini bermoqda.
Hukumat tomonidan tasdiqlangan Nizom talablariga köra, çaqiriluvçilar tanlovda bir yilda bir marta iştirok etişlari mumkin. Mazkur tanlov har yili 10-avgustdan boşlanib, keyingi yilning 10-fevral sanasigaça davom etadi. Çaqiriluvçilarning qanday yönalişlar böyiça tayyorgarlik sinovlaridan ötişi zarurligi töğrisida mamlakatimizning barça hududlaridagi mahallalarga maʼlumotlar taqdim etilgan bölib, ayni paytda çaqiriluvçilarni muddatli harbiy xizmatga tanlab oliş böyiça sinovlar davom etmoqda.
Amudaryo tuman Mudofaa işlari tomonidan ham bu boradagi tanlov işlari joriy yilning 11-avgust sanasidan boşlab belgilangan reja asosida amalga oşirilmoqda.
Tuman mahallalarida istiqomat qiluvçi 18-27 yoş oraliğidagi fuqarolarning jismoniy tayyorgarligini örganiş, ularning bilim va kasbiy malakalarini baholaş, jismonan baquvvat, aqlan yetuk va soğlom yigitlarni muddatli harbiy xizmatni ötaşga tanlab oliş maqsadida joriy yilning 10-sentyabr kuni Amudaryo tuman Mudofaa bölimida harbiy qismlardan ajratilgan butlaş komissiyasi aʼzolari tomonidan çaqiriluvçilar bilan suhbat ötkazilib, jismoniy tayyorgarlik holatlariga baho berildi.
Butlaş komissiyasi aʼzolari tomonidan oçiqlik va şaffoflik asosida taşkillaştirilgan mazkur suhbatda çaqiriluvçilarning bilim va kasbiy malakalari, xususan, qiziqiş va intilişlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan işlaş könikmalari, huquqiy savodxonligi, mantiqiy fikrlaş qobiliyati sinovdan ötkazildi. Şu bilan birga çaqiriluvçilarning xulq-atvori, huquqbuzarliklar sodir etgan yoki etmagani, sudlanganlik holati, salomatligi va boşqa muhim jihatlar ham aniqlaştirildi.
Tadbir davomida çaqiriluvçilarning muddatli harbiy xizmatni ötaşga umumiy tayyorgarlik darajasi turnikda tortiliş, 100 metr va 3000 metr masofaga yuguriş mezonlari orqali ham baholanib borilmoqda.
Amudaryo tuman Mudofaa işlari bölimi tomonidan çaqiriluvçilarni muddatli harbiy xizmatga tanlab oliş böyiça saralaş va sinov işlari davom etmoqda. Albatta, amalga oşirilayotgan bu kabi çora-tadbirlar mamlakatimiz mudofaa qudratini yanada oşiriş, çaqiriluvçilar orasidan muddatli harbiy xizmatni ötaşga munosiblarni tanlab oliş imkonini beradi.
Zero, ona Vatanni mard va jasur, aqlan va jismonan yetuk, vatanparvar yoşlar qöriqlaydi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶