"QIŞLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRIŞ" LOYIHASI DOIRASIDA YaNGI BOĞÇA BINOSI FOYDALANIŞGA TOPŞIRILDI
Sönggi yillarda mamlakatimizda qişloqlardagi aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilaş, hududlarni kompleks rivojlantiriş, yöl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlarini barpo etiş orqali aholiga qulay turmuş şaroitini yaratişga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada 2021-yil 18-sentyabr sanasida “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamğarmasi iştirokida “Qişloq joylarni barqaror rivojlantiriş” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori qabul qilinib, “Qişloq joylarni barqaror rivojlantiriş” loyihasi amaliyotga joriy etilgan edi. Unga köra, mazkur loyihani Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarida jami 20 ta tumandagi 170 ta mahallalarda amalga oşiriş işlari izçillik bilan olib borilmoqda.
Amudaryo tumanida ham Prezident qarori ijrosini taʼminlaş, loyiha doirasidagi quriliş-taʼmirlaş işlarini sifatli olib boriş va obʼektlarni öz vaqtida foydalanişga topşiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Ayni paytda hududlarda “Qişloq joylarni barqaror rivojlantiriş” loyihasi doirasida yangidan bunyod etilgan va rekonstruktsiya qilingan bino va inşootlar foydalanişga topşirilmoqda. Loyiha asosida qisqa muddat içida Manğit şahrining Olmazor mahallasi hududida ham 120-örinli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti binosi qurilib, foydalanişga topşirildi.
Muassasaning oçiliş marosimida Amudaryo tuman hokimining örinbosari Nodirbek Kamolov iştirok etib, mamlakatimizda maktabgaça taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, aholining turmuş farovonligini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar xususida batafsil söz yuritdi va Olmazor mahallasi aholisini, ayniqsa, yoş ota-onalarni farzandlari taʼlim-tarbiyasi uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar, barça qulayliklarga ega muassasa binosining foydalanişga topşirilişi munosabati bilan tabrikladi.
Şuningdek, tadbirda sözga çiqqan Olmazor mahallasi faollari va ota-onalar davlatimizning yoş avlod taʼlim-tarbiyasi yölidagi ğamxörliklari uçun minnatdorlik bildirişdi hamda mazkur muassasa binosini bunyod etgan “Zamin quriliş-trans servis” masʼuliyati çeklangan jamiyati quruvçi-bunyodkorlariga çin dildan rahmatlar aytişdi.
Şundan söng, quruvçi taşkilot masʼullari tomonidan muassasa binosining ramziy kaliti muassasa rahbariyatiga topşirildi va mahalla faollari hamda ota-onalar bino içkarisiga kirib, bolajonlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, boğça hovlisida amalga oşirilgan obodonlaştiriş işlari, bolalar öyin maydonçalarining jihozlanişi bilan tanişdilar.
Zamon talablari darajasida jihozlangan muassasa binosining körkam meʼmoriy qiyofasi barçaga manzur böldi va şu kunning özida muassasaga ilk tarbiyalanuvçilar qabul qilinib, öz faoliyatini boşladi.
“Qişloq joylarni barqaror rivojlantiriş” loyihasini amalga oşiriş orqali hududlarni kompleks rivojlantiriş, ularda yöl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlarini barpo etiş va aholi turmuş madaniyatini yuksaltiriş maqsadida qilinayotgan barça ezgu işlar xalqimizning kelajakka va davlatga işonçini yanada mustahkamlamoqda.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶