KORRUPTsIYaGA QARŞI TARĞIBOT TADBIRLARI ÖTKAZILDI
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatining “Biz korruptsiyaga qarşimiz!” nomli hamda “Amudaryo televideniyesi” tahririyatining “Korruptsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihalari doirasida mazkur ommaviy axborot vositalari hamkorligida tadbir taşkil qilindi.
Grant loyihasi iş rejasiga köra davlat xizmatlaridan foydalanuvçilarga bukletlar va flayerlar tarqatiş orqali ular ongida korruptsiya nisbatan murosasizlik tuyğusini şakllantirişga hissa qöşiş maqsadida loyiha koordinatorlari tumanning Navoiy va Oybek nomli mahallalarida böldilar.
Tadbir avvalida mahalla fuqarolar yiğini raisi Azamat Xidirov iştirokçilarga nafaqat davlatimiz taraqqiyoti, balki har bir inson kamoloti, oilalar farovonligi uçun jiddiy tahdid bölgan korruptsiyaga qarşi kuraşiş bugungi kunda umummilliy harakatga aylanganini taʼkidladi va mahalla ahlini uşbu illatga qarşi kuraşişda hamjihatlikka çaqirdi.
Şundan söng loyiha koordinatori Robiya Yöldoşeva tadbir iştirokçilariga mazkur loyihalarning dolzarbligi, loyihalar doirasida amalga oşirilayotgan keng kölamli tarğibot-taşviqot işlari va ulardan kutilayotgan ijobiy natijalar xususida söz yuritdi.
Xususan, loyihalar iş rejasi doirasida umumtaʼlim maktablarining öquvçilari örtasida taşkil etilgan “Korruptsiyasiz jamiyat quramiz!”, “Biz korruptsiyaga qarşimiz!” mavzularidagi inşolar tanlovlari, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida, davlat va jamoat taşkilotlarida huquqşunoslar, deputatlar, imomlar va nuroniylar iştirokida ötkazilayotgan uçraşuvlar, davra suhbatlari qamrov darajasi kengligi bilan aholining huquqiy savodxonligini oşirişda ijobiy samara bermoqda.
Fuqarolar bilan muloqot çoğida korruptsiyaga qarşi kuraşiş faqat huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarininggina emas, balki har bir birimizning zimmamizidagi burç va masʼuliyat ekani taʼkidlandi. Şu bilan birga, manfaatlar töqnaşuvi, poraxörlik, aldov, firibgarlik yöli bilan özganing mulkini özlaştirib oliş körinişidagi huquqbuzarliklar haqida hayotiy misollar keltirilib, bu kabi jinoyatlarga jazo muqarrarligi taʼkidlandi.
Loyiha koordinatorlari aholi xonadonlariga ham taşrif buyurib, korruptsiyaga qarşi tarğibot işlarini olib bordilar. Muloqot jarayonida iştirokçilarga davlat organlarining korruptsiyaga qarşi kuraşuvçi vakolatli tuzilmalarining “Işonç telefonlari”, “Call markazlari” haqida maʼlumotlar taqdim etilib, korruptsiya holatlariga duç kelganda uşbu organlar murojaat qiliş lozimligi taʼkidlandi.
Bundan taşqari, loyiha koordinatorlari mahallalar hududidagi maktabgaça taʼlim taşkilotlariga ham taşrif buyurişib, korruptsiya holati yuz berişining oldini oliş, korruptsiyaga qarşi kuraşişda jamoaviy birdamlikni taʼminlaş yuzasidan muassasa xodimlari bilan suhbatlaşdilar. Ularga, korruptsiya, manfaatlar töqnaşuvi, firibgarlik, taʼmagirlik bilan boğliq holatlar sodir bölgan taqdirda zudlik bilan davlat organlarining vakolatli tuzilmalariga tegişli “Işonç telefonlari” orqali xabar beriş zarurligi, har qanday vaziyatda xabar beruvçining şaxsiy maʼlumotlari sir tutilişi töğrisidagi maʼlumotlar taqdim etildi.
Ötkazilgan tadbirlar Navoiy va Oybek nomli mahallalar aholisi ongida korruptsiyaga nibatan murosasizlik tuyğusini şakllantiriş, bu illatga qarşi kuraşişda jamoaviy birdamlikni taʼminlaşga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega böldi.
Robiya YÖLDOŞEVA, Mahmudjon ŞOMURODOV, Ravşan BAHROMOV, loyiha koordinatorlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶